O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

1.3. Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari 
Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan 
boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd 
qilishimiz mumkin: 
1990-2005 yillar: Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo’lib, bu davr 
to’rt qismdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin – dotkomlar davri, yangi 
elektron hizmatlar ko’rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga 
kelishi va elektron tijorat. 
2005-2010 yillar: Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron 
hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi.


55 
2010-2015 yillar: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn 
imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta-
sekinlik bilan kirib kela boshladi.
2015-2020 yillar: Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib 
kelishi va an’anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi 
elektron biznes modellarining paydo bo’lishi. 
2020-2030 yillar: Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga 
oshirilishi, ya’ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib, 
ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish. 
4.0-Industriya 
biznesning 
va 
mamlakatning 
global 
miqyosdagi 
raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli 
texnologiyalar texnik va dasturiy ta’minotlari vositasida tub o’zgarishlarni amalga 
oshirishdir. Demak, 4.0-Industriya o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va 
boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi 
zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo
raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. 
Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy 
sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning 
global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada 
oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy 
mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq 
qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi: 
 Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni yangi 
normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi; 
 Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, 
tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy 
ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi; 
 Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini 
ta’minlaydi; 


56 
 Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat 
korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi; 
 Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan tashkilotlar hosil 
bo’lishiga olib keladi va boshqalar. 
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini 
amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak: 
 O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish; 
 Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini 
yaratish; 
 Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat 
tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; 
 Global miqyosda va global bozorlarga respublikaning raqobatbardoshliligini 
oshirish. 
Yuqoridagilardan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
mamlakatimiz 
raqamli 
iqtisodiyotnning asosiy ko’rsatgichlariga quyidagilarni misol qilib ko’rsatishimiz 
mumkin: 
o Raqamli mahsulotlar va elektron hizmatlarning paydo bo’lishi; 
o Turli tashkilot va korxonalarning tabiatini o’zgartirishga erishish va 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling