5.2 Ta’lim dasturlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarga qo’yiladigan talablar
5.2.1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo’yicha talablar
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blok bo’yicha talablar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar» asosida belgilanadi.
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o’qitish metodikasi:
Bakalavr:
milliy g’oyaning ta’lim tizimidagi o’rni;
jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy hayotida milliy g’oya fanlarni o’qitilishining ahamiyati;
huquq ta’limining ahamiyati;
umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’limda huquqshunoslik fanlarining o’rni;
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ta’lim tizimida o’qitilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
milliy g’oya va huquqshunoslik fanlarini o’qitish metodikasining obyekti;
milliy g’oya va huquqshunoslik fanlarini o’qitish metodikasi ta’limi mazmuni, uning ta’lim turlari bo’yicha taqsimoti;
o’qitishning didaktik prinsiplari;
ushbu yo’nalish bo’yicha maktab, o’rta maxsus ta’lim tizimi uchun yaratilgan o’quv adabiyotlari tahlili;
ta’limning metod va texnologiyalari;
milliy g’oya bo’yicha ta’lim mazmunini yangilib borish, Prezident asarlarini o’rganish;
dars turlari;
o’quv-me’yoriy hujjatlarning xususiyati va mazmuni;
mustaqil ishlar mazmunini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda foydalana olishi;
milliy g’oya va huquq ta’limiga oid adabiyotlardan foydalanish;
dars-konspekt, kalendar tematik reja tuzish;
mustaqil ishlarni rejalashtirish;
o’quvchilar bilimini baholash ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |