Mavzu
Mustaqil ishni tashkil qilish metodikasi
1. Kirish
2. Asosiy bo’lim.
I bob. Mustaqil ishning o`qitish usuli, o’quvchilarni tarbiyalashdagi ahamiyati va mustaqil ish turlari.
1.1. Mustaqil ish turlari.
1.2. Mustaqil ish o`qitish usuli sifatida.
1.3. Mustaqil ishlarni o’quv paytida shakllantirish.
II bob. Mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasi.
2.1. Sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va mazmuni.
2.2. Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va mazmuni.
2.3. Mustaqil ishlarni tashkil etishning didaktik talablari va tamoyillari.
3. Xulosa
4. Foydalanilagan adabiyotlar.
KIRISH
Hozirgi rivojlanayotgan Yangi O`zbekistonda bilimli, salohiyatli, yetuk kadrlarni tayyorlash davr ta`labiga aylandi. Talabdan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash bo`yicha yuksak yutuqlarga erishgan mamlakatlar tajribalari o`rganilmoqda. Shu tajribalar va o`z imkoniyatlarimizni chuqur tahlil etish asnosida “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqildi va qabul qilindi. Konsepsiyaga asosan 2030-yilgacha mamalakatimizdagi oliy ta`lim muassasalarining 85% bosqichma- bosqich, kredit- modul tizimiga o`tishi rejalashtirilgan. Bu konsepsiyaning 3- bobining 1- qismida “Mustaqil ta`lim soatlarini ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta`lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish, o`quv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o`quv jarayonini amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirish, bu borada o`quv jarayoniga xalqaro ta`lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik texnalogiyalar, o`quv dasturlari va o`quv uslubiy materiallarni keng joriy etish” masalalarida ta`lim oluvchilarning mustaqil ta`lim olishlari, mustaqil ishlash malakalarini uzluksiz oshirish orqali mutaxasislarning zaruriy kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e`tabor qaratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |