24- ma’ruza. Mavzu: Konstruksiyalarni ingibitorli himoyalash. Reja
Download 0.6 Mb.
|
МАЪРУЗА 24
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Korroziyaga qarshi gummirlash
24- Ma’ruza. Mavzu: Konstruksiyalarni ingibitorli himoyalash. Reja 1. Ingibitorli ximoya asoslari. 2. Korroziya ingibitorlari haqida umumiy ma’lumotlar. 3. Korroziya ingibitorlarining ta’sir mexanizmi. 4. Ingibitorlarning katod va anod jarayoniga ta’siri. 5. Nordon muhitlardagi ingibitorlarning ta’siri. 1.Korroziyaga qarshi gummirlash Himoyalanadigan yuzaga natural yoki sintetik kauchikdan qoplash gummirlash deyiladi. Bu materiallarni korroziyadan, kavitatsion, erozion va boshqa yemirilishlardan himoya qilishni keng tarqalgan usuli. Gummirlash jihoz tayyorlanadigan materialga qoʼyilgan talabdan kelib chiqib kimyo sanoatida keng tarqalgan. Bu talablar agressiv muhitga chidamlilik, elastiklik, titrashga mustahkamlik, suv va gaz oʼtkazmaslik va xokazo. Ommaviy gummirlovchi materiallar natural va sintetik (izopren, xloropren, butadien va boshqalar) kauchiklardan tayyorlanadi. Gummirlovchi rezina aralashmalar kalandrlarda qayta ishlanib qalinligi 1,5 mm li varaqa holga keltiriladi. Suyuq kauchik holidagi rezina aralashmasi murakkab konfiguratsiyadagi uncha katta boʼlmagan uzel va mexanizmlarni ixotalashga ishlatiladi. Xom rezina aralashmasi (xom rezina) kauchikni oltingugurt va boshqa vulkanizatsiyalovchi moddalar bilan aralashmasidan iborat. Natural kauchik asosidagi rezina aralashmasi quyidagi yaxshi texnologik xususiyatlarga ega: vulkanizatlarni elastikligi yuqori, ko‘p faktorli deformatsiyalarda xaroratning koʼtarilib ketmasligi, adgeziya va kogeziya xususiyatlarini yaxshiligi, kislota va ishqorga bardoshliligi. Lekin bunday vulkanizatlar mineral moylar va organik erituvchilarga, oksidlovchilarga chidamsiz, bundan tashqari tabiiy kauchuk kimmat narxda chetdan keltiriladi. Adgeziya (lotincha adhaesio-yopishish) ikki turli jinsli qattiq yoki suyuq jismni yuzalarini yopishishuvi. Misol: suv tomchisini oynaga yopishuvi. Kogeziya (lotincha cohaesus — aloqador, ilashgan.) fizik jism molekulalarni (atomlar, ionlar) tortishish kuchlar ta’sirida ilashuvi. Gummirlash materiali sifatida natriy butadientli sintetik kauchik (SKB) keng tarqalgan bo‘lib, u butadientni polimerlash maxsulotidir. SKB uchun vulkanizatsiya obʼekti – oltingugurt. SKB asosidagi gummirlovchi materiallar kimyoviy chidamlilik jixatidan natural asosdagi materiallardan kam farq qiladi. Butadien stirol kauchiklari (BSK) tortishda yuqori mustaxkamlik, metallarga yaxshi yopishishi va elastikligi bilan xarakterlanadi. Ular kislota va ishqorlar, spirtlar, ketonlar efirlarga chidamli, uglevodorodlar, yogʼlar, moylarda boʼkib shishadi. Lekin mineral moylar, benzin, va benzolda boʼkishga chidamliligi bo‘yicha tabiiy kauchukdan ustun turadi. Izoprenli sintetik kauchuk (SKI) oʼzining xususiyatlari bo‘yicha tabiiy kauchukka yaqin. Uni izoprenni polimerizatsiyalab olinadi. Gummirlash texnologiyasi. Jihozlarni varaqa materiallar bilan gummirlash texnologiyasi ikki usul bilan olib borilishi mumkin: - himoyalanadigan yuzani vulkanizatsiyalanmagan rezina aralashmalari varaqasini keyingi vulkanizatsiyalab qoplash; -oldindan tayyorlangan oʼramani himoyalanadigan yuzaga yopishtirish yoki qoʼyish. Birinchi usul keng tarqalgan. Gummirlash texnologiyasi quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat bo‘ladi: himoyalanadigan yuzani gummirlalashga tayyorlash; gummirlash materialini tayyorlash, himoyalanadigan yuzaga va himoyalovchi materialga kley surkash; himoyalanadigan yuzani gummirlovchi material bilan berkitish, himoyalovchi gummirlash materialiga issiq ishlov berish. Himoya qilinadigan yuzani tayyorlash quyidagi jarayonlardan iborat: moysizlantirish; zang va okalinani yo‘qtish (kimyoviy, elektrokimyoviy va mexanik usullar bilan). To‘g‘ri tayyorlangan himoyalanadigan yuza jilosiz, yaltiramaydigan kulrang rangda bo‘lishi, yuzani silaganda yuza notekisligi xis qilinishi kerak. Bunday yuzada kley yaxshi yopishadi. Tayyorlangan yuzani faolligi vaqt oʼtishi bilan pasayadi, shuning uchun ham yuza tayyorlangandan soʼng 8 soat davomida kley yuzaga 3 qatlamda surkalishi kerak. Gummirlovchi materiallarni tayyorlash varaqalarni o‘zaro yopishtirish va himoyalanadigan yuza oʼlchamiga moslab kesishdan iborat. Tayyorlangan yuzani va gummirlovchi materialni kley bilan yuviladi va quritiladi. Sungra navbat bilan zagotovkalarni ustma ust qoʼyadi va ularni xar birini rolik bilan juvalaydi. Hamma qatlamlar yigʼilgandan soʼng gummirlanadigan boʼyum qizdiriladi va berilgan xaroratda maʼlum vaqt ushlab turiladi. Bu davrda amalga oshadigan jarayonni toʼrt etapga boʼlish mumkin Birinchi etapda (vulkanizatsiya osti) rezina aralashmasi oʼzining oquvchanligini yoʼqotadi. Bu tezda ushlab qolish (A) yoki sekin ushlab qolish (V) rejimida amalga oshadi. Ikkinchi etapda (vulkanizatsiyagacha bo‘lgan) zoʼriqish ortadi, lekin qoldiq deformatsiya xali katta bo‘ladi. Uchunchi etap uchun rezinani fizik mexanik xususiyatlarini (choʼzilishdagi mustaxkamlik, eskirishga qarshilik va boshqalar.) birga qoʼshilishi xarakterlidir. To‘rtinchi etapda vulanizatsiyadan oʼtish (perevulkanizatsiya) ko‘pchilik rezinalar uchun modulni qoʼshimcha ortishi kuzatiladi (S rejimi). Lekin natural va sintetik izoprenli vulkanizatlar uchun vulkanizatsiyadan oʼtish yopishish jarayonini va mustaxkamlikni kamayishi kuzatiladi. (D rejimi –vulkanizatsiyani qaytishi). Shuning uchun ham xar qanday rezina aralashmasi uchun oʼzining texnologik xususiyatlari mavjud (vulkanizatsiya davomiyligi, xarorat va bosim). Bundan tashqari metal va qoplamani vazni va qalinligini xisobga olish kerak. Devori qalin buyumlar uchun 1 etapda buyumni yaxshi qizdirish kerak. Uncha katta boʼlmagan buyumlarni vulkanizatsiyalash qozonlarda, katta oʼlchamli buyumlarni vulkanizatsiyalash esa bugʼ yoki qaynoq suvda oʼtkaziladi. Issiq havoda vulkanizatsiyalanganda qoplamalarni fizik mexanik xususiyatlari yaxshilanadi va himoyalash xususiyatlari ortadi. Gummirlovchi qoplamalar. Gummirlovchi qoplamalarni konstruktsiyasi bajaradigan vazifasi va foydalanish sharoitidan kelib chiqib tanlanadi. Buning uchun gummirlovchi material turi, uni qoplash ketma ketligi, gummirlovchi qatlam qalinligi va qatlamlar soni aniqlanadi. Ko‘p hollarda bir qatlam qalinligi 3 mm bo‘ladi, uni xar birini qalinligi 1,5 mm dan bo‘lgan ikkita gummirlovchi qatlamdan yigʼiladi. Bu esa bir qavatli materiallardagi boʼshliqlarni berkitadi. Kimyoviy jihozlarni katta qismi qalinligi 6 mm bo‘lgan gummirlovchi material bilan himoyalanadi va ikki xarakatda qoplanadi. Abraziv yeyilish mavjud bo‘lgan joylarda gummirlovchi qatlam qalinligi qoʼshimcha qatlam qoʼyish xisobiga 9 mm ga yetkaziladi. Kimyoviy jihozlarni korroziyaga qarshi himoya qilishda metalga quyidagi qoplamalar konstruktsiyasidan foydalaniladi: rezina, poluebonit, ebonit, rezina –ebonit, poluebonit -rezina, ebonit – rezina, poluebonit-ebonit, rezina-ebonit-rezina, poluebonit-rezina-ebonit. Poluebonit va ebonitlarga qaraganda va ayniqsa yuqori xaroratlarda rezinani kimyoviy bardoshliligining ozligi undan foydalanishni chegaralaydi. Yuqori kimyoviy bardoshlikka adgeziyaga ega bo‘lgan qoplama olish uchun poluebonit va ebonitdan foydalaniladi. Xarorat tebranganda va ishorasi oʼzgaruvchan yuklanishlar mavjud bo‘lganda rezina –poluebonit qoplamasidan foydalaniladi. Bu holda rezina metal va ebonit xaroratdan kengayish koeffitsientini kompensatsiyalovchi elastik qatlam osti funktsiyasini bajaradi. Muhitning korrozion yemirilish ta’sirida poluebonit – rezina va ebonit rezina qoplamasidan foydalaniladi. Agar bunda xaroratlar farqi kuzatilsa uch qavatli rezina – ebonit-rezina qoplamasi qo‘llaniladi. Agar qoplama uch qavat bo‘lib, oʼrta qavat yumshoq rezina va chetki qavatlar poluebonit va ebonit (tashqi qavat) qoplamasidan iborat bo‘lsa, yumshoq rezina metal va ebonitdagi xarorat kengayishlarini tekkislash uchun xizmat qiladi. Bunday qoplamalar agressiv suyuqliklar tashiydigan vagon-tsisternalarni gummirlashda ishlatiladi. Suyuq kauchik asosidagi qoplamalar. Kimyoviy jihozlarni korroziyadan himoya qilishni qulay usullaridan biri ularni kauchik eritmalari yoki pastalari bilan termik yoki sovuq vulkanizatsiyalab gummirlashdir. Bu usul murakkab konfiguratsiyadagi (misol uchun berkituvchi armaturalar, rotorlar, ventilyatorlar, markazdan qochma nasos gʼildiraklari filtrlar va x.z.) varaqa material bilan himoyalab boʼlmaydigan jihozlarni himoya qilish uchun ishlatiladi. Eritma yoki pastalar bilan gummirlash qoplash jarayonini mexanizatsiyalash imkonini beradi va mexnat unumdorligini oshiradi. Bunday qoplamalar yaxlit, ulangan joylar va choklar boʼlmaydi, fizik-mexanik xususiyatlari va kimyoviy chidamliligi bir xil. Lekin suyuq kauchikni yoʼqligi tufayli qoplashning bu usuli keng tarqalmadi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling