O’zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Abdullayeva Sarvinozning “Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik xususiyatlari“mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga Navoiy davlat konchilik instituti Ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ishlar bo’yicha dekan muovini Zokirov Bahodir
TAQRIZI
O’zbek mumtoz adabiyotida pandnoma janrining yorqin namunasi hisoblangan “Qutadg’u bilug”asarining til xususiyatlarini o’rganish nihoyatda murakkab, ayni damda xayrli ishdir. Asarda ifodalangan chuqur falsafiy o’gitlar bugungi kunda ma’naviy qiyofasi shakllangan, madaniyati yuksak, bilimdon, har tomonlama barkamol shaxslarni tarbiyalashda bebaho durdona sifatida ma’naviy merosimiz xazinasini to’ldiradi.
MagistrantAbdullayeva Sarvinozning “Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik xususiyatlari“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiYusuf Xos Hojibning so`z orqali betakror ma’no ifodalash san`ati, tasviriy vositalardan foydalanishi, so`z qo`llash mahoratiga bag’ishlanganligi bilan dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ishda mumtoz asardagi ayrim so’zlar etimologiyasi va ularning leksik xususiyatlari, shakl va ma’no munosabatiga asoslangan so’zlar, ko’chimlarning qo’llanishi, bu so’zlar vositasida yaratilgan badiiy san’atlar xususida keng ma’lumot berilgan. Muallifning nazariy fikrlari doston matnidan olingan parchalar asosida keng izohlagan.Fikrlar bayoni izchil, tahlillarda ilmiylik, uzviylik, o’zaro aloqadorlik yorqin nazarga tashlanadi.
Magistrlik dissertatsiyasida erishilgan amaliy natijalardan betakror so’z san’atkorining pandnoma ruhidagi asarlarini maktab, kollej, litseyhamda oliy dargohlarda o’rganishda, seminar- trening darslari tashkil
qilishda va ma’naviyat soatlarida qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin.
Taqrizchi: B.Zokirov
O’zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Abdullayeva Sarvinozning “Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik
Do'stlaringiz bilan baham: |