O‘zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Download 1,52 Mb.
bet1/31
Sana28.12.2022
Hajmi1,52 Mb.
#1071037
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
24.12.2022 kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI

АHOLI VA HUDUDLAR MUHANDISLIK MUHOFAZASI” KAFEDRASI


Binolar, inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarga bardoshliligifanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha


Uslubiy ko‘rsatma



TOSHKENT–2022

Tuzuvchilar:






A.V.Lityaga

O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi Aholi va hududlar va muhandislik muhofazasi kafedrasi boshlig‘i t.f.f.d. (PhD), dotsent mayor

Q.X.Yakubov

O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi Aholi va hududlar va muhandislik muhofazasi kafedrasi katta o‘qituvchisi t.f.f.d. (PhD), dotsent mayor

O.U.Yalgashev

O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi Aholi va hududlar va muhandislik muhofazasi kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan

Taqrizchilar:






R.I.Muxammadiyev

Toshkent shahar FVB Normativ-texnik bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik



N.Y.Maxkamov

Yong‘in o‘chirish va qutqaruv texnikasi kafedrasi professori t.f.n., professor




KIRISH SO‘ZI

Xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli ado etish uchun Davlat yong‘in nazorati organi xodimlari binolarning yong‘inga chidamliligini to‘g‘ri baholay olishilari zarur. Buning uchun ular qurilish konstruksiyalarini oddiy foydalanish jarayoni uchun ham, yong‘in uchun ham hisoblab chiqishning zamonaviy usullarini bilish kerak. "Bino, inshootlar va ularning favqulodda vaziyatlarga bardoshliligi" fanidan bajariladigan kurs ishi nazariy bilimlarni mustahkamlaydi. Me’yoriy hamda turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar bilan ishlash malakasini oshiradi.


Uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi FVV tasarrufidagi "Yong‘in xavfsizligi" mutaxassisligi va "Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan kursant va tinglovchilarga "Bostirma to‘sinlarini loyihalash va yong‘inga chidamlilik chegaralarini belgilash" mavzusida kurs ishi yozishida yordam berish maqsadida tuzilgan. Kurs ishi matni kompyuterda terilgan bo‘lishi tavsiya etiladi. Qo‘lda yozilgan kurs ishi qora yoki ko‘k rang siyohda yozilishi kerak, boshqa ranglardan esa foydalanish ruxsat etilmaydi. Tushuntirish xati A4 (297x210 mm) formatdagi qog‘ozning bir tomonida bajariladi va ustiga titul varag‘i yopishtirilgan qattiq muqova (masalan, skorosshivatel) ichiga biriktiriladi. Titul varag‘ini bajarish namunasi 1 ilovada berilgan. Bir varaqda o‘rta hisobda 30 qator matn joylashgan bo‘lishi kerak.
Kerakli grafik materiallar bevosita tushuntirish xati matnida qalam bilan chiziladi. Tushuntirish xatining ikkinchi betidan boshlab har betida tartibiy soni arab raqamlari bilan yuqori o‘ng burchakda ko‘rsatiladi.
Kurs ishi so‘z boshida berilgan jadvalga muvofiq alohida topshiriqqa binoan bajariladi. Boshida 1-jadval bo‘yicha topshiriq varianti belgilanadi. Tinglovchi va kursantlar uchun variant sonini o‘qituvchi belgilaydi.



Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling