O’zbekiston Respublikasi hududidagi va tashqarisidagi xizmat safarining kamida 5ta farqini tahlil qiling
Download 22.74 Kb.
|
Mehnat huquqi or.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmat safari tushunchasiga tarif bering. Xizmat safarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardan (kamida 4ta) misol keltiring.
- Xodimning roziligisiz xizmat safari uchun ajratilgan mablag‘ va amaldagi xarajatlar o‘rtasidagi farqni ushlab qolinishi togrimi
- O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomining 13-bandiga
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnat bozorida “Mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq
- Karimjonovga 60 foiz miqdorida ustama to‘lanishi kerak.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnat bozorida “Mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga
Казус Xodim Karimjonov tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan Uchquduq shahriga 20 kunga xizmat safariga yuborildi. Uning plastik kartasiga korxona hisobidan 4 million so‘m xizmat safari uchun harajatlar oldindan to‘lab berildi. Xizmat safaridan qaytgan xodim ushbu xarajatlarning 3 million so‘mini asoslovchi, samolyot bileti, mehmonxona ma’lumotnomasi kabi hujjatlarni topshirdi. Korxona buxgalteri undan xizmat safaridan qaytgach ikki oy o‘tib, uning oylik ish haqidan xodimning roziligisiz xizmat safari uchun ajratilgan mablag‘ va amaldagi xarajatlar o‘rtasidagi farqni (1 million so‘mni) ushlab qoldi. Xodimning oylik ish haqi esa, 2 million 300 ming so‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan hududga xizmat safariga yuborilganligi uchun ushbu hududda bo‘lgan vaqti uchun ushbu joy uchun nazarda tutilgan miqdorda ustama to‘lanmanligini ta’kidladi. Xizmat safari tushunchasiga tarif bering. Xizmat safarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlardan (kamida 4ta) misol keltiring. Xizmat safari xarajatlari tolab berilishini tahlil qiling. Karimjonovga tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan tumanga xizmat safariga yuborilganligi uchun ustama tolanadimi? Fikringizni huquqiy asoslang. Xodimning roziligisiz xizmat safari uchun ajratilgan mablag‘ va amaldagi xarajatlar o‘rtasidagi farqni ushlab qolinishi togrimi? O’zbekiston Respublikasi hududidagi va tashqarisidagi xizmat safarining kamida 5ta farqini tahlil qiling. Ushbu kazusga qonuniy va asosli javob berish uchun yuqoridagi savollarga javob berishimiz lozim. Dastavval xizmat safari tushunchasig to’xtalib o‘tamiz. Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi1. Tashkilotni tarkibiga kiruvchi filiallar (shaxobchalar), uchastkalar va boshqa bo‘linmalar boshqa erda joylashgan hollarda doimiy ish joyi bo‘lib mehnat shartnomasida belgilangan ishlab chiqarish bo‘linmasi hisoblanadi. Doimiy ishi yo‘lda yoki ko‘chib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan, yoxud doimiy harakatlanuvchi tusga ega bo‘lgan xodimlarni xizmat yuzasidan borib kelishlari xizmat safari hisoblanmaydi. Xizmat safari — tashkilot rahbarining buyrug‘iga (qarori, farmoyishiga) asosan xodimning o‘zining doimiy ish joyidan boshqa joyga xizmat topshirig‘ini bajarish uchun ma’lum bir muddatga yuborilishi; xizmat safarida bo‘lgan vaqt uchun to‘lanadigan kundalik xarajatlar (keyingi o‘rinlarda — kundalik xarajatlar) — xizmat safarida bo‘lgan vaqtda kunlik ovqatlanish, xizmat safari paytidagi vazifalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa kundalik xarajatlar, (transport vositalari va turar joy bilan bog‘liq xarajatlar bundan mustasno) xodimning xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi2. Bunda xizmat safari muddati yo‘ldagi vaqtni hisobga olmagan holda 30 kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasida xizmat safarini tartibga soladigan bir nechta normativ-huquqiy hujjatlarlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori; Mehnat kodeksi; Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom; O‘zbekiston Respublikasi ichkarisidagi xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma Ikkinchi savol yuzasidan to‘xtali o‘tadigan bo’lsak, O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomining 13-bandiga muvofiq xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy bilan bog‘liq xarajatlar (mehmonxona yoki turar joy ijarasi), xizmat safari joyiga borish, shu jumladan, xizmat safari doirasida shaharlararo va tumanlararo harakatlanish hamda doimiy ish joyiga qaytish uchun yo‘l xarajatlari qoplanadi, shuningdek, kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi3. Ushbu nizomning 14-bandiga muvofiq Xizmat safariga yuborilgan shaxsga xizmat safariga yuborilgan joyga borish va doimiy ish joyiga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi yo‘l xarajatlari qoplanadi4: - umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yurish (taksidan tashqari) qiymati: -umumiy foydalaniladigan transportning xizmat safariga yuborilgan shaxsga tegishli tasdiqlovchi hujjatlari asosida. Bunda: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rahbariyati va xodimlari, respublika darajasidagi tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda Vazirlar Kengashi raislari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) hokimlariga barcha tariflar bo‘yicha chipta qiymati to‘liq budjet mablag‘lari hisobidan; boshqa toifadagi xodimlar uchun “biznes” (havo yo‘llari transporti) va “VIP” (temir yo‘l transporti) tarifidan arzon bo‘lgan barcha turlari bo‘yicha chipta qiymati to‘liq budjet mablag‘lari hisobidan hamda “biznes” (havo yo‘llari transporti) va “VIP” (temir yo‘l transporti) tarifi bo‘yicha chipta qiymatining 70 foizi miqdorida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari (yoki ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarning mablag‘lari), qolgan qismi xodimning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Xizmat safariga yuborilgan xodim o‘zining doimiy ish joyiga har kuni qaytish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u holda kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanmaydi. Xodimning xizmat safariga yuborilgan joydan o‘zining doimiy ravishda yashaydigan joyiga har kuni qaytishi mumkinligi masalasi xizmat safariga yuborgan tashkilot rahbari tomonidan masofaning uzoqligi, transport aloqasi sharoiti, bajariladigan topshiriqning tusi, xodim uchun dam olish sharoitlarini yaratish kabilarni hisobga olgan holda hal etiladi. Endi esa bevosita uchinchi savol yuzasidan to‘xtalib o‘tamiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnat bozorida “Mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandiga muvofiq tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlari va bunday joylardagi ishlar uchun qo‘shimcha ta’tillar tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar barcha tashkilotlar tomonidan qo‘llanishi majburiydir5. Ushbu qarorga muvofiq ustama miqdori ushbu joy uchun belgilangan tegishli koeffitsiyentni ish haqi summasiga ko‘paytirish orqali belgilanadi. Ustamalar xodim ushbu joyda yashashi yoki yashamasligidan qat’i nazar ish joyi bo‘yicha to‘lanadi. Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan tumanga (joyga) bir oydan ortiq muddatga safarga yuborilganda xodimga ushbu hududda bo‘lgan vaqti uchun ushbu joy uchun nazarda tutilgan miqdorda ustama to‘lanadi. Safar vaqti uchun ustama umumbelgilangan tartibda qo‘llaniladi. Ustama mehnatga doir qonunchilikda nazarda tutilgan safarlarda xarajatlarni qoplash uchun to‘lovdan qat’i nazar to‘lanadi. Yuqoridagi nizomda uman koeffitsiyentlari, shuningdek, yillik qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddati qo‘llaniladigan tabiiy-iqlim sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylar ro‘yxati berilgan bo’lib ushbu ro‘yxatda Navoiy viloyatining Uchquduq tumani ham berilgan. Ushbu hududda xizmat safariga jo‘natilgan fuqarolarga 60 foizi miqdorida ustama to‘lashi belgilangan. Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak Karimjonovga 60 foiz miqdorida ustama to‘lanishi kerak. Kyengi savol yuzasidan to‘xtaladigan bo‘lsak Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi6: -ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun; -xo‘jalik ehtiyojlariga; -xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan bo‘lib; -sarf qilinmay qolgan va o‘z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to‘lash uchun belgilangan muddat tamom bo‘lgan kundan yoxud haq to‘lash noto‘g‘ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o‘tib ketgan bo‘lsa yoki xodim xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga o‘tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini noto‘g‘ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududidagi va tashqarisidagi xizmat safarining bir nechta turlari mavjud. Ulardan quyidagi farqlarni misol qilib keltirishimiz mumkin: -Mamlakat tashqarisiga xorij safariga ketayotganlar uchun xarajatlar xorij valyutasida to‘lanadi, mamlakat hududidagi xorij safarlari uchun so‘mda to‘lanadi; - O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safarlariga yuborilganlarning xorijiy valyutada beriladigan ustama foizi va mamlakat hududidagi ustama foizi o‘rtasidagi farq; - Tashqi Xizmat safariga yuboriladigan shaxsga xorijiy valyutada bo‘nak berilishi lozim. Mamlakat hududida bo‘nak berilmaydi; - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bo‘yicha ketayotgan xodimlarga xizmat safari xarajatlari uchun xorijiy valyutani sotib olish banklararo savdo sessiyasida amalga oshiriladi, mamlakat hududida esa qaysi tshkilot tomonida ketayotgan bo‘lsa usha tashkilot budjetidan mablag‘ ajratiladi. Kazusga xulosa qiladigan bo‘lsak, Karimjonovning oylik ish haqqi 2mln 300 ming so‘m ekanligi va uning tabiiy iqlimi yomon joyga xizmat safari yuzasidan yuborilganligi ta’kidlangan. Ushbu holatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnat bozorida “Mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq Karimjonovga nisbatan uning xizmat safari davomiyligiga qarab ustama to‘lanishi kerak. Download 22.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling