O’zbekisтon respublikasi хalq тa’limi vazirligi navoiy davlaт pedagogika insтiтuтi


Yumshoqleksemasi bosh ma’noda “qo’l


Download 135.75 Kb.
bet38/46
Sana23.12.2022
Hajmi135.75 Kb.
#1047387
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46
Bog'liq
Kitob 8564 uzsmart.uz - копия (7) - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копия - копи - копия

Yumshoqleksemasi bosh ma’noda “qo’l tegsa botadigan, mayin; qayishqoq,bo’sh”( O’.T.I.L. II tom.469-bet) ma’nosini bildiradi. Mazkur birikuv (tili yumshoq)da esa bosh ma’no (qayishqoqlik, mayinlik)dan chekinib, ko’chma “birovga qattiq gapirmaydigan, dag’allik qilmaydigan; muloyim, iltifotli” ma’nosini bildiradi.
Endi shoir qoldi, u-so’z teruvchi, Tilde olqish yoki so’kish beruvchi. Qilichdan o’tkirroq bularning tili,
Yana qildan nozik xotiri, yo’li.

Har xil nozik so’zni anglay desang gar, Bulardan eshit sen so’zni sar-basar.


Dengizga kirar u dil bilan tugal,

Gavhar, inju, yoqut chiqarar misol.


(Qutadg’u bilig94-bet)


Nozik so’z” birikuvidagi ham yuqoridagi ma’no ko’chisi kabi belgi o’xshashligiga asoslanilgan. Nozik so’zining bosh ma’nosi “yuksak mahorat va san’at bilan juda bejirim qilib ishlangan; nafis, latif”( O’.T.I.L. I tom.507-bet) demakdir. Ushbu o’rinda esa mazkur leksemada bosh ma’nodagi “ buyum ” semasi chetlashtirilib, ”belgi” semasi kuchaytilishi natijasida undan ko’chma “muloyim, ma’yin va yoqimli, ma’noli, nazokatli” ma’nosi o’sib chiqqan. Bundan esa “ma’noli so’z” ma’nosi yuzaga kelgan.”Nozik” so’zida yuqoridagi “og’ir” leksemasiga nisbatan ijobiy ekspressivlik mavjud bo’lib, badiiylikni ta’minlaydi va kishini mulohaza qilishga undaydi.


Asarda ma’no ko’chishining faqatgi belgiga asoslangan usuligina emas, “bir predmetning nomi boshqa bir predemetga shakliy o’xshashlik asosida ko’chirilishi36 holati ham uchraydi:
Bu payt kech tushgan, osmon qorong’ulik pardasiga o’ralgan edi. (Qutadg’u bilig94-bet)
Ushbu o’rin(qorong’ulikpardasi)da parda so’zi ko’chma ma’noda qo’llangan, ya’ni “borliqni ko’zdan berkitib, to’sib turgan narsa” ma’nosida. Bu sema esa o’z o’rnida parda leksemasining bosh ma’nosi “ deraza, eshik va shu kabilarga ziynat yoki to’sish uchun tutiladigan buyum”( O’.T.I.L. I tom.573-bet) dan o’sib





36Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent:”To’lqin”.2005.157-bet
chiqqan. Mazkur metaforik ko’chish asosida birikmaga badiiylik bo’yog’I berilmoqda va bu mazmundorlik oshirilishiga xizmat qilmoqda.
Ko‘rinadiki, ma’no ko‘chishining metafora usulini qo‘llash so‘zning ochilmagan qirralarini ochib, uning betakror ma’nolarini namoyon etadi. Bu esa asarning badiiy-estetik qimmatini yanada boyitadi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, Y.X.Hojib o‘z asarida so‘zning ma’no semalarini yorqinroq va aniq ifodalashga harakat qilgan. Bu esa bizni yanada chuqurroq izlanishga chorlaydi va buni keyingi tadqiqotlarimizda davom ettirishga harakat qilamiz.

Download 135.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling