36
3. Agar tog„ etagida barometr 740 mm ni, tog„ tepasida esa 440 mm ni ko„rsatsa,
tog„ cho„qqisining nisbiy balandligini aniqlang.
14 – BILET
1. O„zbekiston Respublikasida dehqonchilikning qaysi tarmoqlari yaxshi
rivojlangan. Xaritadan sholi va poliz ekinlari eng ko„p yetishtiriladigan hududlarni
ko„rsating.
2. Jizzax viloyatining tabiiy resurslari, sanoati va qishloq xo„jaligi haqida gapiring.
Xaritadan Jizzax, G„allaorol, Do„stlik shaharlari va Zomin shaharchasini ko„rsating.
3. Koordinatalari 20
o
sh.k., 40
o
sh.u. bo„lgan nuqta xaritada qaysi raqam bilan
belgilangan?
15 – BILET
1. Quyidagi geografik atamalarning lug„aviy ma‟nosini ayting: emigratsiya,
immigratsiya, shahar aglomeratsiyasi.
2. Namangan viloyati sanoati va qishloq xo„jaligining asosiy tarmoqlari haqida
gapiring. Xaritadan Namangan, Chust, Kosonsoy, Chortoq, Uchqo„rgon shaharlarini
ko„rsating.
3. Mamlakatga ko„chib kelganlar soni 250 ming kishi, ketganlar soni esa 280 ming
kishiga teng. Migratsiya saldosini hisoblang.
16 – BILET
1. Quyidagi geografik atamalarning lug„aviy ma‟nosini ayting: iqtisodiy rayon,
melioratsiya, kooperatsiya.
2. Mirzacho„l iqtisodiy rayoniga umumiy tavsif bering. Xaritadan Jizzax, Guliston,
Shirin, Do„stlik, G„allaorol shaharlarini ko„rsating.
3. Toshkent shahri (IV-soat mintaqasi) da ertalab soat 8
30
bo„lganda, Tokio shahri
(X-soat mintaqasi) da soat necha bo„ladi?
17 –BILET
1. O„zbekiston Respublikasining ko„mir sanoati va milliy iqtisodiyotda ko„mirdan
qanday maqsadlarda foydalanilishi haqida gapiring. Xaritadan Angren, Sharg„un,
Boysun ko„mir konlarini ko„rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |