COGS (Cost of goods sold) – har bir sotuvga hizmat ko’rsatish uchun sarflangan
mablag‘.
PDPC – Process Decision Program Chart – qaror qabul qilish jarayoni diagrammasi
PHLX – Phladelphiya Stock Exchange – Filadel’fiya fond birjasi.
PaaS-hizmatlar (Platform as a Service) – Platforma hizmat sifatida taqdim etiladi.
POS-terminal (Point of Sale) – to’lov kartalarini qabul qiluvchi elektron qurilma.
Push-ma’lumot – ekranning o’ng pastki qismida paydo bo’ladigan va matn, ilova,
grafika ko’rinishidagi qisqa ma’lumotlar.
Prosyumer, yoki integratsiyalashgan is’temolchi – ishlab chiqarish tizimida
faol ishtirok etadiganis’temolchi. Uning qo‘lida mavjud mahsulot, ishlab
chiqarishning bir qismi hisoblanadi. Integratsiyalashgan xaridor tovar
tuzilishiga, rejalashtirishga va sotuvdan keyingi hizmat, ta’mirlash va qayta
ishlatishga sezilarli hissa qo‘shadi.
Reinjiniring - yoki biznes-jarayonini qayta loyihalashtirish – bu kompaniyaning
rivojlanishiga yondashuv bo‘lib, u e’tiborni funksiyalarga emas, balki
jarayonlarga qaratadi. Reinjiniring ishlab chiqarishda maksimal samaraga
erishish uchun biznes jarayonlarni eng qulay usullar (vositalar, vaqt, resurslar
bo‘yicha) bilan olib borishni nazarda tutadi.
ROI – Return on Investment – investitsiyalar qaytaruvi.
ROMI – Return on Marketing Investment – marketingga bo’lgan investitsiyalar
rentabelligi.
Shifrovkachilar - ma’lumotlarni shifrovka qilish uchun bu sohaga mahsus
o’qitilgan insonlar.
SaaS – Software as a service – dasturiy ta’minot hizmat sifatida.
SADT – Structured Analysis and Desigh Technique - murakkab tizimlarni
loyihalash va tarkibiy tahlil qilish uslubiyati
SBTC – Skill-based technological Change – ko’nikmalarga asoslangan
texnologik o’zgarishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |