O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Ixtiro inson erishgan ijodiy natija, uning asl mohiyati amaliy faoliyat 
sohasida paydo bo‘lgan masala yechimini konkret texnik vositalar yordamida 
topishdan iborat.Ixtiro obyekti bo‘lib, qurilmalar, usullar, shtammlar va 
ularning yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘llanilishi hizmat qiladi. 
Ishbilarmonlik bilimi (omilkor bilim)tadbirkorning aniq maqsadiga 
mo‘ljallangan axborot mahsuloti yig‘indisi. Ishbilarmonlik bilimi aniq bir 
tadbirkor tomonidanyuqori ehtiyoj bilan tavsiflanadi.Ishbilarmonlik bilimi – bu 
bir maqsadga yo‘naltirilgan, muvofiqlashtirilgan harakat uchun to‘plangan 
imkoniyat. 
Ishchan bilimlar bubajarilayotgan ishga bilimlarni qo‘llashdir. Ular uchta 
qism(element) borligini ko‘zda tutadi: bilimlarni qo‘llaydigan xodim, bilimning 
o‘zi va bilim bilan ishlash texnologiyalari. 
Iqtisodiyotni ijtimoiylashtirish jamiyatning axborotlashgan rivojlanish 
bosqichiga o‘tishida sotsiologiya usullarini iqtisodiyot fanida qo‘llash 
doirasining kengayishi. 
Iqtisodiy farovonlik nazariyasi- ingliz iqtisodchisi Artur Pigu tomonidan 
yaratilgan. Industrial jamiyatda inson farovonligi moddiy boyliklar va pul 
daromadlari oqimi bilan, jamiyat farovonligi esa ma’lum vaqt ichidagi milliy 
daromadning miqdori bilan o‘lchanadi. Moddiy farovonlik iqtisodiy farovonlik deb 
ham ataladi. 
KPI (Key Performance Indicators) –samaradorlikning asosiy ko’satgichlari yoki 
korxona hizmatchilarining faoliyati indikatorlari – hodimlar ish haqi ham shunga 
muvofiq aniqlanadi. 
Fiat pullar - nominal qiymati real qiymatidan katta farq qiladigan pullar turi , 
masalan, so’m, rubl, tanga, somoniy, dollar, yevro va boshqalar.
Frilanser (freelancer) – ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, «erkin rassom». Ushbu 
so‘z ilk bor 1819-yilda «Ayvengo» asarida ishlatilgan bo‘lib, mustaqil sarboz 
ma’nosini anglatgan. Bugun esa frilanser deganda odatda rasmiy va doimiy ish joyi 
bo‘lmagan, masofadan buyurtmaga ishlaydigan erkin ijodkor tushuniladi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling