584
Korporativ tizimlar – bu loyiha bo‘yicha birgalikda ish bajarish,
guruhiy qaror
qabul qilish uchun ishlayotgan jamoa a’zolarini qo‘llab-quvvatlovchi axborot
tizimlarining umumiy nomidir. Korporativ tizimlar ikki xil bo‘ladi, ular axborotni
saqlash, izlanishni qo‘llab-quvvatlash va qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-
quvvatlash uchun hizmat qiladi.
Kraudsorsing platformasi–Internet orqali kraudsorserlar tomonidan yo’natilgan
ma’lumotlari, g’oyalarni yoki moliyaviy mablag’larni yig’ish, saqlash, qayta
ishlash va uzatishga mo’ljallangan dasturiy-texnologik servis.
Kraudfonding - Internet tarmog’idagi kraudfonding platformasidan foydalangan
holda biror bir loyihani amalga oshirish uchun maqsadli va ihtiyoriy moliyaviy
mablag’lar yig’ish usuli.
Kreativ kapital– nomoddiy farovonlik bo‘lib
hizmat qiladigan, oliy faoliyat
bilan to‘ldirilgan vaqt davri bo‘lgan nomoddiy
boyliklar oqimining manosi
sifatida individlarning shaxsiy sifatlarining yig‘indisi. Kreativ kapitalning
ishlatilayotgan hajmi
uning potensial hajmidan kam, bu individ daromadining
chegaralanganligi va boshqa tashqi omillar bilan bog‘liqdir.
Kreativ individual farovonlik– inson hayoti faoliyatining
umumiy hajmida
yuqori ijodiy faoliyati vaqtining solishtirma ulushi. Kreativ farovonlikning
muhim omillaridan biri bu insonning pul daromadi
va ijodiy qobiliyatining
rivojlanish darajasi hisoblanadi. Birinchi omil monetar (iqtisodiy) farovonlik
sifatida ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: