24- ma’ruza. Mavzu: Konstruksiyalarni ingibitorli himoyalash. Reja


Download 0.6 Mb.
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1370909
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
МАЪРУЗА 24

2. Polimer kukunli qoplamalar.
Asosiy usullar. Polimer kukunlarni metal yuzasiga solish moxiyati shundan iboratki, kukun yuzaga yopishib unda monolit himoya hosil qiladi. Kukunni himoyalanadigan yuzaga solish usuliga ko‘ra ularni qalinligi 0,2...1,5 mm bo‘ladi, ya’ni solinadigan koplama yupqa yoki qalin bo‘lishi mumkin.
Plyonkani hosil bo‘lishi sababi polimerni erish xaroratigacha qizdirilishidir va u yuzaga kukunni solish qalinligiga bog‘liq emas. Kukun qizdirilganda termooksidlovchi destruktsiya sodir bo‘ladi va polimerni termostruktirlashi (yuqori xaroratda strukturani o‘zgarishi) bo‘lishi mumkin. Shunday qilib polietilen va propilenli sopolimeretilen uchun diafen, bisalkofen va boshqa ba’zi bir samarali termostabilizatorlar kukunlarga 0,15....0,5 % (umumiy massaga nisbatan) qoʼshiladi. Termostabilizator sifatida 0,15...1 % oltingugurtdan foydalanish yaxshi natija beradi. Stabillashtirilmagan PEND (polietilen nizkogo davleniya) qoplamasi bilan qoplamani himoya xususiyatini yaxshilash mumkin. Buning uchun qoplama eritmasiga 30 s davomida mashina moyi bilan ishlov berib, soʼngra 5 minut davomida 200 oS da issiq ishlov beriladi. Termostabilizator sifatida polipropilen uchun oltingugurt va oltingugurtli brikmalar nelozon –D (1,35 %li) va boshqa moddalar ishlatiladi.
Qoplamalarni himoyalash xususiyatlari va xizmat muddati ayniqsa yupqa qatlamli qoplamalar sezilarli darajada ularni himoyalanuvchi yuzaga adgeziyasiga bog‘liq. Polimerlarni adgezion xususiyatlarini yaxshilash uchun turli usullardan foydalaniladi. Avvalom bor po‘lat yuza yaxshilab tozalanadi (kimyoviy usullar yoki suv bosimi ostida tozalanadi , sungra fosfatlanadi). Shunday qilib polipropilen pentapllasdan tayorlangan qoplamalarni suv bosimi ostida tozalangan yuzadagi adgezion mustaxkamligi 10 va 15,7 MPa ga teng, bu ko‘rsatgich fosfatlangan yuzada 19,7 va 21,5 ga teng. Alyumin va magniyli yuzalarni kimyoviy tozalagandan soʼng oksidalash tavsiya qilinadi.
Qoplamalarni adgezion xususiyatlari va mustaxkamligi ularning tarkibiga turli toʼldiruvchilar qoʼshilganda ortadi, ichki kuchlanishlar kamayadi. Bu qoplamalarni foydalanishdagi xususiyatlarini yaxshilaydi. Dengiz suvi va xom neftni transportirovka qiladigan quvurlar PEND qoplamasiga protektorli himoyani taʼminlovchi 65 % rux kukunini qoʼshiladi. Bunda adgezion xususiyat yaxshilanadi ichki kuchlanishlar 1÷6 marta kamayadi.
Polimer kukunlardan yuzaga qoplamalar berish uchun turli usullardan foydalaniladi. Bulardan keng tarqalgan ba’zi birlarini koʼrib oʼtamiz.
Gaz alangasida changitish usuli. Bu usul jihozlarni himoya qilishda ken qo‘llaniladi. U murakkab apparat va texnologiya talab qilmaydi va maydoni 20 m2 dan kam bo‘lgan jihozlarni himoya qilishda foydalaniladi. Ishni bajarish uchun UIN -4L qurilmasidan foydalaniladi. Quyida qurilmaning texnik tasnifi keltirilgan.
Soplodagi qisilgan havoning ortiqcha bosimi, MPa......................................................0,3...0,6
Qisilgan havo sarfi, m3/min..............................................................................................0,25
Atsetilenning ortiqcha bosimi. MPa...................................................................................0,5
Atsetilen sarfi, m3/sek................................................................................................8,3∙10÷3
Vmestimocht bachka, l.....................................................................................................3,25
Kukun sarfi, kg\ch..............................................................................................................2,5
Gabarit oʼlchamlar, mm.....................................................................................110÷150÷1120
Vazni kg...............................................................................................................................30




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling