582
Ijtimoiylashtirish – buindividualizmning aksi bo‘lib, uning asosida inson
shaxslararo o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi va u jamiyat kishisiga aylanadi.
Inson maqsadi jamiyatning institusionallashgan tartib
va qadriyatlari asosida
shakllanadi va u mutlaq mustaqil subyekt tarzida ko‘rilishi mumkin bo‘lmay
qoladi. Insonlar bir ijtimoiy muhitda yashaydi va rivojlanadi, ular tashkil topgan
jamiyat institutlarining
mahsuloti hisoblanadi, shuning uchun ham umumiy
institusional asosga ega bo‘ladilar. Boshqa tomondan,
ijtimoiy muhit bir jinsli
bo‘lmaydi, bu esa turli xil insonlar maqsadlarining yo‘nalishlari turlicha ekanligi
bilan tushuntiriladi
.
Ijtimoiy tanlov – bushaxsiy fikrlarni,
boshqacha qilib aytganda,
ovoz berishni
namoyish qilish va hisobga olish jarayonidir.
Ijtimoiy o‘zaro ta’sir– ikki individning o‘zaro jamoa bo‘lib bajargan ishi
bo‘lib, buning natijasida har birining farovonligi o‘zgaradi. Ijtimoiy o‘zaro
harakat tovarli va shaxslararolarga bo‘linadi. Tovarlararo o‘zaro
harakatlar
shaxssizlik xususiyatiga ega.
Industriya 4.0. – bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish jarayonlarining
ketma-ket zanjiri bo’lib, ular orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar
raqamli texnologiyalar vositasida qandaydir ishlarni bajaradi. Bu jarayon
kompaniyaning va mamlakatning raqobatbardoshliligini oshrishga hizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: