O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Ren Zhengfei Qutb kodeksi «otasi» - Turkiyalik professor Arikanga maxsus
mukofotni topshirdi. Bu mukofot – uning insonlar kommunikatsiyasi rivojiga hissa qo‘shganligining izhori sifatida e’tirof etildi. Agar mamlakatimiz raqamli iqtisodiyot sohasidagi fundamental tadqiqotlarga va sifatli ta’lim olishga asosiy e’tiborini qaratmasa, turli sohalarning jadal rivojiga va amaliy hayotdagi yangicha g‘oyalarga erisha olmaydi. Masalan, mamlakatimizdagi ko’pchilik olim va soha mutaxassislarning fikricha, raqamlashtirish jarayoni mamlakat iqtisodiyotida borgan sari kuchayib boradi va transmilliy korporatsiyalarning mamlakat mintaqaviy va milliy iqtisodiyotlaridagi roli ortib boradi. Iqtisodiyotning raqamli segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatda ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari tufayli dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. Yangi raqamli texnologiyalar va platformalar jismoniy shaxslar va korxonalar menejmentiga tobora katta ko‘lamda o‘zaro aloqalarda transaksiya harajatlarini qisqartirish hamda davlat tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan yaqin aloqalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bularning natijasida tarmoq servislariga asoslangan raqamli yoki elektron iqtisodiyot shakllanadi. Raqamlashtirish tushunchasining o‘zi buyumlar 16 internetidan tortib, elektron hukumat texnologiyalarigacha bo‘lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini «yoppasiga» qo‘llash asosida tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zini takomillashtirishning yangi bosqichidan dalolat beradi. Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning asosiy sababi, transaksiya sektorining o‘sishi hisoblanadi, va u rivojlangan mamlakatlarda milliy YIMning 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu sektor tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat boshqaruvi, konsalting va axborot hizmatlari ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, turli kommunal, personal va ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatish.Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichkarisida va tashqarisida shunchalik katta hajmdagi noyob ma’lumotlar aylanadi, mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham kattaroq axborot trafigi vujudga keladi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyot hamda elektron tijorat information texnlologiyahizmatlarining kirib borish darajasi yuqori va qatnashchilar soni ko‘p bo‘lgan bozorlarda eng samarali faoliyat ko‘rsatadi.Birinchi navbatda, bu e-segmentning ulushi YIM 10%ini tashkil qiladigan, bandlik 4%dan yuqori bo‘lgan va bu ko‘rsatkichlar yaqqol o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika va h.k.) bilan bog‘liq. Texnologik jihatdan, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanishini to‘rtta asosiy trend belgilab beradi: bular, mobil texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalari. Bu esa o’z navbatida shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning imkoniyatlaridan to’liq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan bir vaqtda, milliy raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratga ichki va tashqi investitsiyalarni samarali jalb etish va undan dividendlar olish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash, boshqaruv jarayonini ham rivojlantirish zarurdir. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishning poydevori hisoblanadi va xuddi shu sababli, ularni rivojlantirish chora-tadbirlari majmuini aniqlash lozim. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasiga oid yuqorida aytib o’tilgan fikrlarni keng halq ommasiga va ayniqsa, talaba- magistrantlarga yetkazish maqsadida yozilgan ushbu o’quv qo’llanmaxuddi shu 17 va shunga o’xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga va imkoniyat darajasida yoritishga bag’ishlangan. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling