Jarayonni integratsiyalashgan boshqarish – boshqarishning tizimli usuli bo‘lib,
uning asosiy xususiyati iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarni yagona jarayonga
birlashtirishdan iborat. Xaridor qo‘lidagi mahsulot ishlab chiqarish siklining bir
qismi deb hisoblanadi, bu esa xaridorni ishlab chiqarish jarayoniga
integratsiyalashuvini (qo‘shilishini) nazarda tutadi.
HRM – Human Resource Management – inson resurslarini boshqarish
Havfsizlik– blokcheynga mustaqil ravishda hech kim o’zgartirish kirita olmasligi
tufayli, kriptovalyutani ham qalbakilashtirish mumkin emas.
HR (human resources) – zarur mahorat va tajribaga ega mutaxassislarni yollash,
ishga olish, kadrlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Ta’minlanmanganlik – bitkoin va boshqa har qanday kriptovalyuta hech nima
bilan ta’minlanmagan. Uning ortida hech qanday mamlakat milliy valyutasi, oltin
zahiralari yoki boshqacha moddiy zahiralar turmaydi. Xuddi shuning uchun ham
kriptovalyutalar narxi va ular kursining tebranishi foydalanuvchilar tomonidan
unda bo’lgan qiziqish darajasiga bog’liq holos.
IaaS-hizmatlar–infratuzilma hizmat sifatida.
IPO (Initial Public Offering) –fond birjasida kompaniya aktsiyalarining birlamchi
joylashtirilishi.
IPO – Initial Public Offering – qimmatli qog’ozlrni birlamchi ommaviy
joylashtirish.
IRR – Internal Rate of Return – investitsiyalarning ichki daromadlilik normasi
Innovatsiya — bu korxona yoki tashkilotning ijtimoiy yoki iqtisodiy
imkoniyatini yangi g‘oyalarni yaratish va qo‘llash orqali mazmunan va maqsadli
o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan urinishidir. Innovatsiya mavjud
bo‘lgan nomutanosibliklar, mahsulotlar va jarayonlarga bo‘lgan ehtiyojlar, biror
bir sohada va umuman bozordagi o‘zgarishlar, demografik o‘zgarishlar va Yangi
bilimlar natijasi bo‘lishi mumkin. Innovatsiyalar malaka, ijodiy(kreativ) fikrlash va
motivatsiyani talab etadi. Innovatsiyajarayonida g‘oyalar tashkilotga qo‘shimcha
daromad keltiradigan tovarlarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |