30-BILET
1.Diffuziya deb nimaga aytiladi? Gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda
kuzatiladigan diffuziya hodisasini misollar yordamida tushuntiring.
2. Jismlаrning o„zаrо tа‟siri deganda nimani tushunasiz? Kuch deb nimaga aytiladi
va qanday birliklarda hamda asboblarda o„lchanadi.
3. Tinch holatdan boshlab tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan moddiy nuqta
yo„lning birinchi 1/9 qismini 1 sekundda bosib o„tdi. U yo„lning qolgan qismini
necha sekundda bosib o„tadi?
INFORMATIKA
7-sinf
O„zbekiston Respublikasi umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 7-sinflarida
informatika fanidan o„quvchilarning bilim, ko„nikma va malakalarini aniqlash
maqsadida bosqichli nazorat imtihoni yozma shaklda o„tkaziladi. Yozma ishlarni
bajarish uchun har bir o„quvchiga bittadan bilet beriladi. Har bir biletda uchtadan
topshiriq keltirilgan.
Nazorat ishlari zamonaviy kompyuter bilan ta‟minlanmagan va ta‟minlangan
maktablar uchun mo„ljallangan.
Topshiriqlar Davlat ta‟lim standartlariga hamda 7-sinf informatika fanining
o„quv dasturiga mos holda tuzilgan.
O„quvchilar yozma ishni daftarda bajaradilar. Yozma ish topshiriqlarini
bajarish uchun 1 astronomik soat (60 minut) vaqt ajratiladi.
Informatika fani chuqurlashtirib o„tiladigan maktab (sinf) ma‟muriyati
informatika fani o„qituvchilarining metodik birlashmasi qarori bilan 7-sinf o„quv
dasturiga mos ravishda har bir biletga bittadan qo„shimcha amaliy topshiriq kiritishi
lozim. Shu sababli o„quvchilarga yechimlarni izohlash uchun qo„shimcha ravishda
yarim astronomik soat (30 daqiqa) vaqt beriladi.
Yozma ish topshiriqlari o„quvchilarning quyidagi bilim, ko„nikma va
malakalarini aniqlashni ko„zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |