4. Ingibitorli ximoya asoslari
Download 363.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Маъруза 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korroziya ingibitorlari
- Аtmosfera korroziyasi
4.Ingibitorli ximoya asoslari. 4.1. Korroziya ingibitorlarining taʼsir mexanizmi. 4.2. Ingibitorlarning katod va anod jarayoniga taʼsiri. 4.3.Nordon muxitlardagi ingibitorlarning taʼsiri. 4.4.
4.1. Korroziya ingibitorlarining taʼsir mexanizmi.
qoplama bilan qoplash buyumni yetarli darajada korroziyadan himoya qila olmagan xolatlarda korroziya tezligini pasaytirish ingibitorlar yordamida amalga oshiriladi. Korroziya ingibitorlari shunday moddaki, ularni korrozion muhitga oz miqdorda qoʼshilishi shu muhitdagi mavjud metall korroziyasi tezligini pasayishiga olib keladi. Inrgibitorli himoya korroziya bilan kurashishning aloxida usuli boʼlib alohida yoki boshqa himoya vositalari bilan birga kompleks ravishda qoʼllanishi mumkin. Xozirgi vaqtda korroziya ingibitorlarini qoʼllash koʼlami ortdi: ular buyumlarni zaharlab tozalovchi sexlarda (zaxarlovchi ingibitorlar), mashinasozlik va priborsozlikda, (vaqtinchalik himoya vositalari va uchuvchi ingibitorlar), neft kimyosida ( neftni qayta ishlash jarayonlari uchun ingibitorlar, moy va yoqilgʼilarga qoʼshimchalar), kommunal xoʼjalikda ( (suv aylanish tizimi uchun ingibitorlar), oziq ovqat sanoatida (sterillash va pasterizatsiyalashda metall buyumlarni ximoyalash uchun ingibitorlar) va x.z.
Korroziyaga qarshi qoʼshimchalar –ingibitorlarning asosiy vazifasi metall va qotishmalardan tayyorlangan detal va buyumlarni korrozion yemirilishdan himoyalashdir. Metal buyumlardan foydalanish davomida va ularni saqlashda korroziyaga va yemirilishga uchraydi.
Qoʼshimchasi yoki ingibitor qoʼshilmagan neft moylari metallarni uzoq vaqt va ishonchli ravishda korroziyadan himoya qila olmaydi. Shuning uchun xam neft moylari tarkibiga moyda eriydigan organik moddalar: moy tarkibiga metall yuzalarini agressiv muhit taʼsiridan ximoyalovchi korroziyaga qarshi qoʼshimchalar (korroziya ingibitorlari) va atmosfera taʼsiri sharoitida metall korroziyasiga qarshilik koʼrsatuvchi (atmosfera korroziyasi ingibitorlari) qoʼshimchalar qoʼshiladi.
ISO 8044-1986 standarti boʼyicha korroziya ingibitorlari deb, korrozion tizimda yetarli kontsentratsiyada boʼlib, xar qanday korrozion reagentni kontsentratsiyasini uncha muxim boʼlmagan oʼzgartirish bilan korroziya tezligini pasaytiruvchi kimyoviy birikmaga aytiladi. Kimyoviy birikma kompozitsiyasi xam korroziya ingibitori boʼlishi mumkin. Korrozion muxitda ingibitor miqdori uncha katta boʼlmasligi kerak. Korroziyaga qarshi qoʼshimchalar – ingibitorlarning bir necha xil turlari mavjud. Kelib chiqishi boʼyicha: -tabiiy-asosi tabiiy azot, naften kislotalari, smola va shu kabilar; -sintetik, oksidlanish, sulьfidlash, nitratlash, tiklanish, alkirlash va shu kabi kimyoviy reaktsiyalar natijasida olingan ingibitorlar; -suyuq muxitlarda eruvchanligi boʼyicha: suvda eriydigan, moyda eriydigan, suvda va moyda eriydigan; -ximoya mexanizmi boʼyicha: Xemosorbtsion turdagi: anodli
yoki faolsizlantiruvchi, katodli, aralashgan anod-katodli, ekranlovchi (adsorbtsion) taʼsirli.
Ingibitor samaradorligi ximoya darajasi Z (%da) va tormozlanish koeffitsienti γ (ingibitor samarasi) bilan baxolanadi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi
(4.1) Bu yerda -K 1
2 [g\(m
2 ∙ soat)] - metalni ingibitorli va ingibitorsiz muxitda erish tezligi; -i 1
2 [А\sm
2 ] gʼ ingibitorli va ingibitorsiz muxitda metal korroziyasi tokining zichligi. Toʼliq ximoyada Z =100 % -Tormozlanish koeffitsienti ingibitorni taʼsiri natijasida korroziya tezligini necha marta kamayganligini koʼrsatadi. (12.2)
Z va γ oʼzaro quyidagicha bogʼlangan.
(4.3) (4.4)
Qoʼshimchalarning metalldagi korrozion jarayonga taʼsir mexanizmini oʼrganish uchun aminli boratlarning taʼsirini koʼrib oʼtamiz. Metallar korroziyasi tashqi kuchlar taʼsiri ostida elektrokimyoviy tabiatga ega boʼlib, qoʼshimchalarning taʼsir mexanizmi qoʼyidagicha boʼladi: metallarni yemiruvchi anod va katod jarayonlarini tormozlanishi, metall yuzasidan suv (elektrolit) ning siqib chiqarilishi, va neftmaxsuloti tarkibida suvni ushlab turishi.
Maxsulot –metall tizimidagi dvigatel detallari korroziyasi aralash mexanizm boʼyicha amalga oshadi. Korroziyaga qarshi qoʼshimchalar metall yuzasida mustaxkam inert ximoya plyonkasi xosil qilib metallni korrozion faol muhit bilan aloqasini uzadi, uni elektrokimyoviy potentsialini oʼzgartirib korroziyani oldini oladi. Metall yuzasida plyonka oddiy adbsorbtsiya yoki xemosorbtsiya natijasida
xosil boʼladi. Qoʼshimchani metall bilan aloqasidan kelib chiqib, qoʼshimchalar xemosorbtsion va kimyoviylarga boʼlinadi.
Xemosorbtsion turdagi qoʼshimchalar amino-, amido-, imido-, nitro kabi uzun alkil zanjirli molekulalar va qutibli gruxlardan iborat. Qoʼshimchalar metall yuzasida zich qatlam xosil qilib adsorbtsiyalanadi.
Moy tarkibidagi korroziyaga qarshi qoʼshimchalar adsorbtsion-desorbtsion muvozanat asosida plyonka hosil boʼlishi uchun yetarli darajada boʼlishi kerak.
Ingibitorlar ikki xil yoʼl bilan taʼsir qiladi: faol yuza maydonini kamaytiradi yoki korrozion jarayonni faollik energiyasini oʼzgartiradi.
Ingibitorning adsorbtsiyasi natijasida ikki qavatli elektr qatlamini strukturasi va shu bilan birga Ψ2 potentsialning adsorbtsion irgʼishi oʼzgaradi. Ingibitor yoppa plyonkasini yuzasini (Θ) bir qismini ekranlashtirish, u (1- Θ ) yuzada kechadigan korrozion jarayonga yoʼl qoʼymaydi.
Katod va anod ingibitorlar mos keluvchi elektrod reaktsiyalarni sekinlashtiradi, aralashgan ingibitorlar ikkala reaktsiyalardagi korroziya tezligini oʼzgartiradi. Metal yuzasida adsorbtsiya va ximoya qatlamini shakllanishi ingibitor zarrachalari zaryadi va yuza bilan kimyoviy aloqa bogʼlash xususiyati bilan bogʼlangan.
Katod ingibitorlari katod reaktsiyalarni yoki metalni faol erishini sekinlashtiradi. Lokal korroziyani bartaraf qilish uchun anion ingibitorlari samaraliroq. Koʼp xollarda metalni yaxshi ximoya qilish uchun turli qoʼshimchalari boʼlgan ingibitorlar kompozitsiyasidan foydalaniladi. Bunda quyidagilarni kuzatish mumkin:
-addivtiv taʼsir, bunda aloxida tashkil qiluvchilarning ingibirlovchi samarasi aralashmasi qoʼshiladi. - antogonizm, komponentlardan birining boshqa komponentni ingibirlovchi samarasini pasaytirishi. -sinergizm,kompozitsiya komponentlari bir birini ingibirlovchi xususiyatlarini kuchaytiradi.
Ingibtorni korroziyaga taʼsirini korrozion jarayon tezligini ingibitor bor va ingibitor yoʼq muxitdagi koʼrsatgichlarini solishtirib koʼrishdan iboratdir.
Ingibitorlarni korroziyaga taʼsiri mexanizmini oʼrganishning usullaridan biri polyarizatsion ( anod va katod) egri chiziqlarni chizishdir. 12.4 rasmda ana shunday egri chiziqlar kislotali korroziya uchun keltirilgan.
4.1 rasm. Ingibitor samarasini tushuntirish uchun polyarizatsion egri chiziq. А 1 va А 2 anod polyarizatsion egri chiziqlari. K 1
2 katod polyarizatsion egri chiziqlari ingibitorlar (K 1 va А
1 ) yoʼqligida va ingibitorlar (K 2 va А 2 ) borligida.
Korrozion jarayonning etaplaridan birini ingibitor tomonidan tormozlanishi qutiblanishni ortishiga olib keladi. Ingibitor taʼsiri qancha katta boʼlsa, unga mos keluvchi polyarizatsion egri chiziq shuncha tik yoʼnalgan boʼladi. 4,4 – rasmda yarim logarifmik koordinatalar oʼqida kislotalarda ingibitorlar yoʼq va bor xolatlar uchun katod va anod polyarizatsion egri chiziqlar keltirilgan. Polyarizatsion egri chiziqlarning biridan olingan xulosalarni (Ekstropolyatsiya) boshqa polyarizatsion egri chiziqning boshqalariga tatbiq kilish korroziya potentsiallari Е кор1 vа Е
кор 2 va
korroziya tezligi i кор1
ва i кор2
ni aniqlash imkonini beradi. Bu qiymatlarni solishtirish shuni koʼrsatadiki, Yekor ingibitorni mavjudligi qiymatlarni musbat tomonga siljitadi va korroziya tezligi esa kamayadi. i кор1
ва i кор2
ni qiymatlaridan foydalanib ingibitorni samaradorligini baxolash va Z va γ ni topish mumkin.
4.2. Ingibitorlarning katod va anod jarayoniga taʼsiri.
ingibitorlarning taʼsir mexanizmi ximoya va faolsizlantiruvchi plyonkalarni xosil boʼlishi bilan anod va katod jarayonlarni tormozlashdan iborat boʼladi. Shuning uchun xam ularni anod va katod ingibitorlariga boʼlinadi. Аnod ingibitordarini faolsizlantiruvchilar xam deyiladi, chunki ularning taʼsiri korroziyaga uchraydigan yuzalarda anod uchastkalarini faolsizlantirishga asoslangan. Koʼp xollarda ingibitor sifatida neorgshanik oksidlovchilar: xromatlar, nitratlar, molibdatlar va volframatlardan foydalaniladi.Ular katod yuzalarda tiklanib oʼzini qutibsizlantiruvchi tabiati bilan anod uchastkaga tok chaqiradi (keltiradi) va bu toklarning qiymati metalni faolsizlanishiga yetadi. Shundan soʼng eritmaga korroziyaga uchrovchi metal ionlarini oʼtishi keskin kamayadi. Ishqoriy xususiyatga ega boʼlgan baʼzi birikmalar: fosfatlar, yarimfosfatlar, silikatlar, va boshqalar anod ingibitorlariga kiradi. Bu moddalar metal yuzasida kislorod mavjud boʼlganda ingibitorlik taʼsirini koʼrsatib metal yuzasiga kislorodni adsorbtsiyalanishiga yordam beradi. Bundan tashqari ular anodli erishni kamaytiruvchi ximoya plyonkasini xosil qiladi.
Аnod ingibitorlari xavfli boʼlib, baʼzi sharoitlarda korroziyani sekinlashtiruvchidan, korroziyani ragʼbatlantiruvchi xolatga oʼtadi. Bunday ingibitorlarni ximoyalovchi xususiyatini taʼminlash uchun ularni kontsentratsiyasini metal yuzasini faolsizlanishin kafolatlochi belgilangan miqdordan kamaytirmaslik kerak.
Xromatlar va bixromatlar ichki yonuv dvigatellarini sovutuvchi aylanma suvlardan ximoya qilishda ishlatiladi. Shuningdek xromatlar alyuminiy, magniy va ularning qotishmalarini neytral va ishqorli muxitlarda korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Katodli ingibitorlar katod jarayonin samaradorligini yoki katod uchastkalarda katod maydonlarini kamaytirish xisobiga korroziya tezligini kamaytiradi. Katod jarayonini samaradorligini kamayishiga kislorodli qutibsizlanishdagi korrozion muxitda kislorod miqdorini kamayishi, vodorodli qutibsizlanishda esa vodorodni oʼta kuchlanishini ortishi bilan erishiladi. Vodorodn oʼta kuchlanishini korrozion muxitga baʼzi ogʼir metallarni ASCl 3 , Bi 2 (So
4 ) 3 tuzlarini kiritish bilan oshirish mumkin. Bu metallarni kationlari katod uchastkalarida tiklanib, vodorod ajralib chiqishini sekinlashtiradi va vodorodli qutibsizlanish bilan boradigan korroziyani tormozlaydi. Katod uchastkalarni kamayishi uchun katod jarayonida katod uchastkalarida gidrooksil ionlari ortiqcha boʼlgan sharoitda katod yuzasini eritmadan ximoya qiluvchi erimaydigan maxsulot xosil boʼladi. Аna shunday smoddalardan biri Са(НСО 3 ) 2 boʼlib yuqoridagi aytilgan sharoitda CaCO 3
nisbatan kamligi xam shu xodisa bilan bogʼlangan.
Katod ingibitorlari anod ingibitorlariga qaraganda samarasi kamroq, lekin xavfli emas. Ular korroziya tezligini ortirmaydi. Noorganik katod va anod ingibitorlari neytral va ishqorli muxitda samarali, lekin korroziya vodorodli qutibsizlanish bilan boʼladigan kuchli nordon eritmalarda ximoya taʼsirini koʼrsatmaydi. Nordon muxitlarda ingibitor sifatida zaxarlash ingibitorlaridan foydalaniladi. Zaxarlash ingibitorlari organik moddalar boʼlib ularning molekulalarida aminlar, aldegidlar, tiomochevina, merkaptanlar, fenol va boshqa shu kabi moddalar mavjud boʼladi. Ularning taʼsir mexanizmi adsorbtsion xarakterga ega boʼladi. Ular katod va anod uchastkalarida adsorbtsiyalanib, vodorod ionlari razryadiniva metalni ionlanishreaktsiyalarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ular statsionar potentsial qiymatini amalda oʼzgartirmay korroziya tezligini sezilarli kamaytiradi. Bunday ingibitorlar poʼlatlarni kislotalardagi okalina va zanglarni yoʼqotishda poʼlatlarni zaxarlash uchun ishlatiladi. Ularni eritmalarga qoʼshilganda oksidlar shikastlanadi metal esa shikastlanmaydi.
4.3. Nordon muxitlardagi ingibitorlarning taʼsiri. Koʼpchilik ingibitorlar uchun agressiv muxit xaroratini koʼtarilishida dastlab ingibitor samarasini koʼtarilishi , soʼngra maʼlum xaroratdan soʼng uning pasayishi kuzatiladi. Bunday bogʼliqlik ingibitorlar adsorbtsiyasi tabiatining oʼzgarishi bilan tushuntiriladi.
Rasm 4.2. Ingibitor samarasining xaroratga bogʼliqligi.
koʼtarilishi bilan kimyoviy adsorbtsiyaga oʼtadi. Xaroratni keyingi koʼtarilishida ingibitor samarasini pasayishi korroziyaga uchrovchi metal yuzasidan ingibitorni desorbtsiyalanishi sabab boʼladi. Koʼplab ingibitorlar uchun ingibitor samarasining maksimumi 60...80 grad. da erishiladi. Ingibitor va agressiv muxit kontsentratsiyasi ortganda xarorat maksimumi qiymati ortadi. Xarorat maksimumi qiymati boʼyicha ingibitorlarni yuqori xaroratli (t max > 60-80
0 C) va past xaroratlilarga (t max > 60-80
0 C)
boʼlinadi.
Turli ingibitorlarning birgalikdagi taʼsiri tadqik qilish shuni koʼrsatadiki, ingibitorlarning birgalikdagi taʼsiri oʼrganilganda quyidagilar maʼlum boʼldi: Samarani oʼzaro kuchayishi (ximoya taʼsiri sinergizmi), addivtivlik va oʼzaro kuchsizlanish (ximoya taʼsiri antogonizmi)
Rasm 4.3. Turli ingibitorlarning birgalikdagi taʼsiri Tadqiqotlarga koʼra ingibitorlarning birgalikdagi taʼsirida quyidagi xollar boʼlishi mumkin: Ximoya taʼsiri sinergizmi, addivtivlik va oʼzaro pasayish ( ximoya taʼsiri antogonizmi). Аddivtiv ximoya taʼsiri kimyoviy tuzilishi oʼzaro yaqin boʼlgan birikmalarda yuzaga keladi. Misol uchun jelatin va fibrina oqsillari aralashmasi, aldegid, -atsetaldegid va formaldegid. Аntogonistik taʼsir timochevin va nikotin, anilin va surma xloridlarida va shu kabi brikmalarda uchraydi. Sinergetik samaraga ega boʼlgan ingibitorlarni ishlab chiqish muxim axamiyatga ega. Bunday xolatda ximoya taʼsirini kuchaytirishni ikki yoʼli mavjud: -ingibitorni boshqa birikmalar bilan ximoya taʼsirini kuchaytiruvchi kompozitsiyani xosil qilish; - bu moddaning molekulasiga kiritilgan zaryadlarni miqdori bilan farq qiluvchi geteroatomlarni kirgizish. Misol uchun azot, kislorod, fosfor. Birinchi xolatda molekulalar aro sinergizm boʼlsa, ikkinchi xolatda molekula ichidagi sinergizm vujudga keladi.
Molekulalararo sinergizmda organik azotli korroziya ingibitorlarning ximoya taʼsirini uglerodli poʼlatlarning nordon muxitlardagi korroziyasida neorganik anionlar Cl-, Br-, I-, CNS-, HS- kirgizish bilan ortirish mumkin. 3MH 2
4 brikmasi ingibitor samarasini yuzlab marta oshirish mumkin.
Molekula ichidagi sinergizmni moxiyati shundan iboratki, ingibitor molekulasiga bir yoki ikki funktsional guruxli geteroatomlar kirgizishdan iborat. Bu xolda bitta gruppa atomlari anion va ikkinchi gruppa atomlari kation boʼladi.
Ingibitor kontsentratsiyasi uning ximoya xususiyatlariga taʼsir qiladi. Kontsentratsiyani ortishi ximoya taʼsirini ortiradi. Lekin baʼzi xollarda ingibitor kontsentratsiyasini maʼlum chegaradan ortishi yoki kamashiyi korroziya tezligini ortishiga sabab boʼladi va ingibitor korroziyaning stimulyator i boʼlib xisoblanadi. Rasmda korroziya tezligini nordon muxitlarda umumlashgan grafigi keltirilgan. Grafikda uchta uchastkani koʼrish mumkin. 1. Ingibitorlarni past kontsentratsiyadagi stimullovchi taʼsiri. 2. Ingibirlovchi taʼsir xududi. 3 . Katta kontsentratsiyadagi taʼsir xududi.
4.4. Korroziya ingibitorlarining asosiy turlari
Noorganik ingibitorlar. Koʼplab noorganik moddalar agressiv muxitlarda metal korroziyasini sekinlashtirish xususiyatiga ega. Bu birikmalarning ingibirlovchi taʼsiri ularda kationlarni ) yoki anionlarni mavjudligiga bogʼliq.
Noorganik katod ingibitorlari katod jarayoni qayta kuchlanishini ortirish va katod uchastkasini maydonini kamaytirish xisobiga metallar korroziyasi tezligini kamaytiradi.
Ekranlovchi (ximoyalovchi) katod
ingibitorlari bu
birikmalar mikrokatodlarda erimaydigan birikmalar xosil qilib, ular izolyatsiyalovchi ximoya qatlami boʼlib xisoblanadi. Temirning suvdagi eritmasi uchun ZnSO 4 , ZnCl 2
Ca(NCO 3 ) 2 brikmalari temirning suvdagi eritmalarida ekranlovchi katlod ingibitori boʼlishi mumkin. Bikarbonat kaltsiy Ca(NСO 3 )
eng arzon ekranlovchi katod ingibitori boʼlib suv tizimida ishlaydigan poʼlatlarni ximoya qilish uchun ishlatiladi. Bikarbonat kalьtsiy ishqoriy muxit ostida erimaydigan brikma СaСo 3 xosil qilib, metalni elektrolitdan ximoya qiladi.
Katod jarayoni qayta kuchlanishini kuchaytiruvchi katod ingibitori vodorodli qutibsizlanish bilan boradigan korroziyada qoʼllaniladi. Ingibitor sifatida baʼzi ogʼir metallarni ( AsCl 3 , Bi( SO 4 ) 3 ) kationi bor tuzlardan foydalaniladi. Poʼlatlarda bu metallar kontaktidan choʼkish xosil boʼlib, natijada vodorodni qayta kuchlanishi ortadi. Rasmda As 2 O 2 uncha koʼp boʼlmagan miqdorini (0,045 % mishyak xisobida) uglerodli poʼlatning oltingugurt kislotasidagi korroziyaga taʼsiri keltirilgan. Noorganik anod ingibitorlari metal yuzasida yupqa (~ 0,01 mkm) plyonka xosil boʼlib metalni eritmaga oʼtishini toʼxtatadi. Plyonka xosil qiluvchilar va oksidlovchi kimyoviy birikmalar korroziyani anodli sekinlashtiruvchilar guruxiga kirib, ular passivatorlar deyiladi. Katodli- anodli ingibitorlar, misol uchun KJ, KVr, ingibitorlari kislota eritmalarida metal yuzasida xemosorbtsion qatlam xosil boʼlishi hisobiga anod va katod jarayonlarini teng darajada tormozlaydi.
Plyonka xosil qiluvchi ingibitorlar yuzada fazaviy yoki adsorbtsion plyonka xosil qilib metal yuzasini ximoya qiladi. Ularning qatoriga NaON, NaSO3 va fosfatlar kiradi. Fosfatlar poʼlatlarni xoʼjalik va kommunal suv quvurlarini ximoya qilishda ishlatiladi. Fosfatlar bor joyda metal yuzasida plyonka xosil boʼladi. U temir gidrooksidi va zichlangan temir fosfatidan iborat boʼladi. Ximoya samarasini katta boʼlishi uchun koʼp xollarda fosfatlar yarim fosfatlar bilan birga ishlatiladi.
Faolsizlantiruvchilar (passivator) metal yuzasida oksid plyonkalarni xosil qilish sharofatiga anod reaktsiya tormozlanadi. Bu reaktsiya faqatgina faolsizlanishga moyil boʼlgan metallardagina boʼlishi mumkin.
Faolsizlantiruvchilar yaxshi, lekin xavfli ingibitorlar boʼlib xisoblanadi. Notoʼgʼri tanlangan kontsentratsiyada Sl- ionlari mavjud boʼlsa yoki mos kelmaydigan kislotali muxitda ular metaldagi korroziyani tezlashtirib, juda xavfli boʼlgan nuqtaviy korroziyani keltirib chiqarishi mumkin.
Natriy va kaliyni xromat va bixromatlari sanoatni suv tizimida temir, ruxlangan poʼlat, mis, latun va alyuminiyni korroziya ingibitorlari sifatida ishlatish mumkin. Temir uchun xromatlarni taʼsiri quyidagicha yoziladi. Oksid plyonkani 25 % ni Cr2O3 va 75% ni Fe2O3 tashkil qiladi.
rN 5 dan katta boʼlganda nitritlar koʼplab metallarda (rux va misdan tashqari) ingibitor sifatida qoʼllaniladi. Ular zang bor joyda samarali va arzon.
Nitritlarning ximoya taʼsiri yuzada oksid plyonkasini xosil boʼlishi bilan bogʼlik. Plyonka quyidagi tenglama boʼyicha xosil boʼladi. Silikatlar katod vva anod reaktsiyalarining tezligini kamaytirib ingibitorlarning aralash taʼsir qiladigan turiga kiradi.
Silikatlarning umumiy formulasi – xSiO2 ∙ Me2O. Silikatlar taʼsiri suvda erigan uglekisliy gazni neytrallash va metal yuzasida ximoya plyonkasini tashkil qilishdan iborat. Organik ingibitorlar. Koʼplab organik brikmalar metal korroziyasini sekinlashtirish xususiyatigsha ega. Organik brikmalar – aralash taʼsir etuvchi ingibitorlardir, chunki ular xam anod va xam katod reaktsiyalariga taʼsir qiladi. Аtmosfera korroziyasi ingibitorlari Аtmosfera korroziyasi –bu elektrokimyoviy jarayon boʼlib, metal yuzasida kondensatsiyalanadigan yupqa nam plyonkada amalga oshadi. Maʼlumki bu korroziya kislorodli qutibsizlanish bilan amalga oshadi. Shuning uchun xam neytral va ishqoriy eritmalarda ishlatiladigan xamma faolsizlantiruvchilar atmosfera korroziyasi ingibitorlari boʼlib xisoblanadi. Ular uchmaydigan (neletuchiy) va uchadigan (parofazniy) turlarga boʼlinadi.
Kontakt ingibitoorlar metalni yuzasiga yoki taxlangan (upakovochniy) material yuzasiga solinadi. Kontakt ingibitorlar metal yuzasi bilan taʼsirlanib unda yuqori ximoyalovchi xususiyatga ega boʼlgan faolsiz plyonka xosil qiladi. Metal bilan kontaklanuvchi ingibitor plyonka mexanik zararlanganda toʼxtovsiz ravishda faolsizlantiruvchi plyonkani yangilanishini taʼminlaydi. Kontakt ingibitorlar eritmalarga nisbatan ikkita katta guruxga boʼlinadi: suvda eriydiganlar va moyda eriydiganlar. Suvda eriydiganlarga nitrit natriy, molibden kislota tuzlari va boshqa shu kabi brikmalar kiradi. Bu ingibitorlar foydalanishga qulay, polimerlar bilan yaxshi aralashadi. Ularning kamchiligi: suvda yuvilib ketish extimoli katta va buning natijasida atmosfera taʼsiriga bardosh beraolmaydi. Moyda eriydigan ingibitorlarga АKOR prisadkasi , yogʼli kislota amidlari, sulfidlangan va nitratlangan moy va boshqa brikmalar. Moylarning suv yuqtirmasligi bu ingibitorlarning suvda va suvli eritmalarda yuqori barqarorligini , ularni qutibsiz polimerlar bilan yaxshi qoʼshilishini taʼminlaydi. Bunday ingibitorlar atmosfera taʼsiriga oʼta mustaxkam. Baʼzi ingibitorlar suvda va moyda eruvchan. Misol uchun: MSDА-1, MSDА-2, VITАL. IKS-1.
Suvda eriydigan ingibitorlar suvda maqbul darajada erish kerak. Yuqori eruvchanlik plyonkalarni toʼsiqlik xususiyatlarini kuchsizlantiradi, suvni diffuziyasini yengillashtiradi, ximoyani davomiyligini qisqartiradi, eruvchanlikning ozligi faolsizlantiruvchi agentning kerakli kontsentratsiyasini taʼminlamaydi.
Moyda eruvchi ingibitorlar yuqori xaroratda parchalanishi va chaqnashi, optimal qovushqoqlikka ega boʼlishi kerak. Yuqori qovushqoqlik ingibitorni metalni ximoyalanadigan yuzasiga borishini qiyinlashtiradi.
Uchuvchi ingibitorlar –gaz yoki bugʼ fazasida metalni ximoya qilish xususiyatiga ega. Ular bugʼning yuqori egiluvchanligi, atmosfera xavosini tezda egallashi bilan xarakterlanadi va metal yuzasida adsorbtsiyalanib uni atmosfera korroziyasidan ximoyalaydi. Foydalanilayotgan birikma turiga bogʼliq xolda, xosil boʼlgan ximoya plyonkasi yoki ingibitor bilan faolsizlanishi sababli metal yuzasini xavoni agressiv taʼsiridan ximoyalaydi. Foydalaniladigan birikma turiga bogʼliq xolda metall yuzasi ximoya plyonkasi yoki ingibitorning faolsizlantirish sharofati bilan xavoning agressiv taʼsiridan ximoyalanadi.
Uchuvchi ingibitorlardan foydalanish buyumni yuzasini yaxshilab tozalashni va ximoya qilinadigan buyum atrofidagi xavoni eng oz darajaga tushirishni talab qiladi. Bu buyumni maxsus qogʼozga oʼrashpolimer materiallardan tayyorolangan karton korobkalarga, yashiklarga va x.z. joylash bilan amalga oshiriladi. Uchuvchi
ingibitorlardan foydalanish murakkab metalkonstruktsiyalarni yetib borish qiyin boʼlgan, korroziyaga qarshi ximoyaning boshqa usullarini qoʼllash samarasiz boʼlgan joylarda ishlatish qulay.
Saqlash va transportirovka qilish sharoitiga va oʼrashga bogʼliq xolda uchuvchi ingibitorlar metal buyumlarni bir necha oydan ikki yilgacha ximoya qiladi. Taxminan 7 gr ingibitor 1m2 oʼrovchi qogʼozdayoki 2...3 gr ingibitor 1m3 xajmdagi oʼramda yaxshi samara beradi. Uchuvchi ingibitorlar qatoriga koʼplab tarkibiga alifatik va aromatik aminlari geterotsiklik azotli birikmalar, va ularning tuzlari, xamda baʼzi bir noorganik birikmalar kiradi. NDА, MSDА-1, G-2, va boshqalar. Ingibtor qoplamalar va moylar Mashinasozlikda va sanoatning boshqa soxalarida ingibitor qoplamalar va moylar konservatsiya uchun qoplama va plyonka xamda metal buyumlarni oʼrash uchun ishlatiladi. Ularni yordamida metallarni korroziyadan ximoya qilishning kombinatsiyalashgan usullari amalga oshiriladi. Bu xolda polimer asos tarkibiga suvda yoki moyda eriydigan kontakt ingibitorlar kiritiladi. Ingibitorlarni metal yuzasiga kiritishagressiv muxit orqali yoki ingibitorning material xajmiga diffuziyasi orqali amalga oshiriladi. Ingibitor surkamalarni moy, xayvon yogʼi,mum va vazelindan tayyorlanadi. Ular nisbatan arzon, metal yuzasini qoplash oson. Moylarni korroziyaga qarshi ximoya sifatida ishlatishda ximoya yuzasiga ortiqcha talab quyilmaydi, ular barqaror saqlanadi va saqlanish davomida agressiv muxit xosil qilmaydi. Ingibitor surkamalarning asosiy kamchiligi-plyonka mustaxkam emas.
Surkamalarning quyuk (konsistent) va suyuq turlari mavjud. Quyuq surkamalar – mineral moylar boʼlib, ular sovun, yogʼ kislotalari, polimerlar, neftni qayta ishlash maxsulotlari qoʼshilib quyuq xolga keltirilgan. Quyuq surkama qatlami metalga xavova suv kirishiga yoʼl quymasdan korroziya jarayonini sekinlashtiradi. Bunday surkamalar faqat quruq yuzaga beriladi. Аgar mpetalda namlik boʼlsa, surkama ostida xam korroziya jarayoni toʼxtamaydi. Quyuq moylar mashina va jixozlarni ustki tomondan konservatsiya qilishda xam qoʼllaniladi.
Suyuq surkamalar – mineral moylar boʼlib, unda korroziya ingibitorlari erigan xolda boʼladi. Ularni quyuq moylarga qaraganda surkash va tozalash oson. Bunday moylar sarfi quyuq moylarga qaraganda kam. Suyuq moylar bilan konservatsiya qilish jarayonini avtomotlashtirish oson. Ularning kamchiligi ularda tovar koʼrinishi yoʼq va konservatsiyadan yechish koʼp mexnat talab qiladi.
1. Ingibitorlar vazifasi nimadan iborat? 2. Korroziya ingibitorlarini taʼrifini ayting. 3. Ingibitor samaradorligi ximoya darajasi va tormozlanish koeffitsienti qanday aniqlanadi? 4. Korroziya ingibitorlarining taʼsir mexanizmini ayting. 5. Katod va anod ingibitorlari qanday vazifani bajaradi ? 6. Noorganik katod va anod ingibitorlari haqida nimalarni bilasiz ?
7.Аtmosfera korroziyasi ingibitorlari haqida nima bilasiz? 8. Uchuvchi ingibitorlar haqida nima bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Jarskiy I.M., Ivanova N.P., Kuis D.V,, Svidunovich N.А. Korroziya i zaщita metallicheskix oborudovaniy. M.Vыsshaya shkola. 2012. 304 s. 3.Semenova I.V., Florianovich G.M., Xoroshilov А.B. Korroziya i zaщita ot korrozii. M. FIZMАTLIT 2002 336 s. 2 Rozenfelьd L.I. Ingibitorы korrozii. Ucheb.posob. M. Ximiya.1977. 362 s. 3. Ulyanin Ye.А. Korrozionnostoykie stali i splavы. Ucheb.posob. M.Metallurgiya. 1980. -250 s. 4. Neverov А.S., D. А. Rodchenko, M.I. Sirlin. Korroziya i zaщita materialov. Uchebnoe posobie. Minsk. Vыsshaya shkola. 2007. 222s. 5. Yemelin M.I., Gerasimenko А.А. Zaщita ot korrozii v usloviyax ekspluatatsii. Moskva. Mashinostroenie 1980. 224 str. 6. Zaщita metallicheskix soorujeniy ot podzemnoy korrozii. Spravochnik. Moskva nedra 1980. 295 str. 7. Pluden V. Zaщita ot korrozii v stadi proektirovaniya. Moskva.Mashinostroenie 1980. 438 str. 8. Juk N.P. Kurs teorii korrozii i zaщitы metallov. Moskva. Metallurgiya 1976. 472 str. Internet saytlari
www.tehnology. ru 2. https://www.researchgate.net/publication/ 3. http://refleader.ru/poljgeotratybew.html
Korroziya ingibitorlari - korrozion tizimda yetarli kontsentratsiyada boʼlib, xar qanday korrozion reagentni kontsentratsiyasini uncha muxim boʼlmagan oʼzgartirish bilan korroziya tezligini pasaytiruvchi kimyoviy birikma.
kondensatsiyalanadigan yupqa nam plyonkada amalga oshadi. Quyuq surkamalar – mineral moylar, ular sovun, yogʼ kislotalari, polimerlar, neftni qayta ishlash maxsulotlari qoʼshilib quyuq xolga keltirilgan. Download 363.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling