24- ma’ruza. Mavzu: Konstruksiyalarni ingibitorli himoyalash. Reja


Konstruksiyalarni ingibitorli himoyalash


Download 0.6 Mb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1370909
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
МАЪРУЗА 24

4. Konstruksiyalarni ingibitorli himoyalash.
Ingibitorli himoya asoslari. Buyumni himoya qoplamalari bilan qoplash imkoniyati boʼlmaganda yoki qoplama bilan qoplash buyumni yetarli darajada korroziyadan himoya qila olmagan holatlarda korroziya tezligini pasaytirish ingibitorlar yordamida amalga oshiriladi. Korroziya ingibitorlari shunday moddaki, ularni korrozion muhitga oz miqdorda qoʼshilishi shu muhitdagi mavjud metall korroziyasi tezligini pasayishiga olib keladi. Inrgibitorli himoya korroziya bilan kurashishning aloxida usuli bo‘lib alohida yoki boshqa himoya vositalari bilan birga kompleks ravishda qoʼllanishi mumkin. Xozirgi vaqtda korroziya ingibitorlarini qoʼllash koʼlami ortdi: ular buyumlarni zaharlab tozalovchi sexlarda (zaxarlovchi ingibitorlar), mashinasozlik va priborsozlikda, (vaqtinchalik himoya vositalari va uchuvchi ingibitorlar), neft kimyosida (neftni qayta ishlash jarayonlari uchun ingibitorlar, moy va yoqilgʼilarga qoʼshimchalar), kommunal xoʼjalikda (suv aylanish tizimi uchun ingibitorlar), oziq ovqat sanoatida (sterillash va pasterizatsiyalashda metall buyumlarni himoyalash uchun ingibitorlar) va x.z.
Korroziyaga qarshi qoʼshimchalar – ingibitorlarning asosiy vazifasi metall va qotishmalardan tayyorlangan detal va buyumlarni korrozion yemirilishdan himoyalashdir. Metal buyumlardan foydalanish davomida va ularni saqlashda korroziyaga va yemirilishga uchraydi.
Qoʼshimchasi yoki ingibitor qoʼshilmagan neft moylari metallarni uzoq vaqt va ishonchli ravishda korroziyadan himoya qila olmaydi. Shuning uchun ham neft moylari tarkibiga moyda eriydigan organik moddalar: moy tarkibiga metall yuzalarini agressiv muhit ta’siridan himoyalovchi korroziyaga qarshi qoʼshimchalar (korroziya ingibitorlari) va atmosfera ta’siri sharoitida metall korroziyasiga qarshilik koʼrsatuvchi (atmosfera korroziyasi ingibitorlari) qoʼshimchalar qoʼshiladi.
ISO 8044-1986 standarti bo‘yicha korroziya ingibitorlari deb, korrozion tizimda yetarli kontsentratsiyada bo‘lib, xar qanday korrozion reagentni kontsentratsiyasini uncha muxim boʼlmagan oʼzgartirish bilan korroziya tezligini pasaytiruvchi kimyoviy birikmaga aytiladi. Kimyoviy birikma kompozitsiyasi ham korroziya ingibitori bo‘lishi mumkin. Korrozion muxitda ingibitor miqdori uncha katta boʼlmasligi kerak.
Korroziyaga qarshi qoʼshimchalar – ingibitorlarning bir necha xil turlari mavjud. Kelib chiqishi bo‘yicha:
-tabiiy-asosi tabiiy azot, naften kislotalari, smola va shu kabilar;
-sintetik, oksidlanish, sulfidlash, nitratlash, tiklanish, alkirlash va shu kabi kimyoviy reaktsiyalar natijasida olingan ingibitorlar;
-suyuq muxitlarda eruvchanligi bo‘yicha: suvda eriydigan, moyda eriydigan, suvda va moyda eriydigan;
-himoya mexanizmi bo‘yicha: Xemosorbtsion turdagi: anodli yoki faolsizlantiruvchi, katodli, aralashgan anod-katodli, ekranlovchi (adsorbtsion) ta’sirli.
Ingibitor samaradorligi himoya darajasi Z (% da) va tormozlanish koeffitsienti γ (ingibitor samarasi) bilan baholanadi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
(22.1)
Bu yerda -K1 va K2 [g\(m2∙soat)] - metalni ingibitorli va ingibitorsiz muxitda erish tezligi;
-i1 va i2 [A\sm2] gʼ ingibitorli va ingibitorsiz muxitda metal korroziyasi tokining zichligi. Toʼliq himoyada Z=100 %
-Tormozlanish koeffitsienti ingibitorni ta’siri natijasida korroziya tezligini necha marta kamayganligini ko‘rsatadi.
(22.2)
z va γ o‘zaro quyidagicha bogʼlangan.
(22.3)
(22.4)



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling