O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Huawey va Oxford Economics birgalikda Digital Spillover (raqamli ta’sir) 
hisobotini taqdim etdilar. Ushbu hisobotda raqamli texnologiyalar uchun bir AQSH 
dollarliga teng bo’lgan har bir investitsiya bo’yicha daromad miqdori oxirgi 30 yil 
ichida 20 AQSH dollarigacha ko’tarilganini ko’rsatdi. Raqamli texnologiyalar 
uchun investitsiyalarni uzoq muddatdagi qaytaruvi (ROIreturn of investment
an’anaviy investitsiyalardan 6,7 barovar ko’proqqa, raqamli iqtisodiyot esa o’rtacha 
dunyo YIM tarkibida 2,5 barovarga o’sdi. Borgan sari ko’proq mamlakatlar va 
mintaqalar rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati ancha katta 
ekanligini tan olmoqdalar. Huddi shuning uchun ham Germaniyada 4.0 Industriya
Singapurda Smart Nation va Evropa Ittifoqida Horizon 2020 kabi milliy 
strategiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, Markaziy 
Osiyoda joylashgan Qozog’ston va Qirg’izston mamlakatlari Digital Kazakstan va 
Kyrgizstan Taza Koom deb nomlangan milliy raqamli texnologiyalarini 


13 
rivojlantirish rejalarini keng jamoatchilikka taqdim etib kelmoqdalar. Biroq, shuni 
ham alohida ta’kidlash kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hozirgi axborot 
kommunikatsion tuzilmalar darajasi dunyo bo’yicha o’rtacha qiymatdan ancha 
pastdir. Bu esa pirovard natijada, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasining aksariyat 
qismi raqamli iqtisodiyot talablari darajasidagi ehtiyojlarni to’liq qondira 
olmasligiga olib keladi. Agarda biz bir misol sifatida ushbu mamlakatlardagi keng 
polosali maishiy aloqa tarmog’ni ko’rib chiqsak, uning xonadonlarga kirib 
borishining o’rtacha darajasi hududlar miqyosida 10-34% gina ekanligini 
ko’rishimiz mumkin. Bu jahon miqyosidagi o’rtacha 41,1% dan ham kamdir. 
Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarning 79% aholisi foydalanayotgan keng 
polosali aloqa tezligi 10 Megabayt/sekunddan ham pastroq tezlikka egadir.
O’zbekiston Respublikasida keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kuchaytirish 
uchun boshqa davlatlar tajribasidan foydalangan xolda infratuzilmalarni 
rivojlantirish orqali erishish mumkin. Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlari 
ko’pincha investitsiyalarni to’liq qoplay olmaslikka hamda raqamli infratuzulmada 
kelib chiqishi mumkin bo‘lgan investitsion muammolarga duch keladilar. Bu kabi 
muammolarni yechishda barcha ishtirokchilarning sa’yi-harakatlari birdek talab 
qilinadi. Shu sabab, mazkur mamlakatlar hukumatlari raqamli iqtisodiyot rivojini 
qo‘llab-quvvatlash uchun soliqlar va IT sohasidagi qobiliyatlarni, shularga tegishli 
fondlarni rivojlantirish yo‘lida samarali siyosat ishlab chiqishi va o‘zlarining 
siyosiy qobiliyatlarini ishga solishda ijodiy yondashishi maqsadga muvofiq bo’lgan 
bo’lar edi. Shundagina hukumatlar raqamli information-kommunikatsion 
texnologiyalarini barcha sohalarga tatbiq etuvchi mustahkam muhitni yaratgan 
holda aloqa operatorlariga investitsiyalar bilan bog‘liq havf va muammolarni 
bartaraf etishda yordam bera olishlari mumkin. Misol uchun, Mongoliyalik 
operatorlar davlat hukumati tomonidan qo‘llanilgan maqbul siyosat tufayli, WTTX 
texnologiyasiga ega 80 000 ta intellektual o‘tovlarni barpo etishga erishdilar. 
Shunga o‘xshash aqlli o‘tovlar chekka hududlardagi cho‘ponlarga shahar sharoitiga 
o‘xshash keng tarmoqli aloqa xizmatlaridan foydalanishga yordam beradi. Bu esa 
cho‘ponlarga bozor haqidagi ma’lumotlarni juda oson qo‘lga kiritishda, masofaviy 


14 
o‘qitish kurslarida ishtirok etishda imkon beradi hamda Internet orqali oila a’zolari 
va do‘stlari bilan suhbatlashishda yanada qulay «raqamli» muhitni ta’minlaydi. 
Raqamli AKT masalalari ta’minotchi sisifatida yaxshi tanilgan Huawei 
kompaniyasi mijozlariga yangicha texnologik g‘oyalar yordamida investitsiyalar 
qaytaruvi (ROI) ni maksimallashtirishda ko‘mak beradi. Masalan, Huawei 
Markaziy Osiyo hududlari uchun mobil aloqa talablariga javob beruvchi sayt uchun 
uncha qimmat bo‘lmagan va yuqori samarali - RuralStar yechimini ishlab chiqdi. 
Bu yechim qishloq hududlaridagi aloqa infratuzilmasi uchun mo‘ljallangan 
investitsiya samaradorligini oshirdi va uyali aloqa qamrovini yaxshilashga erishdi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling