Aerodromlar va aeroportlar uchun ajratiladigan yer uchastkalari
sathining kattaligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlanadigan me’yorlar va
loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida belgilanadi.
28-modda. Aerodromlar qurish va ularni ta’mirlash
Aerodromlar va aeroportlar qurish uchun qidiruv ishlarini olib borish, ularni loyihalashtirish,
qurish va ta’mirlash hokimiyatlarning tegishli
mahalliy idoralari bilan, manfaatdor vazirliklar, davlat
qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar bilan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish
to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda kelishiladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 12-dekabrdagi 549-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi nizomning
IX bobi.
Aerodromlarni qurish va ta’mirlash, shuningdek aerodromlar rayonida sanoatga oid,
turar
joylar va madaniy-maishiy binolar qurilishi havo kemalarining shovqini,
ularning motorlaridan
chiqadigan zararli chiqindilar, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning zararli ta’sirini bartaraf
etishini hisobga olgan holda amalga oshirilmog‘i lozim.
29-modda. Aerodrom ekspluatanti
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston
Respublikasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalariga asosan o‘zga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom
egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan
boshqa asoslarga ko‘ra tegishli bo‘lgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan
yuridik shaxsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb e’tirof etiladi.
(29-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: