O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.0 Industriya
- 4.0 Indistriya
- Professional hizmatlar – on-demand professional services
YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba va
boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi 49 texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi iqtisodiyotning elektron ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi elektron hizmat turlari paydo bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga transformatsiya qilina boshlandi. Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy, network economy va virtual economy. Agarda BCG (The Boston Consulting Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyotming yana bir diqqatga sazovor ta’rifini ko’rishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion raqamli texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”. Xozirgi davrda ko’pchilik raqamli iqtisodiyotdagi bir qancha transformatsiyalarning, shu jumladan, biznes modellar, yangi bozorlar hosil bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibdi. Raqamli iqtisodning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellektual mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod (internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. Lekin mamlakatimizning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi. Bundan tashqari, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 Industriya texnologiyalari bilan bog’liq bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi. Yuqorida aytib o’tilgan 4.0 Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida iste’molga kirdi va uning ma’nosi qiymat hosil qilish global zanjirini ko’rsatishdan iborat. “Aqlli zavodlar”, “aqlli texnologiyalar” va “aqlli robotlar” kabi texnologiyalarining jahon bo’ylab tarqalishini amalga oshirgan holda, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi global darajada 50 virtual va fizikaviy tizimlarning bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida mahsulotlarning to’liq moslashuvchanligiga hamda yangi operatsion modellar yaratilishiga olib keladi. Demak, 4.0 Indistriya – mamlakat va biznesning raqobatbardoshligini oshirishga mo’ljallangan, raqamli texnologiyalarning jamiyat hayotiga kirib kelishi bilan bog’langan hamda ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarning majmuidan iborat. Bundan kelib chiqqan holda 4.0 Industriyani iqtisodiyot barcha tarmoqlarining raqamli transformatsiyasi deb ham tushunish mumkin. Shuning uchun ham kelajakda korporativ boshqaruvda bu holatlarni hisobga olish zamona talabi bo’lib qoldi. Raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning korporativ miqyosdagi joriy qilinish yo’nalishlariga misol sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: Professional hizmatlar – on-demand professional services – buxgalter hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar. Jamoaviy moliyalashtish – collaborative finance – kraudfunding (crowd- Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling