2021-yilda 67029 mlrd. so’mni
tashkil qilgan, 2022-yilda 78378 mlrd. so’m bo’lgan. 2022-yil 2021-yilga nisbatan 16.9 barobarga oshgan. Tahlil natijalaridan ko‘rinib
turibdiki, respublikamiz tijorat banklarida kapital yetarliligiga qo‘yilgan talablar yuqori darajada ta’minlangan va yil sayin yuqori o’sish tempiga ega bo’lib bormoqda. Bu esa banklarning kapitali muntazam oshirilib borishidan dalolat beradi.
Bank tizimining moliyaviy holatiga baho berishda banklarning birinchi darajli kapitali ham muhim ahamiyatga ega. Chunki bankning umumiy kapitali tarkibida asosiy qismini I darajali kapital tashkil qiladi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz tijorat banklarining birinchi darajali kapitali xalqaro me’yorlardan ancha yuqoriligini quyidagi rasmni tahlil qilib ko’rishimiz mumkin.
Bunda ham biz asosan oxirgi uch yillik ma’lumotni va joriy yil I choragi ma’lumotlaridan foydalangan holda tahlil qilib chiqdik. Banklarning birinchi darajali kapitali yillar davomida o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan.
2-rasm. Mamlakatimiz tijorat banklarida birinchi darajali kapitalining miqdori6(mlrd.so‘m)
Rasm ma’lumotlariga qaraydigan bo‘lsak, tijorat banklarining I darajali kapital yetarliligi 2021-yil holatiga 59206 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil holatiga 70106 mlrd so‘mni
tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 18.4 foizga oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu esa, Bazel talablaridan deyarli ancha ko‘proq deganidir.
Demak, bank tizimida tijorat banklarining barqaror manbalar hisobidan kapitallashuviga e’tibor qaratilgan. Tijorat banklari II darajali kapital yetarliligining ham bu darajasi ularning kapitallashuv darajasini yanada oshirish istiqboli mavjud ekanligini belgilaydi. Chunki banklarning sof foydasi ikkinchi darajali kapital tarkibida turadi.
Biz quyidagi rasm orqali banklarning ikkinchi darajali kapitalini tahlil qilamiz va baho beramiz.