Reja Kirish. 1-Bob
Download 191.39 Kb.
|
Akbar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2_ Bugungi kunda yorug’lik diodlarini texnologiyalardagi orni. Xulosa .
Reja Kirish. 1-Bob. 1.1 _ Yorug’lik diodlari haqida ummumiy malumot. 1.2. _ Yoryg’lik diodlarni konstruksiyasi va tavsiflari. 2 - bob. 2.1 _Yorug’lik doidlari mavzusini o'tishda ko’rgazmali vositalardan foydalanish. 2.2_ Bugungi kunda yorug’lik diodlarini texnologiyalardagi o'rni. Xulosa . KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik va olimlari bilan bo‘lgan uchrashuvida so‘zlagan nutqlarida “Hozirgi kunda ilm va fan bilan ishlab chiqarish amaliyotni uyg’unligini taminlamasak biz mamlakatimiz iqtisodiyotini va ishlab chiqarish rivojlantira olmaymiz.“ degan edilar.Respublikamizda rivojlangan mamlakatlar qatori jahon ta`lim tizimida yuqori samara berayotgan ilg`or ta`lim texnologiyalarni o`zlashtirish va amalda qo`llash jadal sur`atlar amalga oshirilmoqda.Buning yorqin misoli sifatida ”Ta`lim samaradorligini oshirishga hizmat qiladigan ta`lim metodlari va texnologiyalari”ni ishlab chiqilgani va uni amalda foydalanish uchun tavsiya qilinganini ko`rsatish mumkin. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o`qituvchi – trener va talaba o`quvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog`liq. Pedagogik texnologoya ta`lim – tarbiyada ko`zlangan maqsadga erishish uchun o`quv jarayonida qo`llaniladigan usullar, vositalar majmuidir. Pedagogik tehnologiya eskimi yangimi qadimdan mavjud. Biroq jamiyat taraqqiy etgan sari maorif oldiga o`zining yangidan – yangi ijtimoiy buyurtmalarini qo`yib borganligi tufayli, ta`lim – tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilg`or metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib bormoqda. Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya», «Progressiv pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qo‘llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina tariflari mavjud. Respublikamizning pedagogika sohasidagi olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Xo‘sh, nega yangi pedagogik texnologiyalar zarur bo‘lib qoldi? Birinchidan, ma’lum sabablarga ko‘ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz, taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun, aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi; Ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi; Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi; To‘rtinchidan, kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo‘lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi; Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan obektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishidadir.Ta’lim texnologiyasi yuqorida sanab o‘tilgan beshta sababiy shartlarni barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.Bu zaruriyat, shu vaqtgacha tahsil oluvchilar yopiq tafakkur paradigma (namuna, misol) lari asosida o‘qitilganligi, ularda o‘zgacha nuqtai nazarnitan olmaslik, faqat o‘z fikrini to‘g‘ri deb bilish shakllantirilganligidandir. Bu hol har qanday taraqqiyotga g‘ov bo‘lib, shu paradigmada yurgan kishilarniinqiroz sari yetaklaydi. Jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy va siyosiy mavqei kundan-kunga ortib bormoqda. Ammo ijtimoiy sohada va ayniqsa,ta’lim-tarbiyada depsinish va umumiy taraqqiyotdan orqada qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo‘llaridan biri ta’lim-tarbiyajarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida texnologiyalashtirishdir. Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy o‘n yettinchi asrdayoq ta’limning “vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashdan» boshqa narsanitalab qilmaydigan umumiy tartibini topishga harakat qilgan edi. Komenskiyning fikricha, idealda o‘qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, “hammanarsa toshlari to‘g‘ri muvozanatlangan soatdek aniq, faqat ana shunday mahorat bilan yaratilgan asbobda erishish mumkin bo‘lgan bexatolik bilan arilaydi». Pedagogik texnologiya oqimi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarga tez tarqaldi. YUNESKO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‘llab-quvvatlandiva hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda, qo‘llanilmoqda. Ko‘pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib,o‘quvchilar o‘zlashtirishini 8oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiya bo‘yicha tajriba-sinov tarzidao‘qiyotgan 50 ming boladan 75 foizida an’anaviy o‘qitishda faqat eng yaxshi o‘quvchilar erishadigan natijalar qo‘lga kiritilgan.Ta’limni texnologiyalashtirishning asosini, ta’lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta’lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqtichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi. Bunday yondoshishning mohiyati, ta’lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat. Ta’lim texnologiyasining predmeti - ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quvmaterialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasiniba holashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Bizda ta’lim nazariyasi va amaliyotida, o‘quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50–yillardan boshlangan. Ular, an’anaviy o‘qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda o‘z ifodasini topgan. Hozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «o‘qitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o‘qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish va qo‘llash yo‘li bilan hamda qo‘llanilayotgan usullarni baholash vositasida ta’lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadidagi tadqiqotlardir». Mavzuning dolzarbligi: Ta`lim texnologiyasining asosini ta`lim jarayonini va talim oluvchilarning belgilangan sharoit va vaqt ichida ko`zlangan maqsadga erishishlarini kafolatlash hamda zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etishdir. Mavzuning maqsadi: Ta`lim texnologiyasi – bu ta`lim jarayonida o`quv maqsadlariga kafolatli erishish uchun talabalar va pedagoglar o`zaro faoliyatining qatorda fizikani o’qit samarali tashkil etilish loyixasi ekanligini asoslash. Mavzuning vazifasi: Kurs ishida o’qitishning an’anaviy usullari bilan bir ishда fizika ta’lim texnologiyalaridan foydalanish davr talabi ekanligi asoslanadi va uning samaradorligi ko’rsatiladi Yorug’lik diodlari haqida ummumiy malumot. Svetodiod (yorug‘lik diodi) arsenit – fosfid – galiy asosida yasaladi. Svetodiod orqali tok o‘tganda u o‘zidan yorug‘lik chiqaradi. Svetodiodni shartlibelgilanishi va ulanishi quyida 1-rasmda keltirilgan. 1-rasm
1-rasm. Svetodiodni shartli belgilanishi a) b) va ulanishi sxemasi v). 2-rasm B 2-rasm. Optronlar. a) diodli, b) rezistorli, v) tranzistorli, g) tiristorli. Optron asboblar deb, u yoki boshqa ko’rinishda o’zaro aloqani oshiruvchi nurlanish manbai va qabul qilgichga (yorug’liknurlagich va fotoqabulqilgich) ega bo’lgan yarimo’tkazgichli asbobga aytiladi. Har qanday optronlarni ishlash prinsipi quidagilarga asoslangan. Nurlagichda elektr signal energiyasi yorug’likka, fotoqbulqilgichda esa, uni teskarisi yorug’lik signali elektr signaliga o’zgaradi. Amalda tarqalgan optronlar bo’lib, qaysiki unda nurlagichdan fotoqabulqilgichga tomon to’g’ri optik aloqaga ega bo’lganlari bo’lib, bunda elementlar orasidagi hamma ko’rinishidagi elektr aloqalar bo’lmaydi. Optik aloqani mavjudligi kirish (nurlagich) va chiqish (fotoqabulqilgich) orasidagi elektr izolyasiyani ta’minlaydi. Shunday qilib, bunday asbob elektron zanjirlarda aloqa elementi funksiyasini bajaradi, shu bilan bir vaqtda kirish va chiqish elektr (galvanik) yechimi amalga oshirilgan. Optoelektron asboblarni qo’llanilishi yetarlicha turli: apparat bloklari aloqasi uchun, qaysiki ular orasida ancha katta potensiallar farqi bo’ladi; o’lchash qurilmalarini kirish zanjirlarini shumdan himoyalash uchun va yuqori kuchlanishli zanjirlarni sozlash, optik, kontaktsiz boshqarish,quvvatli tiristorlar, simistorlarni ishga tushirish, elektromexanik releli qurilmalarni boshqarishlar kiradi. “Uzun” optronlarni (optik kanal sifatida uzun ingichka optik – tolali asboblar) yaratilishi optron texnika maxsulotlarini qo'llashni mutlaqo yangi yo’nalish – optik tola bo’yicha masofaviy aloqani ochdi. Optoelektron asboblar sop radiotexnik sxemalar modulyasiyasi, kuchayishni avtomatik boshqarish va boshqalarda qollaniladi. Bu yerda optik kanalga ta’sir natijasida sxemani optimal rejimga o’tkazish uchun, kontaktsiz rejimni sozlash va shunga o’xshashlardan foydalaniladi. Optronlarda ancha keng universal ko’rinishdagi nurlagichlardan biri yario’tkazgichli ijeksion yorug’liknurlovchi diod – yorug’diod hisoblanadi. Uni afzalliklari quyudadilarga bog’liq:elektr energiyasini optikka aylantirishda FIK ni yuqoriligi; nurlanish spektrini (kvazimonoxromatikligi) qisqaligi; turli yorug’lik diodlar bilan keng spectral diapazonda yopilishi; nurlanishni yonalishligi;yuqori tezkorligi; ta’minlovchi kuchlanish va toklar qiymatlarini kichikligi; trnzistorlar va integral sxemalar bilan mosligi; to’g’ri tokni o’zgartirish bilan nurlanish quvvatini modullashni soddaligi; impuls va uzluksiz pejimda ishlash mumkinligi; ancha keng kirish toklar diapazonida vat-amper xarakteristikasini chiziqliligi; yuqori mustaxkam va chi damliligi;kichik o’lchamliligi;mikroelektron maxsulotlar bilan texnologik mosligi. Yorug’lik diodlari elektronlar va kovaklar rekombinasiyasi hisobiga elektr energiyasini yorug’lik energiyasiga aylantiradi. Oddiy diodlarda elektronlar va kovaklar rekombinasiyasi issiqlik ajralishi bilan yuz beradi, yani yorug’lik nurlanishsiz. Bunday rekombinasiya fononli deyiladi. Yorug’lik diodlarda 39 rekombinasiya yorug’lik nurlanish yuz berib, qaysiki fotonli deyiladi. Odatda bunday nurlanish rezonansli va qisqa polosa chastotada yotadi. Nurlanishni to’lqin uzunligini o’zgartirish uchun tayorlangan yorug’likdiodininmaterialini o’zgartirish kerak, yoki ma’lum hollarda (ikkirangli yorug’likdiodlar) yorug’lik diod orqali to’g’ri tok o’zgartiriladi. 3 – a.b rasmlarda yorug’likdiod qurilmasimi sxematik belgisi, 3 – v rasmda esa uni nurlanish spectral xarakteristikalari berilgan. Ko’zga ko’rinadigan spektrda nurlaydigan yorug’likdiodlarini tayorlash uchun fosfid galliy yoki qattiq eritma GaAsP dan foydalaniladi. IQ – diapason yaqin uchun diodlar ko’pincha kremniy, arsenid galiy yoki qattiq eritma GaAlAs lardan foydalaniladi. 3 –rasm. Yorug’lik diod strukturalari (a,b ) va spectral xarakteristikalar(v). 3-rasm Yorug’likdiodda injeksion lyuminsensiya mexanizmi uchta asosiy jarayonlardan iborat: yarimo’tlazgichlarda nurlanish ( va nurlanishsiz) rekombinasiyasi , yorug’likdiod bazasiga ortiqcha asosiy bo’lmagan zaryadlarni injeksiyasi va genarasiya sohasida nurlanishni chiqishi. Yarimo’tkazgichda zaryad tashuvchilar rekombinasiyasi , eng muhimi , uni zona diagrammasi, tabiy krishmalar va nuqsomlarni mavjudligi, muvozanat holatdagi buzulishlar darajasi bilan aniqlanadi. Optron nurlagichlarning asosiy materiallariga to’g’ri zonali yarimo’tlazgichlar ( GaAs va uning uchlik brikmalari GaAlAs va GaAsP) kiradi, yani bularda ruxsat etilgan zona –zona to’g’ri optic otishlar bo’ladi . Zaryad tashuvchillarning har bir rekombinasiyasida bu sxema bo’yicha kvant nurlanish bilan yuz beradi, to’lqin uzunligi qaysiki energiyani saqlanish qonuni bo’yicha quidagi munosabat bilan aniqlanadi. bu yerda- ΔE- man qilingan zona kengligi yoki sahdan nurlandan energiya. Biroq, nulanish rekombinasiyasi bilan konkurensiyada nurlanishsiz reekombinasiya mexanizlari mavjud no’lib, natijada ortiqcha energiya nurlanish ko’rinishida emas, issiqlika aylanadi. Turli rekombinasiy a mexanizmlarni nisbiy roli ichki chiqish nurlanish һich tushunchasini kiritish bilan ifodalanadi, bu nurlanish rekombinasiya extimolligini to’la (nurlanish va nurlanishsiz) rekombinasiya extimoligiga nisbatibilan( boshqacha aytganda generasiyalangan kvantlar sonini shu bilan injeksiyalabgan asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar soniga ) aniqlanadi. .Bu qiymat foydanalinadigan yorug’likdiod uchun materialni ahamiyatli xarakteristikasi hisoblanadi Diod-(yunon. di... ikki martalikni bildiruvchi old qo’shimcha va еlektr od) – bir tomonlama еlektr o’tkazuvchanlik xossasiga еga bo’lgan ikki еlektrodi asbob. Еlektrvakuumli, yarim o’tkazgichli diod, gazotron xillari bor. Radiotexnika, еlektronika, еnetgetika va texnikaning boshqa sohalarida asosan, o’zgaruvchan tokni to’g’rilash, detektrlash, chastotani qayta o’zgartirish, еlektr zanjirlarni almashlab ulashda ishlatiladi Cho‘g‘lanma yoki svetodiod lampochka: Qay biri afzal Gap nima haqida ketayotganini angladingiz chog‘i: albatta, elektr energiyasi, uni ishlab chiqarish mashaqqatlari, to‘g‘ri foydalanish va tejash imkoniyatlari xususida. Sir emas, elektr energiyasi – foydalanishga qulay bo‘lgan energiya turi. Sanoat, xalq xo‘jaligi, maishiy xizmat tarmoqlarida aksariyat yumushlar elektr quvvati orqali bajariladi. Kundalik turmushimizda ham elektrning o‘rni beqiyos. Ana shu beminnat energiyani ishlab chiqarish esa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun qancha resurs, qancha mehnat sarf etiladi. Jumladan, elektr energiyasining asosiy qismi gaz, ko‘mir, mazut yoqish orqali ishlab chiqariladi. Ko‘plab xarajatlar, yo‘qotishlar hamda bir necha o‘n minglab ishchi-xodimlarning kechayu kunduz qilayotgan mashaqqatli xizmatlari evaziga elektr energiyasi hosil bo‘ladi va iste’molchilarga yetkaziladi. 1 kVt/soat elektr energiyasi bilan ko‘plab mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Masalan, shu quvvat bilan 2 juft poyabzal tayyorlash, 10,5 kilogramm paxta tolasini qayta ishlash, 18 kilogramm o‘simlik moyi ishlab chiqarish, 50 ta non pishirish, 12 kilogramm g‘alla yanchish, 60 kilogramm kir yuvish, 45 bosh sigirni sog‘ish, 4 marta kinofilm ko‘rish mumkin. Xo‘sh, biz ana shunday beminnat xizmatchi – elektr energiyasidan to‘g‘ri va tejab foydalanyapmizmi? Ochig‘i, elektr energiyasini tejash deganda, ayrim kishilar keraksiz yonib turgan lampani o‘chirish lozimligini tushunadi. Bu yaxshi, ammo do‘kondan televizor, muzlatkich yoki oddiy lampochka sotib olayotgan aksariyat xaridorlar buyumning yo‘riqnomasiga qarab yoki sotuvchidan so‘rab, uning foydalanish muddati bilan qiziqadi. Iste’mol quvvati-chi? Buni xayoliga keltirmaydi. Aslida eng jiddiy masala shu parametrga bog‘liq. Ma’lumotlarga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda kishilar muayyan buyum sotib olayotganda uning boshqa qulayliklari bilan birga elektr energiyasi sarflash hajmini ham e’tibordan chetda qoldirishmas ekan. Masalan, AQSh, Islandiya va bir qator rivojlangan mamlakatlarda cho‘g‘lanma lampochkalardan foydalanish umuman to‘xtatilgan. Natijada iste’molchilar kam elektr sarflaydigan, ko‘p yorug‘lik beradigan zamonaviy fluoressent va svetodiod lampochkalardan foydalanmoqda. To‘g‘rida, agar uyingizda 15 ta cho‘g‘lanma lampochka bo‘lsa va ular bir kunda o‘rtacha 6 soat yonsa 1 kVt/soat elektr energiyasi sarflaydi. Buning narxi 250 so‘m bo‘lganda bir yil mobaynida 821 ming 225 so‘mlik, svetodiodli lampochka esa 164 ming 250 so‘mlik elektr energiyasi sarflaydi. Demak, zamonaviy svetodiodli lampochka bir yilda oilaviy byudjetingizdan 656 ming 975 so‘m tejalishini ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, svetodiodli lampochkalar uzoq ishlashi, elektr energiyasini tejashi, tashqi muhit uchun xavfsizligi bilan oddiy lampochkalardan farq qiladi. Ular 80 foizgacha elektr energiyasini tejaydi. Kuchlanish pasayganda oddiy lampochka ishlamay qoladi, svetodiodlisi esa kuchlanish 170 volt bo‘lgan paytda ham ishlayveradi. Svetodiodli lampochkalar foydalanish xizmat muddati 30 ming soatdan ziyodligini hisobga olsak, uni ishlatishda ortiqcha to‘lov – xarajatlar kamayadi, o‘zini-o‘zi qoplash esa tejalgan elektr energiyasi hisobiga bo‘ladi. Agar bizda ham hamma iste’molchilar cho‘g‘lanma lampalarni svetodiodli lampalarga almashtirishsa, elektr energiyasi iste’molini 5 milliard kVt/soatga kamaytirish va bu bilan 1,6 milliard kub/metr gaz yoki 5 milliard tonna ko‘mirni iqtisod qilish mumkin. Buni barchamiz yaxshi bilib olsak zarar qilmaydi. Kurgazmali vositalardan foydalanishni maqsadi va oʻquvchilarni qiziqishiga jalb qilish. Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’gri qo’yishi, dars jarayonini to’gri rejalashtirishi, darsda hamkorlikda erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etishi, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. O’qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’gri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’grisida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilar. Jumladan: dars maqsadi bilan o’quvchilarni tanishtirmaslik; interfaol metodlardan samarasiz foydalanish; dars jarayonida barcha o’quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik; o’quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik; o’quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik. o’quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik; o’qituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi; mavzuni amaliyot bilan bog`lab tushuntirmaslik; mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik; sinf doskasi, darslik, o’quvchi daftari, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo’lga qo’yilmaganligi; O’quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar. Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi. Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi. Dars tahlili o’quv mashg ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi. Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi: ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash; o’qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish; ilg or ish usullari va metodlarini o’rganish va ommalashtirish; o’qituvchilarning o’zaro tajriba almashishi; o’quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash; ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; o’quvchilarning bilish faoliyatini o’rganish; dars jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, o’qituvchiga amaliy va metodik yordam ko’rsatish; ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar psixologik xususiyatlarini o’ziga xosligini e’tiborga olish; darsda o’quvchilarni faollashtirish va mavzuni o’zlashtirishlarini e’tiborga olinganligi. Dars - o’quv jarayonining juda ko’p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko’ra darsni kuzatuvchi va tahlil qiluvchilardan maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 1.Darsni kuzatishga tayyorgarlik. 2.Darsning borishini kuzatish. 3.O’z-o’zini tahlil qilishni ta’minlash. 4.Dars tahlili va takliflar berish. Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. 1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik: dars kuzatishdan ko’zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish; kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish; dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash; kerakli materiallarni tayyorlash; o’qituvchi bilan suhbatlashish. 2. Darsning maqsadlarini tahlil qilishda: o’quv fani va mavzuning o’ziga xos tomonlari, o’quvchilar yoshi va bilim darajasi e’tiborga olingan holda ta’lim-tarbiya maqsadining to’g ri va asosli qo’yilganligi; o’quvchilarning tayyorgarligi, o’rganilayotgan mavzu bo’yicha darslar tizimidagi aynan shu darsning o’rnini hisobga olgan holda maqsad qo’yilishining to’g riligi va asoslanganligi; dars asosiy g oyasining to’g ri qo’yilishi va o’quvchilarga maqsadning yetkazilishi, maqsadga erishish darajasi. 3. Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda: dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;. darsning turi, strukturasining puxta o’ylanganligi; dars bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog liqligi; dars bosqichlari uchun vaqtning to’g ri taqsimlanganligi; o’qitish shakllarining to’g ri tanlanganligi; dars rejasining mavjudligi va uning o’qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish; dars jihozlari. O’qituvchi va o’quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish. 4. Dars mazmunini tahlil qilishda. dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi; materiallarning ishonchliligi, to’liqligi, tushunarliligi; bayon qilinayotgan materialning ilmiy darajasi; darsning tarbiyaviy yo’nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi; darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo’naltirish bilan bog`lash; o’quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish; yangi materialning asosiy g oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko’rsatish. 5. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o’quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi; o’qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi; o’qituvchining yordami. Yangi materialning o’zlashtirilganlik darajasi; yangi mavzuning oldingi mavzular bilan bog langanligi. Takrorlash (tashkil qilish, shakllari, usullari, hajmi). 6. Dars o’tish metodikasini tahlil qilish O’qitishning metod, vosita va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmuniga, dars maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi. O’qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to’g ri qo’llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. Ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan samarali foydalanilganligi. O’qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik texnikasini baholash. 7. O’quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo’lgan qiziqishi. O’quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati. O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish. O’quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari. 8. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqati. Pedagogik etikasi, nutqi, ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil etilishi. 9. O’quvchilar bilimini baholash O’kuvchilarga berilgan bilim, ko’nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim berilishi.Ғoya va materiallarning asosiy tomonlarini ko’rsata olishi, amaliy ko’nikmalarning egallaganlik darajasi. Tekshirish turlari. Baholarning jamlanganligi. 10. Uy vazifasini tahlil qilish Uy vazifasini berishdan maqsad va hajmi. Sinfda bajarilgan ish bilan uyga berilgan vazifaning hajmi. Uyga berilgan vazifaning xususiyati (ijodiy, takrorlash, mustahkamlash, rivojlantirish), uy vazifasini berishda o’qituvchining izohi. Darsni tahlil qilishni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1. Ilmiy tahlil. 2. Psixologik tahlil. 3. Metodik tahlil. 4. Didaktik tahlil. 5. Umumpedagogik tahlil. Ilmiy tahlil-berilayotgan bilimlarning ilmiy –nazariy jihatini, o’quvchi bajarayotgan mustaqil ishning maqsadga muvofiqligini aniqlash demakdir . Dars kuzatuvchi har bir rahbar darsning ilmiy tahlilida asosan quyidagilarga e’tibor berishi maqsadga muvofiq bo’ladi : 1. O’qituvchining ilmiy jihatdan (o’zi mutaxassis bo’lgan fanni ilmiy asosda chuqur bilishi ) qurollanganligi. 2. Shu kungi darsga ilmiy jihatdan tayyorgarlik holati. 3. O’z mutaxassisligiga oid eng yangi ilmiy –nazariy axborotlar bilan qurollanib borishi. 4. Dars jarayonida ilmiy qoida va ta’riflarning to’g ri bayon etilishi hamda ilmiy atamalarning o’quvchilarga singdirib borilishi. 5. Darsda ta’limning o’ziga xos xususiyatlarining hisobga olinishi. 6. Darslik materiallarining qo’shimcha adabiyot materiallari bilan boyitilishi. 7. O’quvchi bajarayotgan laboratoriya , amaliy hamda mustaqil ishlarning ilmiy yo’nalish bo’yicha maqsadga muvofiqligi. 8. O’quvchilar xulosasining ilmiy jihatdan to’g ri , qisqa va mukammal bayon etilishi hamda uni o’qituvchi tomonidan nazorat qilinishi. 9. Dars davomida , yangi mavzuni bayon etish jarayonida ta’lim- tarbiya bilan bog lanishi. 10. O’qituvchi va o’quvchilarning ilmiy nutq madaniyati. Metodik tahlil – o’qituvchining dars jarayonida qo’llagan usullarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o’ziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi. O’quv materiallarini o’quvchilarga bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo’llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil davomida aniqlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’qituvchi darsda qo’llagan usullarning samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi uning o’tgan, yangi mavzu materialini o’quvchilarning qay darajada o’zlashtirib olganliklari bilan belgilanadi. Shu boisdan har bir dars kuzatuvchi (o’qituvchi, direktor , ilmiy bo’lim mudiri, inspektor yoki metodist ) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi kerak. Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. Dars jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining tashkiliy shakllariga ko’ra: a) hikoya usuli; b) og zaki bayon usuli; v) suhbat usuli. 2. O’quvchilarning o’zlashtirishiga ko’ra: a) o’qituvchilarning so’zlash usuli; b) ko’rsatmali qurollardan foydalanish usuli; v) darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash usuli; g) laboratoriya asboblari bilan ishlash usuli; d) texnika vositalaridan (informatika elektron hisoblash texnikasi, kinofilm, diafilm, radio, televizor kabilar) foydalanish usuli; ye) sinf doskasidan, geografiya, tarix yoki zoologiyaga tegishli bo’lgan turli kartalardan foydalanish usuli kabilar. Didaktik tahlil – ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to’g ri hamda mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir. Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o’rinli bo’ladi: 1. O’qituvchi bayonining sinf o’quvchilari jamoasiga to’la tushunarli bo’lishi va bu bayonning izchil ravishda o’quvchi ongiga yetib borishi. 2. O’qituvchi fikrining ma’naviy-ma’rifiy tarbiya talabiga mos bo’lganligi. 3. Barcha o’quvchilarning o’qituvchi berayotgan materialini ongli ravishda o’zlashtirishlari. 4. O’qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi. 5. O’qituvchi fikrining izchiligi. 6. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko’rsatmali qurollardan, tarqatma materiallar va texnika vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi. 7. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga yo’naltirilgan holda o’tishga erishilganligi. 8. Darslik bilan ishlashning to’g ri bo’lishi. 9. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunida yo’nalishi. 10. Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar. Umumiy pedagogik tahlil – darsdagi hamma jihatlarning qisqa va yengil ko’rinishidagi tahlilidir. Darsni umumiy pedagogik jihatdan tahlil qilganda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. O’quv xonasi yoki sinf xonasining dars o’tishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari). 2. O’quv xonasi yoki sinf xonasining sanitariya- gigiyena holati. 3. Dars mavzusi va uning ta’limiy, tarbiyaviy maqsadi. 4. O’qituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va pedagogik jihatdan tayyorlanganligi darajasi. 5. O’qituvchining darsni tashkil etish va dars bosqichlaridan to’g ri foydalanishi. 6. O’qituvchining o’quvchilarga ta’lim –tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunali shaxs darajasiga ko’tarila olganligi. 7. O’quvchilar bilimiga qo’yiladigan bahoning adolatli va izohli bo’lishi. 8. O’quvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritishi hamda mazkur fan asoslarini o’zlashtirib olganlik darajasi. 9. O’quvchilarning darsga munosabati va hurmat bilan qarashi. 10. O’qituvchining darsdagi boshqaruvchilik roli va ish uslubi. 11. O’qituvchining dars mavzusini ta’lim- tarbiyaga bog lashi. 12. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda o’lkashunoslik materiallaridan foydalanishi. 13. Darsda o’quvchilarning sifat o’zlashtirishi. 14. O’qituvchining darsdagi ta’limiy va tarbiyaviy maqsadiga to’liq erisha olganligi. 15. O’qituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga ehtiyoji kabilar. Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish tizimi: I. Darsning aniq maqsad va vazifalarga bog liq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish. a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari: b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi. II. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish: a) o’quv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushuntiruvchi, ko’rgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi); b) o’quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish, o’quv axborotini idrok etishi (obrazli, og zaki mantiqiy xotirani, xayoliy tafakkurni, hayotini). U qanday his-tuyg ularni uyg otadi? v) mazkur material o’quvchilar bilish faoliyatining yosh xususiyatlariga, ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi; g) o’qituvchining murakkab o’quv materialini mazkur yoshdagi o’quvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning ravshanligi va oddiyligi, yorqin misollar, o’xshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, ko’rgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan bog lashi). d) o’rganilayotgan materialning tarbiyaviy ta’siri (axloqiy, estetik va h.k.). O’qituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi? Oʻqituvchini vazifasi oʻtayotgan darsnining vazifa va ahamyatlarini shu zamonavi texnalogiyalardan foydalangan holda oʻquvchini yetib borishi uchun juda katta tayyorgarlik koʻrish shart Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rgazmali metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan “YUz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi” maqoli ilmiy asosga ega ekan. Namoyish metodi o‘rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa o‘quv xonasi doskasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. Namoyish metodi o‘rganilayotgan ob’ekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy ob’ektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa o‘quv xonasi doskasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi, bunda ushbu tajriba asosida yotuvchi tamoyillarni tushunish osonlashadi. Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ko‘rgazmalilikning ta’lim oluvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda samaradorlikka erishish uchun quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ko‘rgazmalilikning ta’lim oluvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha ta’lim oluvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi; namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi; namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim Ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish muammosi doimo mavjud bo'lgan va mavjud bo'ladi, ammo fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishiga, ta'lim nazariyasi va amaliyotiga qarab shakllar, usullar va vositalar har xil bo'ladi. Taxminan 400 yil oldin Yan Komenskiy "O'qituvchilar kamroq o'rgatish va shu bilan birga talabalarga ko'proq o'rganish yo'lini izlash va topish kerak" deb yozgan edi. Tabiiy fanlar ta’limida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish dolzarb metodologik muammolardan biridir. Uning yechimida quyidagi savollarga xolis va asoslantirilgan javob izlanadi: Ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan qachon, qayerda va qanday foydalanish mumkin? Bolgariyadagi davlat ta'lim muassasalarining faoliyati maktab fanlarini o'qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini integratsiyalashga qaratilgan. Bunga ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan Bolgariya maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish milliy strategiyasi, “Maktabda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” milliy dasturi (2008–2015) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida axborotkommunikatsiya texnologiyalari” milliy dasturi misol bo‘la oladi. maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimi” . Ayni paytda muassasalar Bolgariya Respublikasining taʼlim va fanda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qoʻllash strategiyasi va “Zamonaviy taʼlim muhitini taʼminlash” Milliy dasturi ustida ishlamoqda. Psixologik-pedagogik, didaktik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish shuni ko'rsatadiki, ta'limning barcha bosqichlarida tabiiy fanlar bo'yicha zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda o'quv jarayoni olib borilmoqda. Fizika o'quv predmeti sifatida turli uslubiy g'oyalarni amalga oshirish va samaradorligini tekshirish imkoniyatlarini beradi. Bu fizikani o'qitishga kiritilishi mumkin bo'lgan shakllar, usullar va vositalarning xilma-xilligi bilan bog'liq. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta'limni modernizatsiya qilish o'quvchilarga ham, o'qituvchilarga ham qaratilgan ta'lim faoliyati modelini nazarda tutadi [4]. Hozirgi vaqtda Bolgariyada ko'plab o'qituvchilar o'rta maktabda fizikani o'qitish uchun zamonaviy ta'lim texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanmoqdalar. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari turli xil fizika darslarida (yangi bilimlar uchun, fizika masalalarini echishda, xulosa qilishda, laboratoriya mashg'ulotlarida, o'quvchilarning o'quv yutuqlarini tekshirish va baholashda) va maqsadlarga erishish uchun talabalarning sinfdan tashqari faoliyatida qo'llanilishi mumkin. fizika o'qitish haqida. Maqolada Bolgariyada fizikani o'qitishda qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim texnologiyalari keltirilgan. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan innovatsion texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Fizika fanidan o’quv jarayonida ulardan foydalanishning uslubiy imkoniyatlari va istiqbollari ko’rsatilgan. Fizika o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini integratsiyalashning afzalliklari ham, kamchiliklari ham qayd etilgan. Maqolada zamonaviy ta'lim texnologiyalari atamasi o'quv mazmunini taqdim etish, idrok etish, o'zlashtirish va qo'llash, talabalarning o'quv yutuqlarini tekshirish va baholashgayordam beradigan, diversifikatsiyalash, ratsionalizatsiya va takomillashtirishga yordam beradigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ta'lim texnologiyalari uchun ishlatiladi. , ularning individual o'quv faoliyati va fizika o'qitishdagi sinfdan tashqari faoliyati. Jahon miqyosida tabiiy fanlar, xususan, fizika o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. Fizika o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va tutgan o‘rni hamda ularning zamonaviy ta’lim texnologiyalari sifatidagi imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fizika o‘qitishda quyidagi imkoniyatlarni beradi: ● multimedia dasturlari va kompyuter simulyatsiyalari; ● video ilovalar; ● animatsiyalar; ● mos yozuvlar xarakteriga ega elektron vizual materiallar - gipermatn, ● ma'lumotlar jadvallari, ● grafika, ● chizmalar, ● sxemalar, ● formulalar, ● tasvirlar va boshqalar; ● kompyuter taqdimotlari; ● fizika masalalarini yechish uchun kompyuter interaktiv dasturlari; ● fizika fanidan kompyuter (virtual) interaktiv laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun kompyuter dasturlari; ● real va kompyuter interaktiv fizik tajribalarini (namoyish va laboratoriya) o'tkazishda olingan natijalarni qayta ishlash va taqdim etish uchun kompyuter ilovalari; ● talabalarning o'quv yutuqlarini tekshirish va baholash uchun kompyuter interaktiv testlari; elektron darsliklar va qo'llanmalar; ● interaktiv doskalar; ● virtual sinflar va laboratoriyalar; ● elektron ta'lim; ● m-ta'lim; ● bulutli texnologiyalar; ● ijtimoiy tarmoqlar; ● ta'lim veb-saytlari; ● onlayn darslar va elektron maslahatlar va boshqalar. Zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, fizika bo'yicha o'quv eksperimenti (ko'rgazmali va laboratoriya) sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tariladi, chunki u tajribalarni o'tkazishda ham, olingan eksperimental natijalarni ko'rish mumkin bo'lgan qayta ishlashda ham vaqtni tejaydi. Fizika darslarida talabalarning o'quv yutuqlarini tekshirish va baholash uchun zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish kompyuter testlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog'liq. Kompyuter testlari talabalarning o'quv yutuqlarini individual tekshirish va baholash, u bilan bog'liq faoliyatni avtomatlashtirish (javoblarni ro'yxatga olish, ularni qayta ishlash va baholash), sub'ektiv omilni minimallashtirish va nazoratning ob'ektivligi va samaradorligini oshirish imkonini beradi. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari o'quvchilarning darsdan tashqari faoliyatida ham qo'llanilishi mumkin, chunki u turli xil usul va vositalardan foydalanish imkoniyatini beradigan ta'lim shaklidir. Talabalar fizika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda barcha sanab o‘tilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, ayniqsa, kompyuter ta’lim texnologiyasi sifatida Internet imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin [4]. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari individual o'quv dasturlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar, alohida ta'limga muhtoj talabalar, iqtidorli yoki ilg'or talabalar va boshqalar uchun ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuningdek, ular fizika o‘qitishni individuallashtirish va har bir talabaga o‘zining shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati, ehtiyojlari va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, istalgan vaqtda va istalgan joyda o‘z tezligida o‘qish imkoniyatini beradi. Fizika o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ta’limning metod va vositalarini rang-baranglashtiradi va boyitadi. Talabalarning fizika bo'yicha tashkil etilgano'quv faoliyati qanchalik xilma-xil bo'lsa, bilimlarni egallash, ko'nikma va munosabatlarni shakllantirish shunchalik samarali bo'ladi. Ushbu faoliyat fizika va uning qo'llanilishini o'rganishga bo'lgan bilim qiziqishini yaratishga, yangi kognitiv natijalarga erishishga yoki allaqachon olingan kompetentsiyalarni yaxshilashga olib keladi. Umumta’lim maktablarida fizika o‘qitishda kompyuter ta’lim texnologiyalaridan kompleks va maqsadli foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan mualliflik uslubiy konsepsiyasi qo‘llanilgan o‘tkazilgan pedagogik eksperiment, eksperimental natijalarni statistik qayta ishlash va amalga oshirilgan sifat tahlili shuni ko‘rsatdi. zamonaviy ta'lim texnologiyalari fizikani o'qitish samaradorligini oshiradi. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari fizika o'qitishni tashkil etish, undagi ma'lumotlar almashinuvi va samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. J. Komenský, Great Didactic, University Press “St. Kliment Ohridski”, Sofia, 2008. 2. Strategy for Effective Implementation of Information and Communication Technologies in the Education and Science of Republic of Bulgaria (2014–2020), Ministry of Education and Science, Sofia, 2014. 3. National program “Providing a Modern Educational Environment” (2018–2019), Ministry of Education and Science, Sofia, 2018. 4. G. Kalpachka, Teachers in Learning with Using of Information and Communication Technologies, Chemistry, 25(6), 940 (2016). Foydalanilgan saytlar: www Baxtiyor.uz www.Arxiv.uz Download 191.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling