Ixtiro – inson erishgan ijodiy natija, uning asl mohiyati amaliy faoliyat
sohasida paydo bo‘lgan masala yechimini konkret texnik vositalar yordamida
topishdan iborat.Ixtiro obyekti bo‘lib, qurilmalar, usullar, shtammlar va
ularning yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llanilishi hizmat qiladi.
Ishbilarmonlik bilimi (omilkor bilim) — tadbirkorning aniq maqsadiga
mo‘ljallangan axborot mahsuloti yig‘indisi. Ishbilarmonlik bilimi aniq bir
tadbirkor tomonidanyuqori ehtiyoj bilan tavsiflanadi.Ishbilarmonlik bilimi – bu
bir maqsadga yo‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan harakat uchun to‘plangan
imkoniyat.
Ishchan bilimlar – bubajarilayotgan ishga bilimlarni qo‘llashdir. Ular uchta
qism(element) borligini ko‘zda tutadi: bilimlarni qo‘llaydigan xodim, bilimning
o‘zi va bilim bilan ishlash texnologiyalari.
Iqtisodiyotni ijtimoiylashtirish – jamiyatning axborotlashgan rivojlanish
bosqichiga o‘tishida sotsiologiya usullarini iqtisodiyot fanida qo‘llash
doirasining kengayishi.
Iqtisodiy farovonlik nazariyasi- ingliz iqtisodchisi Artur Pigu tomonidan
yaratilgan. Industrial jamiyatda inson farovonligi moddiy boyliklar va pul
daromadlari oqimi bilan, jamiyat farovonligi esa ma’lum vaqt ichidagi milliy
daromadning miqdori bilan o‘lchanadi. Moddiy farovonlik iqtisodiy farovonlik deb
ham ataladi.
KPI (Key Performance Indicators) –samaradorlikning asosiy ko’satgichlari yoki
korxona hizmatchilarining faoliyati indikatorlari – hodimlar ish haqi ham shunga
muvofiq aniqlanadi.
Fiat pullar - nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan pullar turi ,
masalan, so’m, rubl, tanga, somoniy, dollar, yevro va boshqalar.
Frilanser (freelancer) – ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, «erkin rassom». Ushbu
so‘z ilk bor 1819-yilda «Ayvengo» asarida ishlatilgan bo‘lib, mustaqil sarboz
ma’nosini anglatgan. Bugun esa frilanser deganda odatda rasmiy va doimiy ish joyi
bo‘lmagan, masofadan buyurtmaga ishlaydigan erkin ijodkor tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |