O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet104/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Anri Bergson(1859—1941) – Fransiya “hayot falsafasi”ning mashxur namoyandasi Anri Bergsondir. Uning fikricha, hayot mohiyatiga faqat intuitsiya orqali, ichki ovoz yordamida etishish mumkin. Ana shu intuitsiya bevosita predmetga kirib, uning individual tabiati bilan ko‘shilishadi. Intuitsiya biluvchi bilan bilinuvchini ob’ekt va sub’ekt singari bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymaydi. U hayot orqali o‘z-o‘zini anglashdir, bevosita “ko‘rish” va “payqashdir”. Shuning uchun ham Bergson xar bir ongning bevosita berilgan hayotiga qaytishga chaqiradi32.
Intellekt va intuitsiya haqidagi qarashlari Bergsonning evolyusion (tadrijiy) nazariyasida o‘z aksini topgan. Demak, hayot bu — qandaydir metafizik holatdagi jarayon bo‘lsa, “hayotiy jo‘shqinlik” esa ulkan ijodiy jarayon to‘lqinidir. Jo‘shqinlikning zaiflanishi natijasida hayot materiyaga aylanadi, ya’ni ruhsiz, jonsiz massaga, narsaga aylanadi.
Inson, Bergson fikricha, ijodiy mavjudotdir. Inson opqali “hayotiy jo‘shqinlik” amalga oshadi. Ijod qobiliyati, uningcha, irratsional intuitsiyaga bog‘liq. Bunday qobiliyatga hamma xam ega emas. Bu — xudoningtanlangan insonlarga bergan in’omidir. “Bizning tanamiz, — deydi Bergson, — bu harakat qurolidir. Ong esa, ana shu harakatni ko‘tarib yuruvchidir. Tasavvur qilish bu narsalarning ko‘zgusi emas, balki narsalarning bizga ta’sir qilishidir”33.
Inson intellekti harakat extiyojidan kelib chiqadi. Inson intellekti, bu Aflotun aytgan intellekt emas. Intellekt — bu harakatdir.
Fan faqat amaliy foydani ko‘zlaydi. Intellektda biz tirik borliqni ko‘ra olmaymiz, tayyor o‘lik maxsulotni ko‘ramiz. In­tellekt orqali olinadigan bilim nisbiydir. Faqatgina intuitsiya falsafaning vazifasini bajara oladi. Mutlaqhaqiqatga faqat intuitsiya orqali boriladi. Intuitsiya predmetning mohiyatiga kirib, u bilan birlashadi. Tirik mavjudotning xususiyati davomiylikdir, uzluksiz ijodiyotdir. Hayotiy boshlang‘ich anglashdan boshlanadi. Davomiylik anglashdan iborat. “Hayot — oqim, organizmda kechadigan bir tug‘ilishdan ikkinchi tug‘ilishgacha davom etadigan davomiylik”.
Bergson voqelikni ruhiy-poetik tarzda tushunadi. Hayot uning uchun davomiylik harakatchanlik tushunchalari orqaliochiladi. Uning fikricha, fanga hayotiylikni kiritish kerak.Hayot ikkiga bo‘linadi:
1) individlar;
2) turlar.
Bu bo‘linish hayotning ichki kuchi orqali sodir bo‘ladi. Hayot – bu, intilishdir. Uning mohiyati biron-bir shaqlni vujudga keltirib, uni rivojlantirishdan iborat. Bujihatdan inson hayotini olsak u to‘xtamas ochiq tizimdir. CHeksiz ravishda bo‘linib, rivoj topib boradi. Doimo hayotga moslashib boradi34.
Bergson fikricha, rivojlanish faqat oldinga qarab emas, balki orqaga xam ketishi mumkin. Rivojlanish qo‘shilishdan emas, balki ajralishdan iborat bo‘ladi. Demak, hayot mohiyati harakatdan ibo­rat.
Bergson hayotni harakat orqali tushungan. O‘simlikning harakatsizligi instinkt va intellektning turli elementlaridan iborat. Bergson fikricha, aqlga ham, instinktga ham qatiy ta’rif berib bo‘lmaydi. Ular yakunlangan narsalar emas. Ular doimo harakatda bo‘ladi. Ongning o‘ziga xosligi sun’iy ravishda predmetlarni vujudga keltirishdan iborat. Masalan, mehnat quroli instinkt bo‘lsa, intellekt tirik organizmga xos bo‘lgan quroldir. Intellekt onglilik mahsuli. Instinkt esa ongsizlik mahsuli.
Bergson xam evolyusiya tushunchasiga o‘z e’tiborini qaratadi. “Evolyusiya — bu oqim”, — deydi u. Hayotning ichki qonuniyati bor. Uning fikricha, bu insonning ichki kuchidir. Hayotiy ener­giya ta’sirida butun hayot rivojlanadi, deydi va fanga murojaat qiladi.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling