574
Anonimlilik2 – blokcheyn ishtirokchisining elektron
hamyoni telefon raqamiga
ham, nomga ham, manzilga ham bog’liq bo’lmaydi. Unda faqatgina blokcheynda
qayd qilingan hamyon nomeri va unga bog’liq bo’lgan hamda egasi biladigan parol
bo’ladi holos. Blokcheynning shaffofligidan foydalangan
xolda transaktsiyalar
haqidagi ma’lumotlarni ko’rganda hamyonlar qancha bitkoin olganini bilish
mumkin, uning egasini aniqlab bo’lmaydi (
albatta uning o’zi buni aytmasa).
Agarda kriptovalyuta egasi hamyon nomeri yoki parolni yo’qotib qo’ysa, u xolda
uning o’zi ham tizimga kira olmaydi.
alpari.com – Xalqaro miqyosdagi moliyaviy kompaniya
sayti
Asimetriyali axborot – bozordagi vaziyatni bildirish
uchun foydalaniladigan
atama. Sotuvchi va xaridorning mahsulot sifati haqidagi xabardorligi turlicha
bo‘ladi. Masalan, mehnat bozorida ishchi o‘zi haqida
ish beruvchiga nisbatan
ko‘proq xabardordir. Ishchi kuchini ishga yollayotgan ish beruvchi esa u haqida
dastavval to‘liq ma’lumotga ega bo‘la olmaydi. Agar axborot simmetrik tarzda
tarqalishi mumkin bo‘lganda, alohida bozorlar, ya’ni
turli mahsulotlarga
nisbatan sifatli va sifatsiz tovar yoki hizmatlar bozorini tashkil etish mumkin
bo‘lar edi. Bozorlarda esa tovar va hizmatlar bo‘yicha
assimetriyali axborot
mavjud. Assimetriyali axborot bozorlari “
limon” bozori deb ataladi. Bunday
bozorlarni 1970-yilda Nobel mukofoti laureati (2001-yil)
Jorj Akerlof
“
Limonlar” bozori: sifat noaniqligi va bozor mexanizmi” deb nomlangan o‘z
asarida yoritib bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: