O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Axborotinsonning yuqori faoliyati mahsulidir. Axborot shaxsga oid, u 
tug‘ilish vaqtida yaratuvchisining nomini ajralmas element sifatida saqlaydi. 
Axborot so‘zli, raqamli, vizual va harfli shaklga ega bo‘ladi. 
Axborot almashuvimahsulot almashinuvi o‘rniga keluvchi ijtimoiy o‘zaro 
harakat shakli. Axborot mahsulotlari bilan almashuv mahsulotlarning ikki 
xususiyati tufayli nobozor xususiyatiga egadir. Birinchidan, xaridorning xarid 
qilish vaqtida axborot mazmuni bilan tanishuvi uni bepul sotib olishni bildiradi. 
Ikkinchidan, sotuvchi ko‘p marta ko‘p karrali axborot mahsulotini o‘z 
ixtiyoriga qarab foydalanishi mumkin. 
Axborotning depersonifikatsiyasiaxborotlashgan mahsulotni yaratuvchining 
nomi va mahsulot mazmuni bu mahsulotning sabab va undan kelib chiqadigan 
aloqani yo‘qotish. Depersonifikatsiya kutilmagan va aniq maqsadga qaratilgan 
bo‘lishi mumkin, oxirgisiga plagiat kiradi
Axborotlashgan iste’mol – insonning yuqori faoliyatiga bevosita yordam 
beradigan mahsulot va hizmatlarning iste’molidir
Axborotlashgan iqtisodiyotbujamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash 
va 
iste’mol 
qilish 
jarayonlarida 
elektron 
(axborot-kommunikatsiya) 
texnologiyalarini keng joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini 
tadqiq etuvchi fandir. Axborotlashgan iqtisodiyot atamasi ikki xil turli 
tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, axborotlashgan iqtisodiyot 
– bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot 
ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, axborotlashgan 
iqtisodiyot – bunazariya bo‘lib, uning o‘rganish obyekti birinchi ma’nodagi 


575 
axborotlashgan iqtisodiyot hisoblanadi. Bu holda axborotlashgan iqtisodiyot 
axborotlashgan jamiyatning iqtisodiyot nazariyasini yoki axborotlashgan 
iqtisodiyot nazariyasini tashkil qiladi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling