O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Jamiyat taraqqiyotining qonun va qonuniyatlari
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
Jamiyat taraqqiyotining qonun va qonuniyatlari. Ijtimoiy hayotning murakkabligi va undagi jarayonlarning xilma-xilligi jamiyat qonunlarini tasniflashning bir qancha ob’ektiv mezonlari borligini isbotlab bermoqda.
Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning vujudga kelishi, amal qilishi va rivojlanishida bir vaqtning o‘zida turli darajadagi va har xil ahamiyatga molik qonunlar namon bo‘ladi. Ularning ba’zilari butun bir jamiyatga xos jarayonlarni aks ettisa, boshqalari uning aloxida bir tizimi elementlari o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlarni ifodalaydi, uchinchi xil qonunlar esa ijtimoiy munosabatlarning faqat ma’lum turlarini qamrab oladi. Jamiyat qonunlaridan ba’zilari ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, mavjudligini ifodalasa, boshqalari esa ularning rivojlanishini belgilab beradi. Jamiyat qonunlari to‘g‘risida gap ketganda, avvalo, shuni ta’kidlash joizki, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga ta’sir qilishi ham qator qonun va qoidalarga bo‘ysunadi. Biz kundalik xayotimizda ayni bir vaqtning o‘zida tabiat qonunlarining ham, jamiyat qonunlarining ham yoki shu ikki tizim o‘rtasidagi aloqadorliklardan kelib chiqadigan qonunlarning ham ta’sirini his qilamiz. Bunday qonunlarga misol qilib noosferaning kengayib borishi qonuni, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tabiatining bir-biriga mos kelish qonuni yoki jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi qonuni va kabilarni keltirishimiz mumkin. YUqoridagi fikrlardan tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosablarni tartibga soluvchi qonunlarni tabiat qonunlariga kiritish kerakmi yoki jamiyat qonunlariga? Iqtisodiy qonunlarni jamiyat qonunlari qatoriga kiritish mumkinmi? degan savollar tug‘iladi. Bu to‘g‘rida falsafiy adabiyotda turlicha, ba’zan esa bir-biriga umuman zid fikrlar mavjud. Ijtimoiy munosabatlar orasidagi iqtisodiy jarayonlar, ya’ni moddiy ishlab chiqarish munosabatlari aloxida o‘rin tutadi, chunki iqtisodiy munosabatlar barcha ijtimoiy munosabatlar tizimiga nisbatan belgilovchi o‘rin tutadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida kishilar faqat tabiiy muhit bilan emas, balki bir-biri bilan ham o‘zaro faol va maqsadga muvofiq munosabatlarda bo‘ladilar. Demak, kishilarning o‘z extiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib bir-birlari bilan kirishadigan munosabatlari ham qator qonunlar asosida amalga oshadi. Bunday qonunlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qonunlari; ikkinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining turli tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarnibelgilovchi qonunlar. Misol qilib aytadigan bo‘lsak mulk shakllari bilan kishilarning ishlab chiqarishdagi mavqei o‘rtasidagi, mulk shakllari bilan taqsimot o‘rtasidagi munosabatlarnitartibga soluvchi kattagina guruh qonunlar mavjud. Bu turkum qonunlarga talab va taklif qonuni, mehnat unumdorligi va qiymat qonuni, tannarx va narx-navo qonunlarini kiritishimiz mumkin. Jamiyat qonunlari tipologiyasida jamiyat moddiy hayoti bilan uning ma’naviy-siyosiy hayoti o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni o‘rganish alohida diqqatga sazovordir. Bu turkum qonunlarga ma’naviyatning iqtisodiy taraqqiyotga nisbatan belgilovchilik qonuni, iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi kabi qonunlarni kiritish mumkin. Jamiyat qonunlarining yana bir o‘ziga xos turkumiga ijtimoiy ong, tafakkur, fanning rivojlanish qonunlarini kiritishimiz mumkin. YArim asrdan ortiq davr mobaynida jamiyat mafkurasi bo‘lgan marksistik falsafada ijtimoiy borliq birlamchi, ong va tafakkur esa ikkilamchi deb hisoblanib, ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatiga etarli baho berilmadi. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, inson ongi va tafakkurining rivoji ham o‘zining juz’iy qonunlariga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotida belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun nuqtai nazaridan juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyatqonunlari qotoriga jamiyatning ijtimoiy (tabaqaviy) tuzilishi, tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning shakllanishi va rivojlanishini belgilovchi qonunlarni kiritish mumkin. Bu turkum qonunlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular, birinchidan, muayyan damiyatdagi barcha insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni, ularning qanday toifalarga mansubligidan qat’i nazar, qamrab oladi; ikkinchidan, bu qonunlar jamiyat hayotining barcha tizimlariga, jumladan, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotda yuz berayotgan jarayonlarga ta’sir o‘tkazadi. Bu turkum qonunlarga: jamiyat ijtimoiy tabaqalanishining mulkiy munosabatlari bilan bog‘liqligi, turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlarining bir-biriga mos kelishi asosida ularning murosaga kelishi kabi qonunlarni kiritishimiz mumkin. Jamiyat qonunlarini tasniflaganda ijtimoiy birliklar-oila, elat, millatning kelib chiqishi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini belgilab beradigan qonunlarni, albatta, alohida turkumga ajratmoq zarur. Har qanday ijtimoiy birlik jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida shakllanib, o‘zining juz’iy qonunlari asosida rivojlanib boradi. Ushbu turkum qonunlarini aniqlash va amalda qo‘llash etnik va milliy munosabatlarni tartibga solishga, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Jamiyat qonunlari tipologiyasiga oid falsafiy adabiyotimizda shu kungacha ko‘proq markscha, ya’ni formatsiyaviy yondoshuv ustun bo‘lib keldi. SHu nuqtai nazardan, jamiyat qonunlariga ularning umumlashtiruvchilik darajasidan kelib chiqib yondoshilgan, va ular uch guruhga, ya’ni: 1) eng umumiy jamiyat qonunlari; 2) umumiy formatsion jamiyat qonunlari; 3) xususiy ijtimoiy qonunlarga ajratilgan. Bunga D.P.Zerkin, A.K.Uledov, A.SHaff keltirilgan jamiyat qonunlari tipologiyasini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Boshqa bir guruh faylasuflar, ya’ni G.E.Gleyzerman, S.I.Goncharuk, E.M.Jukov, V.P.Ilyushechkinlar esa jamiyat qonunlarini ikki guruxga, ya’ni jamiyatning mavjudlik qonunlari (buni ular statik qonunlar deb ataydilar) hamda jamiyatning rivojlanishi qonunlari (buni ular dinamik qonunlar deb ataydilar) ajratganlar. Jamiyatdagi barcha qonunlar mazmun-moxiyatiga ko‘ra iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarning vujadga kelishini hamda rivojlanishini ifodalaydi, chunki har qanday qonun muayyan shart-sharoitda voqea va hodisalar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan aloqadorlik va bog‘lanishlarni aks ettiradi. Jamiyat qonunlarini quyidagi mezonlar asosida tasniflash maqsadga muvofiq. Ushbu mezonlarga jamiyatni bir butun tizim sifatida qarash, uning turli tizimlari o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirish qonunlarni umumlashtirish kabilar kiradi va ular asosida jamiyat qonunlarini to‘rt guruhga ajratishimiz mumkin. Birinchi guruhga tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojalnish qonunlarini kiritamiz. Bu qonunlarni umumplanetar qonunlar deb ataymiz. Ikkinchi guruhga insoniyat va davlatchilik paydo bo‘lganidan boshlab hozirgacha amal qilib kelayotgan qonunlarni kiritamiz. Bu qonunlarni, umuminsoniy qonunlar deb atash maqsadga muvofiq. Qonunlarning ushbu guruhiga: ijtimoiy ehtiyojlar bilan ijtimoiy manfaatlarning o‘zaro uyg‘unligi qonuni, jamiyat moddiy hayoti bilan ma’naviy hayotining muvofiqligi va ma’naviyatning faolligi, moddiy boyliklarni yaratish va ularni iste’mol qilishning bir-biriga mutanosibligi va is’temolning faolligi kabi qonunlarni kiritishimiz mumkin. Uchinchi guruhga insoniyatning tarixiy tajribasi davomida ko‘pgina xalqlar, millatlar hayotida o‘xshash shart-sharoitda aynan bir xil amal qilgan va qilayotgan qonunlarni kiritamiz. Bu turkum qonunlarni o‘rganish asosida muayyan mamlakatlar tajribasi boshqa bir davlatlar xayotiga, amaliyotiga tatbiq qilinadi. Bu qonunlarni umumiy qonunlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Ularga misol qilib bozor iqtisodiyoti qonunlarini kelitirish mumkin. YA’ni biror-bir mamlakat o‘z iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazmoqchi bo‘lsa, albatta bozor iqtisodiyoti umumiy qonunlarining ob’ektiv talablariga bo‘ysunmoqlari kerak bo‘ladi, chunki bozor munosabatlari dastlab alohida bir mamlakat iqtisodiyoti sharoitida shakllanib, keyinchalik esa umumiqtisodiy qonuniyatga aylangan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda insoniyat yaratgan eng maqbul iqtisodiy munosabatlar majmuasi bozor qonunlari miqyosida amalga oshmoqda. Bu qonunlarga biz talab va taklif, raqobat, inflyasiya qonuni va kabilarni kiritish mumkin. Bu qonunlarning asosiy xususiyat va amaliy ahamiyati shunday iboratki ular bir qancha jarayonlarga xos bo‘lgan umumiy jixatlarni aks ettirish orqali ular o‘rtasidagi aloqadorlik, birlik va vorislikni ochib beradi. Jamiyat rivojlanishiga xos umumiy qonunlarning yana bir jixati shundan iboratki, ular barcha mamlakatlar, xalqlar rivojlanishining umumiy tomonlarini ochish, kashf qilish orqali ular o‘rtasidagi aloqadorlikni, muayyan jamiyatning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishidagi qonuniyatlarni ko‘rsatib beradi. Jamiyatning to‘rtinchi gurux qonunlariga juz’iy qonunlarni kiritamiz. Muayyan jamiyat rivojlanishining aniq bir bosqichlari, xolati to‘g‘risida to‘liq tasavvur xosil qilish uchun umumiy ijtimoiy va umumiy qonunlarni bilishning o‘zi sirli emas, chunki muayyan bir jamiyatni, undagi xodisa va jarayonlarning mazmun moxiyatini bilish avvalo, juz’iy qonunlarni bilishni taqozo etadi. Juz’iy qonunlarning o‘ziga xosligi, birinchidan, ularning amal qilish doirasi maqom va zamonda nisbatan cheklanganlikda; ikkinchidan, jamiyat rivojining faqat ayrim bosqichlariga yoki aloxida bir ijtimoiy-tarixiy jarayonlarga xos bo‘lgan jixatlarni aks ettirishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy jarayonlarning rivojlanishi, ularni bilish hamda davlat va jamiyat manfaatidan kelib chiqib ma’lum maqsadini ko‘zlab boshqarish jarayonida aynan juz’iy qonunlar amaliy jixatdan aloxida axamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini bozir munosabatlariga o‘tkazishda dasturilamal bo‘layotgan besh prinsin aynan bizning jamiyatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xos juz’iy qonunlarning talabalarini chuqur o‘rganish va ularning ro‘yobga chiqishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadini ko‘zlab yaratilgan. Juz’iy qonnlar deb umumiy qonunlarning har bir jamiyatda o‘ziga xos shart-sharoitda takrorlanmas holda namoyon bo‘lish gakllariga ham aytiladi. Masalan, talab va taklif, raqobat, qiymat, extiyoj va manfaatlar qonunlari O‘zbekiston sharoitida faqat o‘ziga xos takrorlanmas holda namoyon bo‘ladi, amal qiladi. Umuman olganda, umumijtimoiy, umumiy va juz’iy qonunlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular yakkalik, xususiylik va umumiylik nuqtai nazardan o‘zaro dialektik aloqador bo‘lib, faqat birgalikdagina amalga oshadi, namoyon bo‘ladi. Umumijtimoiy, umumiy va juz’iy qonunlarning aloqadorligi tufayli jamiyatda qonunlarning o‘ziga xos tizimi vujudga kelan. Bu tizim butun insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotini ham, aloxida bir mamlakat, xalq, millat rivojlanishini ham belgilab keladi. Qonunlar tizimi tufayli ham belgilab keladi. Qonunlar tizimi tufayli xam insoniyat jamoyasi, uning taraqqiyoti bizning tasavvurimizda bir vaqtning o‘zida ham uzluksiz, ham uzlukli tarixiy jarayon sifatida gavdalanadi. Jamiyat qonunlarini tasniflashda falsafiy adabiyotimizda shu vaqtgacha jamiyat ma’naviy xayotining o‘ziga xosligi, mazmun va moxiyatiga etarli e’tibor berilmagan. XXI asrda insoniyat sivilizatsiyasining taqdiri bevosita inson tafakkuri, aqli va ma’naviyati rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. SHu tufayli ham jamiyat qonunlarining yana bir o‘ziga xos tasnifini keltirishimiz mumkin. Bunda, birinchidan, muayyan jamiyatdagi siyosiy ong, siyosiy mafkura, shuningdek, siyosiy tashkilotlarning, ya’ni davlat, siyosiy partiyalaring vujudga kelishi va rivojlanishi qonunlarini aloxida bir turkumga ajratish, uchinchidan, axloqning paydo bo‘lishi va rivojlanish qoidalarini uchinchi bir guruxga; to‘rtinchidan, jamiyat rivojlanishida ma’naviyatning, ma’naviy hayot rivojida esa dinning tutgan joyini ochib beradigan qonunlarni aloxida bir guruxga ajratish va o‘rganish bizningcha jamiyatimizning bugungi extiyoj va manfaatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, juda amaliy ahamiyatga molik masaladir. Albatta, bu qonunlarning o‘ziga mosligini o‘rganuvchi aloxida fanlar mavjud bo‘lsada, bu qonunlar, avvalo, jamiyat qonuni xisoblanadi, so‘ngra bu qonunlarning bir guruhi ikkinchi turkum qonunlarning vujudga kelishi va amal qilishi uchun shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi. SHu tufayli ham bu qonunlarning mazmun va mohiyatini ochib berish, ularning amal qilish mexanizmini aniqlash sotsiologiya fanining vazifasidir. YUqoridagi fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, jamiyat qonunlari tipologiyasining ob’ektiv mezonlari ko‘p va xilma-xil bo‘lib, ular turli xil tasniflarni keltirib chiqaradi. Ammo bu taklif etgan tasnif hozirgi ko‘p voqeliklarni ko‘proq va to‘g‘riroq aks ettiradi. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling