O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e’tiborni 
raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo‘nalishlariga qaratgan. Bunday 
loyihalarni rivojlantirish yo’nalishi jiddiy iqtisodiy samaraga ega emas, ammo bu 
holat bir qator dalillar bilan asoslanishi mumkin: 
birinchidan, har qanday keng ko‘lamli rivojlanish dasturi g‘arb turidagi 
ochiq jamiyatdajamiyat tomondan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi lozim. 
Shu sababli, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bunday ijtimoiy loyihalar belgisi 
ostida boradi; 
ikkinchidan, yirik sanoatlarda raqamli texnologiyalar joriy qilish ertami-
kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 
loyihalar esa davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadi (ya’ni, 
maqsadga muvodiq narsalar aqlga muvofiq, aqlga muvofiq narsalar esa maqsadga 
muvofiqdir); 
uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarraqamli iqtisodiyotni 
ma’lum bir ko‘rinishda amalga oshirishga imkon beradigan sezilarli texnologik 
asoslarga ega bo‘ladi. Keng ko‘lamli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish 


67 
natijasidako‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga ega 
bo‘linadi, bu esa foydalanuvchi nuqtai-nazaridan texnologiyalarni takomillashtirish 
va ularni aholining keng qatlamlari uchun ochiq qilishga imkon beradi; 
to‘rtinchidan, raqamli texnologiyalarni sanoatda joriy qilish (masalan, 
ishlab chiqarishda buyumlar interneti, 3D-printerlarni ishlab chiqarishga keng 
miqyosda joriy qilish kabilar) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda 
tutilgan. “Raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish 
esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday loyihalar 
keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi. Barcha zamonaviy texnologiyalar 
uchun, ayniqsa, boshqaruv tizimi nuqtai-nazaridan shunday ko’rinishdagi 
«ijtimoiystress-test» zarurdir. Yuqorida aytib o‘tilganfikrlar va g’oyalar tufayli, 
ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit uchun muhimligi bizningcha, 
o’quvchiga ancha tushunarli bo’lgandir. Lekin ularning raqamli iqtisodiyot 
respublika dasturida qanday o‘ringa ega bo‘lishi lozimligi noaniq bo‘lib 
qolaveradi. Ilk pallada, resurslar cheklanganligi sababli, sa’yi-harakatlarni qaysi 
yo‘nalishga qaratish zarurligi haqida qaror qabul qilish zarur bo‘lishi ehtimoli 
katta, ya’ni, oldimizda ikki yo’l turibdi: ularning biri texnologiyalarni ijtimoiy 
moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy texnologik asoslarni 
ko‘paytirish yo’li. 
Halqaro rivojlanish hamjamiyatining bashoratlariga ko‘ra, yaqin yillarda, hozirgi 
kunda aksariyat tarmoqlarda yetakchi mamlakatlar yigirmataligidan o‘rin olgan 
kompaniyalarning uchdan bir qismiuning e-platformalaridan yangi servislar va 
biznes-modellar 
yaratish 
uchun 
foydalanadigan 
qayta 
qurilgan 
«eski» 
kompaniyalar va yangi da’vogarlar tomonidan jiddiy raqobat his qiladi.Taxmin 
qilinishicha, bir necha o’n yillar ichida jahon iqtisodiyoti o‘sishining industrial 
bosqichi yakun topadi va uning kelgusi rivoji «lean production» tamoyillariga
additiv, nano- va bio texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarning ko‘proq 
ta’siri ostida amalga oshirila boshlaydi. Mos ravishda, boshqaruv qarorlari ishlab 
chiqish va qabul qilish uchun talab qilinadigan axborot hajmi yana ham ortadi, 
tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha boshqaruv tuzilmasi qayta 


68 
formatlanadi, aholi va biznesning davlat organlari bilan o‘zaro aloqalari tizimida 
katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bunda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ijobiy 
yo‘nalishiga o‘tish bosqichidagi asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi: 
 elektron hukumat konsepsiyasini amalga oshirish
 transport, uy-joy kommunal hizmatlarini va boshqalarni kompleks 
axborotlashtirishga asoslanadigan «raqamli shahar» g‘oyasini hayotga 
tadbiq etish; 
 yangi texnologik avlod tovarlarining bozorda ommaviy ravishda paydo 
bo‘lishi (masalan, robotlar, 3D-printerlar, haydovchisiz avtomobillar 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling