O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Interoperabel bilet – barcha turdagi transportga yagona bilet. 
Insoniy kapital– kishi va jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishda 
foydalaniladigan bilim, mahorat va tajribalar yig‘indisi. Ta’lim, sog‘liqni 
saqlash va boshqainvestitsiyalar kattaligi bilan o‘lchanadi. Bu atama amerikalik 
iqtisodchi G. Bekker (1930-2014 yillar)tomonidan kiritilgan va ushbu nazariya 
uchun u 1992-yilda Nobel mukofotini olgan. 
Institusional xulq– inson tomonidan o‘zlashtirilgan jamiyat me’yorlari bilan 
belgilanadigan axloqiy qoidalardir. Etika (axloq-odob)ga oid jamiyat 
me’yorlari ustunlik qiluvchi institusionallashtirish darajasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, insonning aniq tanlash ishidagi maqsadi jamiyat maqsadi bilan 
shunchalik ko‘pmos keladi. 
Internet-panel bu bo‘lajak respondentlarning muntazam ravishda, shakllanib 
boradigan va Yangilanib turuvchi ma’lumotlari bazasidir. Internet-panelning 
vazifasi–respondentlar haqida kerakli bo‘lgan ijtimoiy-demografik ma’lumotlarni 
yig‘ish va uning yordamida aniq tadqiqotga kerakli bo‘lgan tanlovni amalga 
oshirishdir. 
Intellektual domen nomi intellektual faoliyat natijalari, fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining, tovarlarva hizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi 
vositalari va intellektual faoliyatning boshqa natijalarini o‘z ichiga oluvchi yoki 
ularni boshqacha tarzda ifodalovchi domen nomi. 
Intellektual mulk buintellektual faoliyat natijalari va xo‘jalik aloqalari 
ishtirokchilarining individuallashtirish vositalaridir. Intellektualmulk obyektlariga 
ixtirolar, foydali modellar, sanoatnamunalari, tovar belgilari, hizmat ko‘rsatish 
belgilari, firma nomlari, tijorat nomlari va belgilari kiradi. Bundan tashqari, bu 


583 
ro‘yxatga adabiy, badiiy va ilmiy asarlarni, xonandalarning ijro faoliyatini
fonogramma va radioeshtirishlarni kiritish qabul qilingan). Intellektual mulk 
“adabiy va badiiy mulk” va “sanoat mulki” tushunchalariga nisbatan 
umumlashtiruvchi tushuncha hisoblanadi. 
Internet do‘kon– bu internet-biznes tuzilmasi bo‘lib, B2C (business to customer), 
ya’ni 
«biznes-iste’molchi» 
yondashuvini 
amalga 
oshiradi. 
Internet-
kompaniyalarning biznes-strategiyasi reklama va elektron tijoratdan daromad 
olishga qaratilgan bo‘ladi

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling