O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Jamiyatni modernizasiyalash va ijtimoiy demokratik taraqqiyot
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Jamiyatni modernizasiyalash va ijtimoiy demokratik taraqqiyot.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar yangilanishlar hamda modernizatsiya jarayonlari jamiyat hayotining barcha jabhalaridagi muhim ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Modernizatsiya nazariyasi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak ushbu jarayon XX asrning 50-60 yillarida shakllana boshlagan. “Modernizatsiya” so‘zi o‘zi nima? Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha modericatio, moderne – yangi, zamonaviy) – jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma-xil o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodalovchi tushuncha1. Modernizatsiya tushunchasi jamiyatni nazariy-metodoligik tadqiq etishda ishlatiladi va bu g‘oya evolyusionizm va funksionalizm ta’sirida vujudga kelgan. Dastlabki modernizatsiya dasturlari XX asr o‘rtalarida Yevropa mustamlakachilik imperiyasining inqirozi naijasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga AQSH va Yevropa olim hamda siyosatchilari tomonidan kommunistik rivojanish yo‘liga qarama-qarshi jamiyatning rivojlanish yo‘li sifatida taqdim etilgan. Unda modernizatsiya bozor qonuniyatlariga asoslangan iqtisodiyotni va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan jarayon sifatida ifodalangan. Modernizatsiya nazariyasining shakllanishida U.Rostouning “Iqtisodiy o‘sish bosqichlari” asari va T.Parsons, E.SHilza kabi olimlarning izlanishlari nazariy asos bo‘lib xizmat qildi. Modernizatsiya nazariyasi jahon ijtimoiy taraqqiyoti bilan birga doimiy evolyusion rivojlanishdagi ta’limot hisoblanadi. SHu sababli modernizatsiya paradigmasi doirasida ko‘plab nazariy-metodoligik yondashuv va ijtimoiy taraqqiyotni turli tomonlarini ifodalovchi modellar vujudga kelgan. Bunday modellarning asosiylari sifatida mutaxassislar lineor (U.Rostou, A.Organskiy, M.Levi, D.Lerner, S.Blek, N.Smelzer, SH.Eyzenshtadt va b.), ko‘pchiziqli (E.Tiriakoyana, P.SHtampki, R.Robertson, U.Bek, K.Myuller, V.Sapfa, A.Turin), aktor (T.Piraynen, T.Parsons, N.Lukman), strkturaviy (G.Terborn) modellarini e’tirof etdilar. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida, “Modernizatsiya – biron narsani yangilash, unga zamonaviy talablarga muvofiq o‘zlashtirish” deb ta’rif berilgan. Modernizatsiyada mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi.1 “Modernizatsiya” tushunchasining negizida “hozir”, “hozirda”, “darhol” ma’nolarini anglatuvchi lotincha “mado” degan so‘z yotadi . XX asr o‘rtalarida “modrenity” – “taraqqiy topgan jamiyat” tushunchasi yuzaga kelgan bo‘lib, u ijtimoiy tizimning zamonaviy yo‘nalishga o‘tish holatini anglatadi. Demak, modernizatsiya u zamonaviy talablar va didga javob beradigan o‘zgartirish, takomillashtirishni bildiradi. O‘zining tarixiy rivojlanish jarayonida modernizatsiya nazariyasi XX asrning 50-60 yillari va 70-90 yillaridan iborat ikki bosqichni bosib o‘tdi:2 birinchi bosqichda modernizatsiya “vesternizatsiya”, ya’ni turmushning barcha sohalarida G‘arbga xos asoslardan nusxa ko‘chirish sifatida tasavvur qilingan. Modernizatsiyaga nisbatan bunday tarzda yondashuv hamda Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va bir qator boshqa mamlakatlar tomonidan hokimiyatni tashkil etishning G‘arbga xos qadriyatlari va standartlarini davlat va fuqaroning o‘z milliy xususiyatlarini hisobga olmagan holda izchil o‘zlashtirish turmush sinovidan o‘tolmadi, bu esa modernizatsiya qilish konsepsiyasini yanada takomillashtirish zaruriyatini taqozo etadi. Ikkinchi bosqichda modernizatsiya nazariyasi rivojlanishida esa har tomonlama puxta o‘ylangan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish amallarini o‘zida qamrab olgan talqinlarning yuzaga kelganligi xosdir. Mazkur nazariyalarning asosiy yutug‘i jamiyatning zamonaviy turmushi bilan an’anaviylikni uyg‘unlikda olib borishdir. Bu YAponiyaning modernizatsiyani amalga oshirish borasidagi tajribasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. “YAponiya mo‘jizasi” sifatida dunyoga mashhur bo‘lgan ushbu jarayon, bir tomondan, demokratik qadriyatlar, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini qabul qilganligi, ikkinchidan, yaponiyaliklarning an’anaviy milliy qadriyatlarini saqlab qolganligi va mstahkamlaganligi bilan tavsiflanadi. Guruh ichida qat’iyat bilan rozilikka erishish, halollik, korporativ ruh va shunga o‘xshash boshqa an’anaviy unsurlar modernizatsiya jarayonining samarasini oshirishga ko‘maklashib, iqtisodiyot sohasida misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga olib keldi. So‘nggi yillarda nazariyotchilar o‘rtasida keng tarqalgan tasnifga muvofiq modernizatsiya qilish jarayonlari ikkita asosiy turga bo‘linadi: Birinchi tur – “organik” yoki “birlamchi” (misol tariqasida G‘arbiy Yevropa). U tabiiy-tarixiy xarakterga ea bo‘lib, modernizatsiya qilinayotgan jamiyatning o‘z madaniy, an’anaviy va milliy qadriyatlariga tayangan holda evolyusion yo‘l bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi tur – “noorganik” yoki “ikkilamchi”, “ergashuvchi” bo‘lib, taraqqiyotdan orqada qolgan mamlakatlarning industrial markazlar bilan ijtimoiy-madaniy aloqalarida ko‘zga tashlanadi. YAna bir manbada keltirilishicha modernizatsiya – (ing modernization – o‘zgarish, yangilanish, zamonaviylashtirish) – 1. Industriallash, sanoatlashtirish davrida agrar, tarixiy va zamonaviy jamiyatlar taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishini ifoda etuvchi ijtimoiy jarayon1. U jamiyat hayotining barcha jabhalari: iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy va ma’naviy – ma’rifiy sohaning modernizatsiya qilinishini taqozo etadi. Modernizatsiyani fransuz olimi E.Dyurkgeym ijtimoiy differensiyalashuv, nemis sosiologi M.Veber esa ratsionallashuv jarayoni sifatida talqin etadi. 2. Amerika funksionalizm maktabi vakillari tomonidan 1950-60-yillarda taklif etilgan ijtimoiy taraqqiyot modeli. Unga ko‘ra, modernizatsiya jarayonining mazmun-mohiyatini ifodalovchi asosiy omil – ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilayotgan an’anaviy qadriyatlar o‘rniga zamonaviy yondashuvlarning vujudga kelishidir. G‘arb ilmiy adabiyotida jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar mazkur yondashuvlarga tayanib, modernizatsiya bosqichidan keyingi – past modernizatsiyalashgan jamiyatga qadam qo‘ygani, unga xos xususiyatlar, muammo va ziddiyatlar atroflicha tadqiq va tahlil etilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida esa jamiyat hayotining barcha sohalarini modernizatsiya qilish modellariga asoslangan holda, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘llari izlanmoqda va amaliyotga tatbiq qilinmoqda. XX asrning 60-yillarida modernizatsiya nazariyasini o‘rgangan g‘arb olimlari “barqaror” siyosiy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning shartidir, degan g‘oyalarni ilgari surishadi. Ular barqarorlikni saqlashning turli nazariyalarini ishlab chiqishadi. O‘sha davrlardagi modernizatsiya nazariyasiga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlarda “barqarorlik omili nima?”, degan savollarga “konservativ” va “liberal” yo‘nalish vakillari o‘zlarining siyosiy qarashlariga asoslangan ilmiy xulosalarni berishadi:1 “Konservativ” yo‘nalish vakillari (S.Xantington, J.Nelson, X.Lins) aholining safarbarligi, siyosiy hayotga jalb etilganligi bilan institusionalizasiya, aholining manfaatlarini himoya qilish va ro‘yobga chiqarish uchun zarur tuzilmalar va mexanizmlarning mavjudligi o‘rtasidagi ziddiyat modernizatsiyaning asosiy muammosidir, deb hisoblashgan. SHu bilan bir vaqtda, hokimiyat institutlaridan foydalanishga ommaning tayyor emasligi, siyosiy tuzimning beqarorlashishiga olib keladi. O‘zgaruvchan sharoitlarga siyosiy institutlarning moslashuvchanligi siyosiy modernizatsiyaning asosiy vazifasidir,2 deb ta’kidlashgan. “Liberal” – yo‘nalish tarafdorlari (R.Dal, G.Almond, L.Pay) esa ijtimoiy safarbarlikni jadallashtirish va aholini siyosiy jamiyatga irlashtirish yo‘li bilan ochiq ijtimoiy va siyosiy tizimni barpo etishni modernizatsiyaning asosiy mazmuni deb tushunganlar. “Modernizatsiyaning xususiyati va rivojlanishi erkin elitalarning ochiq raqobatiga va oddiy fuqarolarning siyosiy jarayonga jalb etilganligi darajasiga bog‘liqdir”1, deb e’tirof etilgan. Qator etuk olimlarning fikricha, modernizatsiya tamadduniy, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarga ega bo‘lib, u ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarini qamrab oladi. Masalan, B.S. Starostin shunday yozadi: “Modernizatsiyaning maqsadi va ma’nosi faqat iqtisodiy o‘sishda emas, balki texnologik madaniyat, boshqaruv madaniyati, siyosiy va tamadduniy madaniyatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy madaniyat taraqqiyotining ma’lum darajasiga erishishdan iborat”.2 Demak, mazkur talqinlarning mushtarak tomoni ularning barchasida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy madaniy sohalarini takomillashtirish uchun xilma-xil o‘zgarishlar qilish asosida taraqqiyotga erishish g‘oyasining mavjudligidir. Modernizatsiyaning klassik va zamonaviy modernizatsiya nazariyalarini farqlash mumkin. Agar klassik modernizatsiya jarayonlarining maqsadi ham rivojlangan, ham rivojlanmagan devlatlarda kapitalistik munosabatlarga asoslangan iqtisodiyot va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘lsa, zamonaviy modernizatsiya nazariyalarining asosida har bir jamiyat rivojlanishida an’analarning muhim ahamiyatga ega ekanligi, kapitalistik mnosabatlar tizimini miqdoriy rivojlantirishdan sifatiy rivojlantirishga o‘tish yotadi. Bunda modernizatsiya jarayonlari jamiyatning barcha sohalarini qamrab oladi va industrlashtirish, urbanizasiya, savodxonlikning o‘sishi, jamiyatdagi farovonlik va ijtimoiy ta’minot, shuningdek, murakkab va ko‘p tomonlama kasbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.3 Xulosa qilib aytganda, modernizatsiya tushunchasining mazmun, mohiyati (o‘zida) jamiyatni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish, yangilash, zamonaviylashtirishni jamiyat hayotining barcha jabhalariga tatbiq etishda namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, davlat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi barcha sohalarda o‘zgarishlarni nazarda tutgan kompleks yondashuv orqali belgilanadi. SHu jihatdan olganda “jamiyatni modernizatsiya qilish” – turli sohalarda amalga oshirilayotgan ilg‘or o‘zgarishlar majmuidir. Demak, modernizatsiya zamonaviy talablar va didga javob beradigan o‘zgartirish, takomillashtirishni bildiradi. Modernizatsiya umuminsoniy tafakkurning yutuqlari hamda milliy madaniyat an’analari asosida quriladi, xalqning o‘z kuch-qudratiga va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchiga tayanadi. Modernizatsiya inson ongida ishbilarmonlikni, samarali xo‘jalik yuritish usullarini hamda fuqarolarning siyosiy faolliklari va madaniyatning yuksalishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonda keng ko‘lamli modernizatsiya islohotlarini amalga oshirish imkoniyati davlat mustaqilligi e’lon qilinib, ijtimoiy jihatdan bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish yo‘li tanlab olinganidan keyin vujudga keldi. Aytish zarurki, xorijiy mamlakatlarning hozirgi zamon demokratik fuqarolik jamiyatiga o‘tish borasidagi ijobiy tajribasidan foydalanish bilan bir vaqtda milliy o‘ziga xoslikka tayanish mustaqillikning dastlabki kunlarida bo‘lgani kabi, hozirda ham yurtimizda amalga ashirilayotgan modernizatsiya jarayonining muhim belgilaridan hisoblanadi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “... Mamlakatimizni isloh etish va yangilashga qaratilgan dasturiy vazifalarni bajarishda biz milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni saqlashga, xalqimizning asrlar davomida shakllangan mentalitetiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga katta e’tibor qaratdik”. O‘zbekistonning jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish sohasidagi tajribasi o‘ziga xos va betakror bo‘lib, “kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” prinsipini amalga oshirishda o‘z ifodasini topmoqda. Modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha kechadi. Ikkinchi jahon urishining tugashi, ikkita ijtimoiy tizimning bir-biriga qarshi qo‘yilishi, ozod bo‘lgan mamlakatlar – “uchunchi dunyo”ning paydo bo‘lishi va “rivojlanish yo‘li”ni tanlash imkoniyati to‘g‘risidagi aldanishlar yagona tarixiy va ijtimoiy falsafiy paradigmalarning shakllanish sharoitlari hamda eng muhim masalalarni aniqlab berdi. Modernizatsiya konsepsiyasi siyosiy qarama-qarshilik sharoitida tug‘ildi. Ammo klassik variantdagi bu konsepsiya AQSH ma’muriyati qo‘lida Sobiq Ittifoqi bilan kurashda “uchinchi dunyo” uchun o‘ziga xos siyosiy qurol bo‘lib xizmat qildi, degan fikrga ikkilanmasdan e’tiroz bildirish mumkin. XX asrning 70 yillarida shakllangan yo‘nalishni shartli ravishda “amaliy” deb belgilaymiz. Bu erda gap SHarq va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlarida liberal bozor islohotlarini o‘tkazish orqali naziryaning asosiy holatlarini qo‘llash to‘g‘risida bormoqda. Aynan shu jihat uni klassik variantda modernizatsiya nazariyasining inqiroziga asosiy sabab bo‘ldi. Misol uchun erondagi Islom inqilobi jarayonlarining yuksak pog‘onasi va bu erda Amerika diplomatiyasining mag‘lubiyati bo‘ldi. Boshqacha aytganda modernizatsiya g‘oyasining amaliyotda madaniy to‘qnashuv va zo‘rlik bilan tiqishtirish mumkin emasligi namoyon bo‘ldi. Jamiyatni rivojlantirishda madaniy omilni mensimaslik va urf-odatlar, an’analarni jadallashtirish ikkinchi e’tiroz hisoblanadi.1 Demak, modernizatsiya jarayoni doirasida har bir mamlakatda ko‘plab tub o‘zgarishlar yuz beradi, jumladan: Ijtimoiy munosabatlarning butun tizimini takomillashtirish va turmush tarzini o‘zgartirish konfliktini tartibga moluvchi va ijtimoiymunosabatlarni hal etuvchi yangi mehanizmlarning paydo bo‘lishi; Iqtisodiyot sohasida: tovar-pul munosabatlarining eng ko‘p darajada tarqalishi, ya’ni ilg‘or texnologiyalarning paydo bo‘lishi, menejerlar yoki yollanma xodimlar kasbiy ixtisoslashuvining yuqori darajaga etishi va hokazo. Modernizatsiya jarayoni turli mamlakatlarda turlicha kechib, milliy madaniyat va etika ana’nalariga tayanadi. SHuning uchun “YApon mo‘jizasi” yoki “koreys mo‘jizasi” haqida gap ketganda, taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda “yapon xarakteri”, “koreys tabiati” degan iboralarni tilga oladi, - deb takidlaydi yurtboshimiz Islom Karimov. Tabiiyki, ular bu o‘rinda, avvalo mazkur xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. YA’ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada toplangan, kamolga etgani.1 Bu esa ma’naviy modernizatsiya ko‘rinishi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. G‘arb davlatlarida standart holat kuzatilsa, SHarqda milliy urf-odatlar, an’analar asosida bu murakkab siyosiy jarayon amalga oshiriladi. Modernizatsiya jarayonlari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy sohada, ishlab chiqarishda kapital, bozor munosabatlari va texnika yutuqlari samarali foydalanishga asoslangan industrial texnologiyalarning o‘rin egallashi, iqtisodiyotning rivojlangan sanoat sektorini barpo etish va xizmatlar ko‘rsatish sohasini shakllantirish; Ijtimoiy sohada, ijtimoiy munosabatlarda tabaqalanish ko‘rinishlariga barham berish, ya’ni tenglikni qaror toptirish, ayrim individlar ongi va mustaqilligining o‘sishi, yuksak ijtimoiy moslashuvchanlik va ijtimoiy raqobatga asoslangan rivojlanuvchi jamiyatga o‘tish;2 Siyosiy sohada, sertarmoq siyosiy tizim va uning funksional ixtisoslashgan institutlarini barpo etish; fuqarolarni siyosatga jalb etishni muntazam ravishda kengaytirib borish; huquqiy davlatga xos jihatlarni va fuqarolik jamiyatining tuzilmalarini qaror toptirish: Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik siyosiy yangilanish, modernizatsiya va jamiyatni isloh etilishining asosi va kafolati hisoblanadi. Bu esa O‘zbekistonda keyingi barqaror siyosiy rivojlanish va taraqqiyotning ta’minlanishini ko‘rsatadi. Jamiyatdagi siyosiy barqarorlik va davlat siyosatining oydinligi O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi o‘ziga xos xislati, miyosiy modernizatsiya va yirik miqyosdagi demokratik qayta yangilanishlarni hamda keng investisiya faoliyatini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Siyosiy modernizatsiya sharoitlarida fuqarolik jamiyatining umumiy tan olingan prinsiplari O‘zbekistonda ketma ket va tobora izchillik bilan amalga oshirilmoqda.1 Ma’naviyat sohasida, ta’lim va ilmiy muassasalar tizimini rivojlantirish; g‘oyaviy serqirralikni qaror toptirish; ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish kabilar. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat” tushunchasi “O‘zbek modeli” tushunchasi orqali o‘zining yanada boy va konkret mazmuniga ega bo‘ldi, aniqrog‘i “demokratiya mamlakatimiz miqyosida nazariyadan amaliyotga yoki mavhumlikdan “O‘zbek modeli”ga aylandi”155. Uning ijtimoiy-falsafiy tahlilida nazariya va amaliyot birligi qonuni yotadi. O‘zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish g‘oyasi asosida yaratilgan taraqqiyotning o‘zbek modelida jahon hamjamiyati amaliy tajribasiga ham tayaniladi. Bunda mavjud ijtimoiy tartiblar va nazariy loyihalar o‘rtasidagi integratsiya qonuni namoyon bo‘ladi. Taraqqiyotning o‘zbek modelida shunday g‘oya yotadiki, shakllanayotgan demokratik jamiyatda, avvalo, siyosiy tizim va uning elementlari tubdan tadrijiy o‘zgarib, takomillashib boradi. O‘zbekiston fuqarolari amalda qonunchilik asosida halq hokimiyatini boshqarishda bevosita yoki bilvosita faol ishtirok etadi va “keng halq ommasi davlat uchun” degan shior ostida emas, balki “demokratik davlat halq uchun hizmat qiladi” (sotsialistik jamiyatda buning aksi edi) degan tamoyilning ustuvorligi asosida ijtimoiy boshqaruv amalga oshiriladi. Ma’lumki, demokratik jamiyatga o‘tish har doim ham silliq kechavermaydi. CHunki demokratik jamiyatga o‘tishda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi iste’molda bo‘lgan boshqaruv mexanizmlari barham topib, ularning o‘rniga shakllanayotgan demokratik jamiyat fuqarolarining manfaatlari, huquqi va erkinligiga mos keladigan, ularni to‘la-to‘kis ta’minlay oladigan taraqqiyotning o‘zbek modeliga asoslangan kuchli ijtimoiy-siyosiy mexanizmlar shakllantirib boriladi. Xususan, Birinchidan, iqtisodiy faoliyat ijtimoiy xayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib chiqib, birinchi navbatda, davlat siyosatini emas, xalq manfaatlarini xisobga olgan xolda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash nazarda tutiladi. Iqtisodiy taraqqiyotning talab va taklif qonunlari siyosatdan holi ravishda jamiyat mafaatlariga yo‘naltiriladi. Ikkinchidan, milliy taraqqiyotimizda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ertangi kunda katta ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda davlat bosh islohotchi sifatida, halqimiz va Vatanimiz asriy tajribalarini o‘zida mujassamlashtirgan, shuningdek, umumjahon taraqqiyoti ijobiy xususiyatlarini nazarda tutgan holda faoliyat olib borishida ko‘rinadi. Bunda jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi ijtimoiy-siyosiy tizimga bo‘lgan extiyoj qonuni yotadi. Uchinchidan, demokratik jamiyat barpo etishning o‘ziga xos hususiyati –bozor iqtisodiyotini qonunchilik asosida tashkil etishdir. SHu manoda fuqarolarning xuquq va manfaatlarini ximoya qilish xamda xalqimiz faravonligini oshirishning muhim omili bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish ko‘zda tutiladi. Bunda jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish qonuni o‘z ifodasini topgan bo‘lib, boshqaruvchi tizimning boshqariluvchi tizim manfaatlarini ifodalashi va ximoya qilishiga xuquqiy qonun jihatidan asoslanadi. To‘rtinchidan, milliy siyosat olib borishda ko‘p millatchilik, yagona Vatan tuyg‘usi, xamjixatlik g‘oyalarini, maqsadlar birligini inobatga olgan holda millati, diniy etiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar mamlakatimiz xar bir fuqarosining manfaatlarini ximoya qiladigan kuchli ijtimoiy siyosat olib borishda namoyon bo‘ladi. Bunda jamiyatning manfaatlar uyg‘unligi va ijtimoiy gravitatsiya (jipslashuv) qonunlari namoyon bo‘ladi. Zero, Prezidentimiz I. A. Karimov bu masalaga alohida e’tibor qaratib shunday degan edi: “Butun jamiyatning murakkab rivojlanish davrida manfaatlar o‘rtasidagi nizolarga e’tibor bermaslik havfli ijtimoiy xolatlarga olib kelishi mumkin”156. Beshinchidan, bozor munosabatlariga o‘tishda respublikaning o‘ziga xos shart-sharoitlarini, xalqimiz turmush tarzi, urf-odati, ananalarini har tomonlama xisobga olish, bozor iqtisodiyotiga shoshma-shosharliksiz, bosqichma-bosqich o‘tish, xar bir bosqichda kishilar ongini tayyorlab, olib borilayotgan islohotlarning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligiga ishontirish va amaliy faoliyatini ta’minlashda ko‘rinadi. Bunda jamiyat taraqqiyotining vorisiylik, tadrijiylik, moddiylik va ma’naviylik uyg‘unligi qonunlari namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash (yangilash)da quyidagi shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifa sifatida belgilandi: Birinchidan, qonun ustivorligi, fuqarolarning qonunlarga so‘zsiz itoat etishi; Ikkinchidan: boy milliy-ma’naviy merosimizga tayanish; Uchinchidan, jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish; To‘rtinchidan, kishilarning erkinligi va manfaatlarini ximoya qilish; Beshinchidan, demokratik jamiyat shakllanishi jarayonida nodavlat, notijorat tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining rolini oshirib borish; Oltinchidan, demokratik jamiyat barpo etishda mahalla ijtimoiy institutining rolini oshirib borish; Ettinchidan, demokratik jamiyat shakllanishi jarayonida axolini kuchli ijtimoiy ximoyalash va adolat tamoyilining qaror topishi. SHunga asoslanib mustaqillik yillarida jamiyatni demok-ratlashtirish, modirnizatsiyalash yo‘lida quyidagi eng asosiy amaliy ishlar amalga oshirildi: Siyosiy-xuquqiy sohada, umumxalq referendumi asosida (boshqariluvchi tizim roziligi bilan) O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti ikki palatali Parlamentga aylantirildi, Prezident va Vazirlar Maxkamasi vakolatlarining ayrimlari Parlamentga o‘tkazildi; sud xuquq tizimi islox qilindi: sud tizimi vakolatlari kengaytirildi (sanksiya berish xuquqi prokuraturadan sudga o‘tkazildi), o‘lim jazosini berish bekor qilindi; siyosiy partiyalarning faolligi kuchaytirildi, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi faoliyati erkinlashtirildi; Iqtisodiy sohada, xususiy mulkchilik ximoyasi kuchaytirildi, xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi: mahalliy banklar tomonidan imtiyozli kreditlar berish yo‘lga qo‘yildi, texnik-texnologik modernizatsiyalash amalga oshirildi; Ma’naviy sohada, ma’naviyatni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi, ma’naviyatni yuksaltirish borasida bir qator xuquqiy hujjatlar: 1994 yil 23 aprelda “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida”, 1996 yil 9 sentyabrda “Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”, 1999 yil 3 sentyabrda “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonlar chiqarildi. Bu kabi faoliyatlar jamiyat ob’ektiv taraqqiyotining nazariy va amaliy faoliyat o‘rtasidagi uyg‘unlik qonuni, moddiylik va ma’naviylik birligi, jamiyatning turli sohalarini mutanosib ravishda takomillashib borishi qonunlari asosida yuzaga kelmoqda va bu jamiyatimizning ob’ektiv ijtimoiy progress qonunlari asosida taraqqiy etib borayotganligini ko‘rsatadi. Jamiyat taraqqiyotining bu kabi qonuniyatlar asosiga qurilishi va ularning barqaror faolligini taminlaydigan ijtimoiy shart-sharoitlarning yaratilishi taraqqiyotimiz garovi bo‘lib xizmat qiladi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling