O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet111/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Tolkott Parsons (1902–1979) – amerikalik nazariyotchi sotsiolog. Sotsiologiyada harakat nazariyasi va strukturaviy-funksional maktab asoschisi. Uning fikricha, jamiyat funksional differensiatsiya va ijtimoiy tashkil etishning murakkablashuvi natijasida "umumlashgan adaptiv (moslashuvchanlik) qobiliyatning" oshib borishi tomon rivojlanadi. Primitiv darajada differensiatsiya bo‘lmaydi. Rivojlanish evolyusiyaviy umumlashmalarning (universallarning) muntazam kengayib borish yo‘li bilan amalga oshadi. "Oraliq" davrga o‘tish yozuvning, ijtimoiy stratifikatsiyaning va madaniy legitimizatsiyaning vujudga kelishi bilan belgilanadi. "Zamonaviy " xilga o‘tish huquqiy sistemaning diniy sistemadan ajralib chiqishi, ma’muriy byurokratiya, bozor iqtisodi va demokratik saylov sistemasining shakllanishi bilan yuz beradi.
Iqtisodiy va siyosiy sistemalar differensiatsiyasini bildiruvchi "sanoat inqilobidan" so‘ng "demokratik inqilob" keladi. Bu inqilob "ijtimoiy hamjamiyatni" siyosiy sistemadan ajratib oladi. So‘ngra "ma’rifiy inqilob" (Parsonsning fikricha, u hozir AQSHda boshlangan) keladi va u ijtimoiy hamjamiyatdan tuzilmaning qayta tiklovchi sistemachasini ajratib olmog‘i kerak.
Jan Pol Sartr (1905–1980) –fransiyalik faylasuf, ekzistensializm maktabining yirik vakilliklaridan biri. U o‘zining asarlarida nemis faylasuflari–E.Gusserl, M.Xaydagger qarashlarini rivojlantirgan. Sartr o‘z qarashlarida borliqning ma’nosi va mohiyatini aniq ko‘rsatishga intiladi. Asosiy asarlaridan biri – “Borliq va hech narsa” nomli asarida inson borliq dahshatiga qarama–qarshi qilib qo‘yadi. Faqat o‘z qobiliyatiga ishonishi bois o‘zini erkin tuta oladi, o‘zining kimligini anglashga, narsadan esa hech narsaga aylanishiga ishonch hosil qiladi. YAratilgan, bilishgan hech narsa bu faqat inson erkinligi ulug‘vorligining belgisi, ramzi. Ana shu fikrlarga ko‘ra, inson nafaqat hayvonlardan, boshqa mavjudotlardan ham o‘zining “hech narsasi” bilan ustun turadi. Manashu tufayli inson hayot dahshatlaridan uzoqroq bo‘ladi, lekin "hech narsa", "borliq" kabi samarali tushuncha deb aytib bo‘lmasligini ham alohida ta’kidlaydi.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling