O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
shuning asosida ularning faoliyatini ham raqamlashtirish;
o Raqamli iqtisodiyotning asosi sifatida hizmat qiladigan raqamli platformalar yaratish; o Raqobat kurashining tabiatini raqamli iqtisodiyotga moslagan holda o’zgartirish; o Iste’molchilarning tabiatini ham raqamli iqtisod jarayonlariga moslashtirish; o Ishlab chiqarishning yangi progressiv modellari va mexanizmlarining paydo bo’lishi; o Yangi turdagi biznes modellarning hosil bo’lishi va rivojlanishi; 57 o Yuqorida tilga olingan 4.0 Industriyaning texnologiyalari ta’siri ositida an’anaviy kompaniyalar biznes modellarining transformatsiya bo’lishi. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi davrda internetdan foydalanuvchilarning soni to’rt millarddan oshib ketdi. Mobil telefonlarning soni esa insoniyat sonidan ham ko’payib ketdi. Kompaniyalar orasidagi raqobat va ularning tabiati ham tubdan o’zgarmoqda. Kompaniyalarning kapitalizatsiyasi esa uning internet foydalanuvchilari soniga, unga yozilib qo’yganlar soniga va qiziquvchi jamoalar ishtirokchilariga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. Freemium-model, Free-to-play, Print-on-demand, Donation kabi biznes modellar kompaniyalarga IT-infratuzilmasisiz, omborlarsiz (dropshipping modeli), moddiy aktivlarsiz (Sharing Economy) va bulutli texnologiyalardan foydalangan holda konkret dasturiy ta’minotsiz ish faoliyatini yuritishga imkon berdi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodoyotning asosiy tamoillariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Mahsulot yoki hizmatlarning iste’mol qiymatini oshirish; Kastom (Custom)lashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va hizmatlar ko’satishga o’tish; Omnikanallilikni ta’minlash (mijoz bilan doimiy aloqa qilish va bevosita aloqani amalga oshirish maqsadida bir qancha aloqa kanallarining bir butun qilingan xoldagi integratsiyalashni anglatadigan marketing atamasidir), ya’ni, offlayn va onlayin kommunikatsiya kanallaridan foydalangan xolda mizojning barcha harakatlarini kuzatib turish kabi innovatsion imkoniyatini amalga oshirish; Qiymat hosil qilishning gorizontal zanjirlari sonini kamaytirish; Tranzaktsion harajatlarni imkon darajasida kamaytirish; Innovatsiyalarning hayotiy tsiklini imkon darajasida kamaytirish; An’anaviy kompaniyalarning elektron hizmat ko’rsatishning yangi bozorlariga o’tishini ta’minlash; Elektron hizmat ko’rsatishning yuqori darajadagi sifatini ta’minlash; 58 4.0 Industriyaning iqtisodiyot va ishlab chiqarishning barcha sohalarga kirib borishini amalga oshirish; Ekotizimlilikni ta’minlash, ya’ni, dasturiy ta’minotning turli xil avtonom qismlari birgalikda ishlashiga va ish oqimlari ansambllariga aylanishiga erishish. Bunda gap nafaqat biznesni internetda tashkil qiladigan kompaniyalar haqida, balki iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlab chiqarish faoliyatini offlayn usulda olib boradigan tashkilot va kompaniyalar haqida ham boradi (masalan, qishloq xo’jaligi, sanoat, tog’-kon metallurgiyasi, hizmat ko’rsatish va boshqalar). Endi rivojlangan mamlakatlar misolida raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va o’ziga hos hususiyatlari bilan tanishib chiqamiz: Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi.1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi. 59 Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishlariga sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling