O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Blokcheyn – bu butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan komp’yuterlarda
joylashgan katta buxgalteriya kitobi yoki jurnal (grossbux) bo‘lib, unga har bir inson yozuvlar qo‘shishi va uni istalgan vaqtda o’qishi mumkin. Blokcheyn – bu markaziy boshqaruv organiga ega bo‘lmagan xolda ma’lumotlarni internetda himoyalangan va shaffof tarzda saqlash va o‘zgartirish imkonini beradigan dasturiy mahsulotdir. Blokcheyn – tranzaksiyalar, kontraktlar, mulkdorlik hujjatlari, san’at asarlari va boshqalar haqidagi turli ko‘rinishdagi ma’lumotlar saqlanadigan bloklar zanjirini (raqamli konveerni) anglatadi. Blokcheyn – bu jamoaviy kelishuv va taqsimlangan buxgalteriya kitobi yoki jurnal algoritmi vositasida barcha ishtirokchilar orasida ishonch, javobgarlik va shaffoflikni ta’minlab beradigan texnologiya bo‘lib, tranzaksion dasturlarning yangi avlodini ishlatadi. Blokcheyn – bu ma’lumotlar bazasini tashkil etish texnologiyasi bo‘lib, internet tizimiga tayanadi va uning barcha afzalliklaridan, shu jumladan, ochiq protokoldan, shifrlashdan va hisoblash imkoniyalaridan to‘liq foydalanadi. Ushbu taqsimlangan ma’lumotlar bazasini har bir tranzaksiya bundan oldingisini o‘zgartirib yoki yo‘qotib yubormasdan, undan keyingisi yoziladigan elektron buxgalteriya kitobi bilan tenglashtirish mumkin. Bu elektron kitob aktiv, xronologik tartibda yozilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va tizim ishtirokchilari (tugunlar) orasidagi o‘zaro ishonch (konsensus) asosida ma’lumotlarni falsifikatsiya qilishdan himoyalangan. Blokcheyn – bu tranzaksiyalarning taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, uni juda katta va markazlashmagan «grossbux» bilan solishtirish mumkin. Unda internetning imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar va kattaliklar shaffof xolda himoyalanganlar va avtonom ravishda saqlanadilar. Ammo bu jarayonlarni nazorat qiladigan markaziy organ mavjud emas. Ma’lumotlar saqlanadigan kitob esa aktiv, xronologik tartibda tuzilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va taqsimlangan 76 ishonch (konsensus) asosida falsifikatsiyadan himoyalangan. Tarmoqning har bir ishtirokchisi kvazireal muhitda «grossbuk»ning aktual nushasiga ega bo‘ladi va uning tarkibidagi ma’lumotlar vaqt davomida doimiy ravishda tarmoqdagi barcha ishtirokchilararo sinxronizatsiya qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb hulosa chiqarishimiz mumkin: Uchinchi tomonni jalb etmasdan turib, tranzaksiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Blokcheyn ishonch va konsensusga asoslangan tizimdir. Blokcheyn haqiqiylik va notarizatsiyani ta’minlab beruvchi infratuzilmadir. Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib keltira olamiz: Barcha ishtirokchilar orasida taqsimlangan hisob-kitob jurnali tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr bo’ladi. Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish – blokcheyn hech qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o‘rin qolmaydi. Konsensus: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti taqsimlangan konsusning natijasi bo‘lib, u qandaydir markazlashgan tashkilotning qarori emas. O‘zgarmaslik va doimiylik: Yozuvlarni o‘zgartirish yoki yo‘qotish mumkin emas. Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik: ma’lumotlar, amallar va konsensus bir-biridan ajratilgan. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn kollektiv konsensus asosida ishlash, juda katta va ochiq hisob-kitob jurnali bilan ishlash, markazlashmaganlik va taqsimlanganlik kabi hususiytlarga ega bo’lib, tizimdagi ishonchni, shaffoflikni va umumiylikni ta’minlab beradi. Shuni ham aytish kerakki, blokcheyn faqatgina 77 bitkoin va efirium tizimlari blokcheynlaridangina iborat emas va qandaydir bittagina blokcheyn tizimi ham mavjud emas. Jahonda bir biriga bog’liq bo‘lmagan juda ko‘pchilik blokcheynlar bo‘lib, ular o‘zaro aloqada ham bo‘lishlari mumkin. Shunday qilib, blokcheynda u yoki bu amaliy dasturlar bilan ishlash bilan bog’liq bo‘lgan texnik xususiyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Blokcheyn texnologiyasi xozirgi markazlashgan boshqaruvdan farqli o‘laroq, taqsimlangan algoritmik ishonch infratuzilmasini yaratadi. Shunday qilib, blokcheyn o‘zida taqsimlangan algoritmik ishonch infratuzilmasini yoki talab bo‘yicha konsensusni qamrab oladi. Ana xuddi shunday xususiyatlari tufayli, ko‘pchilik mutaxassislar blokcheynni internet bilan solishtiradilar va natijada blokcheynning internetdan afzalligini ta’kidlashadi. Quyida ikkala tizimni solishtirish natijalari keltirilgan: Internet aloqalarni (aloqa o‘rnatishni va munosabatlarni ham) avtomatlashtirishga imkon beradi, blokcheyn esa tranzaksiyalarni avtomatlashtirib, uchinchi shaxslarni muomaladan chiqaradi. Internet markazlashmagan nashr tizimi, blokcheyn esa taqsimlangan ishonch tizimi. Internet nashr infratuzilmasi, blokcheyn esa tizimga kirish xuquqlarini tasdiqlash infratuzilmasidir. Internet va blokcheynning rivojlanish davrlari 1994-2015 yillarni o‘z ichiga olgani uchun, bu davrning natijalarini quyidagi misollarda ko‘rsatishimiz mumkin: 1994 yil, Internet: Shaxslararo muloqot Avtomatik nashr Elektron tijorat Ijtimoiy tarmoqlar 2015 yil, blokcheyn: Markazlashmaganlik Ishonch Qiymatga ega bo‘lgan narsalar bilan vositachilarsiz oldi-sotti qilish 78 Shunday qilib, Internet va blokcheyn o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik yo‘k, bu yerda faqat texnologiyalar rivojlanishidagi farq mavjud, xolos.Blokcheynni yaratish va ishlatish uchun reestr (bloklar qatori, masalan, bitkoin), himoya uchun esa kalitlar vositasida shifrlash, konsensus asosidagi algoritm va bir rangli P2P (peer-to-peer) tarmoq (ya’ni, ishtirokchilar bir xildagi xuquqqa ega bo‘lgan markazlashmagan kompyuter tarmog’i) kerak bo‘ladi. Endi sizning bu tizimga ishtirokchilarni qo‘shishingiz blokcheyn tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan elementlar hisoblanadai. Misol sifatida bitkoinning blokcheynini olamiz va uning misolida blokcheynning xosil bo‘lishi, uning asosiy prinsiplari va ishlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Bunda blokcheynning ishlashini to‘rt bosqichga bo‘lgan xolda o‘rganib chiqamiz: Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling