O‘zbekiston respublikasi хalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
7-8 sinf oquvchilari uchun ozbek tilida
33 1. O„zbekiston Respublikasi eksport va importining tovar tarkibi haqida gapiring. Xaritadan O„zbekiston bilan tashqi savdoda hamkorlik olib borayotgan davlatlar (Rossiya, Xitoy, Qozog„iston, Koreya Respublikasi, Ukraina, Turkiya, Germaniya, Yaponiya)ni ko„rsating. 2. Qashqadaryo viloyati sanoatining asosiy tarmoqlari va eng yirik korxonalari haqida gapiring. Xaritadan viloyatning yoqilg„i sanoati va elektroenergetika markazlarini ko„rsating. 3. Vagon derazasidan qarab kelayotgan yo„lovchi Qutb yulduzini dastlab poyezdning old tomonida ko„rdi, biroz vaqtdan keyin Qutb yulduzi poyezdning o„ng tomonidagi derazaning ro„parasida paydo bo„ldi. Poyezdning qaysi tomonga burilganligini aniqlang.
2-BILET
1. O„zbekiston Respublikasi aholisining zichligi, joylashuvi va milliy tarkibi haqida gapiring. O„zbekistondagi 5ta eng katta shaharlar (Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon, Nukus)ni xaritadan ko„rsating. 2. Andijon viloyati sanoati va qishloq xo„jaligi haqida gapiring. Xaritadan mashinasozlik korxonalari joylashgan shaharlar (Asaka, Andijon, Marhamat)ni ko„rsating. 3. Samolyot Toshkentdan (IV-soat mintaqasi) Pekinga (IX-soat mintaqasi) qarab Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da uchib ketdi. Samolyot manziliga 4 soatda yetib borsa, ko„nganida Pekinda soat qancha bo„ladi?
3 – BILET 1. O„zbekiston Respublikasining tabiiy geografik o„rni, chegaralari (xaritadan ko„rsating), maydoni va tabiati (iqlim, relyef, tabiat zonalari)ning o„ziga xos xususiyatlari haqida gapiring. O„zbekiston iqlimi va tabiat zonalari mamlakatimiz bilan bir xil kenglikda joylashgan O„rta dengizbo„yi davlatlardan nima uchun farq qilishini tushuntiring. 2. Rangli metallar qanday guruhlarga bo„linadi? Qiyin erituvchan va qimmatbaho metallar guruhlariga qaysi metallar kiradi? O„zbekiston rangli metallurgiyasining yirik korxonalari joylashgan Olmaliq, Zarafshon va Uchquduq shaharlarini xaritadan ko„rsating.
3. Dengiz tubiga exolot jo„natgan ovoz to„lqini 8 sekundda borib kelgan bo„lsa, uning chuqurligi necha metrga teng bo„ladi?
4 - BILET 1. O„zbekiston elektroenergetikasi rivojlanishi va joylanishi haqida gapirib bering. Respublikamizda eliktr stantsiyalarning qanday turlari mavjud? Xaritadan Shirin, Angren, Navoiy, Taxiatosh shaharlari va Chorvoq suv omborini ko„rsating. 2. Xaritadan Qoraqalpog„istonning chegaralari va poytaxtini ko„rsating. Qoraqalpog„iston Respublikasining sanoati va qishloq xo„jaligi haqida gapiring. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ekologik sharoit qanday ta‟sir ko„rsatadi? |
ma'muriyatiga murojaat qiling