Xaridorning xarid davridagi qaror qabul qilish jarayoni Isteʼmolchilar xatti-xarakatining biznes muvaffaqiyatidagi oʻrni


Download 16.38 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi16.38 Kb.
#1595014
  1   2   3
Bog'liq
6-maruza


6-mavzu. Isteʼmolchi va biznes, xaridorlar xulq-atvorini oʻrganish
Reja
6.1 Isteʼmolchilar xatti-xarakatining biznes muvaffaqiyatidagi oʻrni
6.2 Isteʼmolchi xatti-xarakatini oʻrganishda marketing yondashuvlarining xususiyatlari
6.3 Xaridorning xarid davridagi qaror qabul qilish jarayoni

6.1 Isteʼmolchilar xatti-xarakatining biznes muvaffaqiyatidagi oʻrni

Xarid jarayonida bir qator savollar yuzaga keladi: 1) xarid qilishga arziydimi; 2) qachon xarid qilish kerak; 3) nimani xarid qilish kerak; 4) qayerda xarid qilish kerak; 5) qanday xarid qilish kerak.


Birinchidan, xarid qilishni amalga oshirish boʻyicha barcha xoxishlar ham amalga oshavermaydi, chunki isteʼmolchilarda xarid jarayonini toʻxtatish uchun hamma vaqt imkoniyat boʻladi. Isteʼmolchiga quyidagi omillar xalaqit berishi mumkin:
- motivatsiyani oʻzgarishi – faollashtirilgan ehtiyoj boshqa yoʻl bilan yoki boshqa xoxishlar ustun boʻla boshlashadi;
- oʻzgargan sharoitlar – iqtisodiy fikr-muloxazalar yoki boshqa omillar xaridni ushbu holatda amalga oshirishga imkon berishmaydi;
- yangi axborot – variantni oldingi baholash endi toʻliq boʻlmaydi;
- xoxlaydigan boshqa variantlar yoʻq - kutilmagan taqchillik.
Xarid qilish vaqtini ham eʼtiborga olish lozim. Ayrim tovarlar koʻpincha “mavsum boʻyicha” xarid qilinadi. Masalan, ventilyatorlar, yangi yil sovgʻalari, Karib dengizi boʻylab kruizlar. Boshqa tovarlar, masalan, kir yuvish vositalari va muzlatilgan mahsulotlar, koʻpincha ularning zaxiralari tugaganda xarid qilinadi. Xarid qilish koʻpincha tugallanmagan, tuzatishlar kiritishni talab qiladigan jarayon boʻlib, qanday variantni tanlash toʻgʻrisidagi axborotlarni izlashni talab qiladi. Bu holat xarid qilish jarayonidagi asosiy motivatsiya hisoblanadi. Xarid qilish jarayonidagi xulq-atvor oʻzgarib bormoqda. Hozirgi kunda “doʻkonlarga boruvchi” xaridorlar soni kamaymoqda. Xarid jarayoni - qaror qabul qilish jarayonining toʻrtinchi bosqichi boʻlib, u bir qator bosqichlardan iboratdir.
Isteʼmolchi qayerda xarid qilishni oʻzi tanlaydi. Masalan, dunyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xonadonda xarid qilish keng tarqalgandir. Koʻpchilik chakana sotuvchilarni raqobat toʻgʻridan-toʻgʻri marketinga oʻtishga majbur qilmoqda. Shu sababli ham ishlab chiqarish, ham chakana savdo darajasida “maʼlumotlar bazasi marketingi” ning ahamiyati oshib bormoqda. Sears, Roebuck @ Co. kompaniyalari isteʼmol maʼlumotlar bazasida 44 mln. dan ortiq mijozlar manzillari mavjuddir. Isteʼmolchi xarid uchun toʻlov shaklini tanlashi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda naqd pul bilan hisob-kitob qilishdan kredit kartochkalari yoki toʻlovni kechiktirishning boshqa shakllaridan foydalanilmoqda.

Download 16.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling