O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1-Bosqich:

Jarayonlarni komp’yuterlashtirish va avtomatlashtirish (shu jumladan, ARM, 
ERP, EDI, SRM, SAPR, ASU, ASUTP va boshqalar) 

Telekommunikatsiya – simli va simsiz, optik 
2-Bosqich: 

On-line platformalar (qidiruv tizimlari, elektron savdo maydonlari, masofaviy 
ta’lim, ijtimoiy tarmoqlar) 

Bulutli va virtual texnologiyalar 
3-Bosqich:


19 

Katta ma’lumotlarning prediktiv analitikasi, narsalar interneti, robototexnika, 
additiv texnologiyalar (shu jumladan, 3D-printerlar), sun’iy intellekt (shu 
jumladan, mashina yordamidagi ta’lim jarayoni)
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tamolillari sifatida quyidagilarni ajratib 
ko’rsata olamiz: 
1. Vositachilarsiz global resurslardan foydalana olish imkoniyati 
2. Turli xildagi resurslarni ijaraga berish imkoniyati 
3. Ko’ngillilik (volonterlik) modelini ishlata olish (open source model
4. Global ekosistema orqali savdo qila olish imkoniyati 
Raqamli iqtisodiyot, elektron bizneshamda elektron tijorat uchun zaruriy 
bo’lgan resurslar jumlasiga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

Hisoblash-kommunikatsion infratuzilmalar 

Turli xildagi raqamli texnologiyalar 

Tezkor Internet tizimi 

IP bloklar 

Raqamli iqtisod sohasida tayyorgarlik ko’rgan inson resurslari 

Biznes modellar 

Intellektual on-line ishlab chiqarish 

Moliyaviy ta’minot 

Kraudsorsing va kraudfunding tashkil qilish imkoniyatlari 
Elektron biznes va tijoratda mustahkam raqobatli ustunlikka erishish, eng 
yuqori cho‘qqiga chiqash hamda bu maqomni saqlab qolish osonish emas, albatta. 
Xususan, AQSH statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil Fortune 500 dan o‘rin 
olgan kompaniyalarning 52%dan ko’prog’i hozirgi kunga kelib mavjud emas. 
Yana bir muhim ko‘rsatkich: Standard & Poor’s 500ga kiradigan 
kompaniyalarning o‘rtacha umr uzunligi 1960 yilda 60 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, 
2020 yilga kelib 12 yilga qisqargan. Yetakchilik muddatining bunday besh karra 
qisqarishining sababi – butun biznesning, jumladan, servis biznesining raqamli 
asoslarga o‘tishi sanalib, biz xozirgi kunda bu hodisaning guvohi va qatnashchisi 


20 
bo‘lib turibmiz. «Raqamli inqilob» (Digital Disruption) – fenomeni tahlilchilar 
orasida ham, kompaniyalar direktorlar kengashlarida ham dolzarb mavzulardan 
biri hisoblanadi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling