24- ma’ruza. Mavzu: Konstruksiyalarni ingibitorli himoyalash. Reja


-rasm. Gaz alangasida polimer materiallarni changlatadigan qurilma


Download 0.6 Mb.
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1370909
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
МАЪРУЗА 24

22.1-rasm. Gaz alangasida polimer materiallarni changlatadigan qurilma
1- ventil 2-shlanglar, 3-ballonlar, 4-reduktor, 5-oziqlanuvchi bachok. 6-yondiruvchi 7-boshqaruv pulti.


3. Termoplast asosidagi qoplamalar.
Korroziyadan himoya qilish uchun kimyoviy jixatdan barqaror bo‘lgan materiallardan foydalaniladi. Misol uchun: polivinilxlorid, polietilen, ftoroplast, pentaplast, polipropilen poliizobutilen. Ulardan muximlarini koʼrib oʼtamiz.
PVX asosidagi qoplamalar. PVX xomashyosining nisbatan arzonligi, qoplama olishning va qoplashning osonligi, uning yaxshi fizik mexanik xususiyatlari keng tarqalishiga sabab bo‘lgan. PVX ning qattiq viniplast va yumshoq plastikat turlari ishlab chiqariladi. Viniplast kimyoviy jixatdan barqaror bo‘lishiga qaramasdan kamroq ishlatiladi. Uning asosiy kamchiligiissiq va sovuqqa chidamliligining pastligidir. Plastikat ko‘proq ishlatilishiga sabab uning yengil shakllanishi va oson payvandlanishidir. Plakstikatni metal, temirbeton, kimyoviy jihozlarni, qurilish konstruktsiyalarini, inshootlarni himoya qilish uchun ishlatiladi.
PE asosidagi qoplamalar suvda va agressiv muxitda 60 gradusgacha chidamli. Xona xaroratida PE erituvchilarda erimaydi, lekin70 gradusdan yuqorida ba’zi uglevodorodlarda eriydi. Oksidlamaydigan kislotalar (NSl, NGʼ, N3RO4 aralashtirilgan, NNO3) PE ga ta’sir qilmaydi. 60 grad dan yuqori xaroratda N2SO4 va NNO3 PE ni yemiradi. PEning kamchiligi: quyosh nuri ta’sirida eskiradi, yuklanishda yoriladi, yonadi, mustaxkamligi past. PE quvurutkazgichlar, nasoslar, ventilyatorlar va armaturalarni himoya qilishda ishlatiladi. PE dan tayyorlangan varakalar bildan agressiv suyuqliklar saqlanadigan idishlar futerovkalanadi. PE plyonkalari qurilishda ixotalovchi va quyoshdan himoya qiluvchi sifatida foydalaniladi. PE dan tayyorlangan yopishuvchi lentalar bilan quvurlar oʼralib korroziyadan himoya qilinadi.
Ftoroplast asosidagi qoplamalar kimyoviy barqarorligi bo‘yicha barcha polimer materiallardan afzallikka ega. Ftoroplastga faqatgina erigan ishqoriy metallar va elesmentar ftor ta’sir qiladi holos.
Pentaplast asosidagi qoplamalar oʼz xususiyatlari jixatdan ftoroplastga yaqin turadi Ularko‘plab erituvchilarda, ishqorlarda barqaror, ba’zi kuchli kisloalarda barqaror emas. Agressiv muxit ta’sirida mexanik xususiyatlari deyarli oʼzgarmaydi. Idishlar va apparatlar pentaplastdan tayyorlangan varaqalarda korroziyadan himoyalanadi.
Reaktoplastlar asosidagi qoplamalar. Reaktoplastlar asosidagi qoplamalar kompozitsiyasiga katalizatorlar yordamida kiritilgan ingibitorlar va qotiruvchilar himoya qilinadigan qoplamaga suspenziya, pasta, mastika, varaqa va quruq kukun sifatida beriladi.
Epoksid smola asosidagi qoplamalar. Ular tarkibidagi poliaminlar va diaminlar yordamida qotiriladi. Qotish vaqtida choʼkish uncha katta emas, qotishda zararli maxsulotlar hosil bo‘lmaydiBu qoplama juda yaxshi adgeziya va mexanik xususiyatlarga ega, agressiv muxitga chidamli. Katta gabaritdagi kimyoviy jihozlar va inshootlarni himoya qilishda ishlatiladi.
Antifriktsion qattiq moylovchi qoplama polimer qoplamalarning bir turi bo‘lib xisoblanadi. U tashqi tomondan oddiy bo‘yoqqa oʼxshaydi, lekin unda pigmentlar oʼrniga qattiq moylovchi moddaning bogʼlovchi komponentlari va eritmalari orasida teng taqsimlangan yuqori dispersli zarrachalari bo‘ladi.
Qoplamani asosini molibden ikki sulfidi, grafit, politetraftoretilen (PTFE) va boshqa qattiq moylar tashkil qiladi. Bogʼlovchi material sifatida akrilli, fenolli, poliamid , epoksid smolalar, titanat, poliuretan dan foydalaniladi.
Rossiyaning “Modenji” kompaniyasi tomonidan antifriktsion qattiq qotishmali qoplamalar, shuningdek maxsus erituvchilar va yuzalarni qoplama qoplashga dastlabki tayyorlash uchun tozalovchilar ishlab chiqariladi. MODENGY materiallari oʼrta va ogʼir yuklangan sirpanib ishqalanuvchi qismlarda (yoʼnaltiruvchilar, tishli uzatmalar, podshipniklar va x.z.) ichki yonuv dvigatellari detallarida (porshen yubkalarida, val vkladishlarida, drosselli zaslonkalarda) rezbali maxkamlovchi detallarda, quvuroʼtkazgich armaturalarida, avtomobillarning plastik va metall elementlarida (xalqalar, prujinalar, skobalar, sozlash mexanizmlari va x.z), shuningdek boshqa ishqalanuvchi juftlarda metall-metall, metall- rezina, polimer – polimer, metall-polimerda qo‘llaniladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling