O‘zbekiston respublikasi havo kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Samoviy hudud suvereniteti


Download 458.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/60
Sana02.12.2023
Hajmi458.94 Kb.
#1780328
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Bog'liq
Havo kodeksi

40-modda. Reyestrdan o‘chirish 
Havo kemasi O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan quyidagi hollarda: 
a) havo kemasi foydalanishdan chegirib tashlansa yoki chiqarilsa
b) havo kemasi belgilangan tartibda chet el davlatiga, chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga 
sotilsa yoki berilsa; 
v) havo kemasi eksperimental havo kemalari qatoriga o‘tkazilsa; 
g) havo kemalarini ro‘yxatga olish tartibida nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘chirilishi 
mumkin. 
Havo kemasini O‘zbekiston Respublikasining tegishli reyestridan o‘chirish bilan kemaning 
ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma va bu havo kemasi haqidagi tegishli reyestrdagi 
yozuvlar o‘z kuchini yo‘qotadi. 

Qarang: Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2007-yil 12-
sentabrdagi 141-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va 
eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalari”ning 
17-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi 
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2005-yil 7-yanvardagi 3-sonli buyrug‘i 
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining eksperimental havo kemalarini davlat ro‘yxatiga olish 
qoidalari”ning 
26 — 29-bandlari

41-modda. Havo kemalariga qo‘yiladigan belgilar 
Ro‘yxatdan o‘tkazish paytida havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisi berilib
ular shu havo kemalarida qayd etiladi. 
Ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisidan tashqari havo kemalariga qo‘shimcha belgilar 
(ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qo‘yilishi mumkin. Mazkur belgilarni havo kemalariga qayd etishda 
ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisining ko‘rinishini yomonlashtirmaslikka e’tibor qilish lozim. 
Fuqaro va eksperimental havo kemalariga ro‘yxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda 
boshqa belgilarni qayd etish tartibi Aviatsiya ma’muriyati tomonidan, davlat havo kemalariga qayd 
etish esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Qarang: “Fuqaro havo kemalariga ro‘yxat belgisi va davlat tanish belgisini hamda boshqa 
belgilarni qayd etish 
aviatsiya qoidalari 
(O‘ZR AQ-44)” (ro‘yxat raqami 2811, 14.07.2016-y.). 

Download 458.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling