O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida
Download 30.78 Kb.
|
19.03.1993
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati o‘rtasida Bitim Madaniyat, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida 1993-yil 19-mart, Toshkent (1993-yil 19-martdan kuchga kirgan) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya federatsiyasi Hukumati, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb aytiladi; an’anaviy madaniyat aloqalarni yangi sifat darajasiga ko‘tarishga intilishini namoyon etib, ikkala mamlakat xalqlari madaniyatining o‘ziga xosligiga doimiy hurmat tuyg‘ularini ifodalab, ijtimoiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirishga, ikkala mamlakat xalqlari o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni rivojlantirish va ishonchni mustahkamlashga intilish to‘g‘risida aytib, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining mustaqil tengligidan paydo bo‘lgan o‘zaro munosabatlarning yangi xususiyatlarini hisobga olib, har bir davlat va xalqning o‘zining ijtimoiy va madaniy siyosatini mustaqil ravishda ishlab chiqish va uni yurgizish, madaniy va boshqa aloqalarni o‘rnatish huquqini tasdiqlab, ijtimoiy sohadagi hamkorlik ikkala davlat xalqlarining tub manfaatlariga javob berishiga va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash hamda boyitishiga, jamiyat taraqqiyoti va insoniy totuvlik uchun shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashishga davlat etuvchi omil ekanligiga ishonib, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar, do‘stlik va hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi Shartnomaning 15 va 16-moddalariga tayangan holda, quyidagilar haqida ahdlashdilar: 1-modda Tomonlar madaniyat, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida, shuningdek jamoat tashkilotlari hamda yoshlar ittifoqi, ijodiy uyushmalar, uyushmalar va jamg‘armalar yo‘li bilan hamkorlikni kengaytirishga va mustahkamlashga barcha choralar bilan yordam beradilar. 2-modda Tomonlar ikkala mamlakat xalqlarini ularning madaniy meroslari, an’anaviy qadriyatlari va madaniyat, adabiyot va sanatning hozirgi ahvoli bilan tanishtirish maqsadida o‘zaro ayirboshlashlarni quyidagi yo‘llar bilan rag‘batlantiradilar: san’at festivallari, tanlovlar, ko‘rgazmalarni, ijrochi jamoalar va solistlarning ayirboshlash gastrollarini birgalikda tashkil ztish; havaskorlik xalq ijodiyoti jamoalari bilan ayirboshlashni kengaytirish; O‘zbekistonda Rossiya va Rossiyada O‘zbekiston adabiyoti va san’ati kunlarini o‘tkazish; umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan tantanalarda qatnashish uchun, shuningdek o‘z xalqining, umuman umuminsoniy madaniyatni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shgan madaniyat arboblarini qutlash uchun o‘z vakillarini o‘zaro asoslarda yuborish. 3-modda Tomonlar o‘zaro tegishli davlat muassasalari bilan axborotlarni ayirboshlash va o‘z hududlarida teleradio va videodasturlarni, axborot agentliklari, davriy matbuot organlari mahsulotlarini, kitob va boshqa matbaa mahsulotlarini yoyish sharnomasiga ko‘maklashadilar, bundan ikkinchi tomonning qonunlari, shuningdek uning xalqining axloqiy an’analari va fe’l-atvor madaniyatlariga zid keluvchi mahsulotlar mustasnodir, yoyish shartnomasiga ko‘maklashadilar. Bunday hamkorlikning aniq, masalalari Tomonlarning manfaatdor idoralari va tashkilotlari o‘rtasidagi bitimlar bilan boshqarib turiladi. Tomonlar milliy madaniy markazlar va tashkilotlarni tashkil etish va ularning milliy o‘ziga xosligini, madaniyati, tilini saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi Rossiya Federatsiyasi xalqlari hamda Rossiya Federatsiyasi hududida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi xalqalri vakillarining ma’naviy talablarini qondirish bo‘yicha ishlariga yordam beradilar. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasida rus tilini va Rossiya Federatsiyasida o‘zbek tilini o‘rganishni, shuningdek tillar ikkala davlatning o‘quv yurtlarida o‘rganishni qo‘llab-quvvatlaydilar. 4-modda Tomonlar o‘z davlatlarining kutubxona, muzey, va arxiv fondlarini paydo qiluvchi to‘plamlar, kolleksiyalar va boshqa madaniyat boyliklaridan foydalana olishda o‘z fuqarolari uchun qanday sharoit yaratib bergan bo‘lsalar, ikkinchi Tomonning fuqarolari uchun ham huddi shunday teng asosda sharoit yaratib berishni kafolatlaydilar. Tomonlar davlat to‘plamlarida, kolleksiyalarida va fondlarida saqlanayotgan o‘z xalqlarining tarixiy-madaniy boyliklari to‘g‘risidagi to‘liq axborotni bir-birlariga berish uchun shart-sharoitlar yaratib beradilar, ularni o‘rganish va propaganda qilishda yordam ko‘rsatadilar. Tomonlar yo‘qolgan yoki noqonuniy ravishda olib chiqib ketilib ikkinchi Tomonning hududida paydo bo‘lib qolgan san’at asarlari bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish va ularni hal etish to‘g‘risida takliflar tayyorlash uchun birgalikdagi davlatlararo ekspert komissiyalari tuzadilar. 5-modda Tomonlar axborotlarni va nashriyot ishlari, kitob tarqatish va poligrafiya sohasida ish tajribalari almashishlarni rag‘batlantiradilar, o‘z hududlarida ikkinchi Tomon nashriyotlarining matbaa mahsulotlarini, birinchi navbatda, o‘quv, ma’lumotnoma, ilmiy va bolalar adabiyotlarini tarqatishda yordam ko‘rsatadilar, ikkinchi Tomon xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotlari to‘g‘risidagi materiallarni z’lon qilishga ko‘maklashadilar, nashriyot-poligrafiya bazalarining moddiy-texnika jihatidan taminlanganligini mustahkamlashda va rivojlantirishda o‘zaro foydali yordam ko‘rsatishga, Tomonlarning nashr etuvchi va tarqatuvchi tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimining aniq ishlashi uchun imkoniyat yaratishga intiladilar. 6-modda Tomonlar kinofestivallar va tantanali premyeralar o‘tkazishni, Moskvadagi va Toshkentdagi xalqaro kinofestivallarda o‘zaro qatnashishni, kino sohasida kinofilmlar, delegatsiyalar va mutaxassislar ayirboshlashni, filmlarni birgalikda qo‘yishlarni, kinoarxivlarning hamkorligini, adabiyot va materiallar ayirboshlashni, kino va videofilmlar ishlab chiqarish va prokat qilish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil ztishni rag‘batlantirib milliy kinomatografiyalar hamkorligiga imkoniyatlar yaratib beradilar. 7-modda Tomonlar, ilmiy-texnik hamkorlikning samaraliligini oshirishning muhimligini anglab, qo‘shma fundamental va amaliy tadqiqotlarni, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi ilmiy ishlanmalarni, kompleks dasturlar va loyihalarni amalga oshirishni, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar tashkil etishni, ilmiy-pedagog va muhandislik kadrlari tayyorlashdagi hamkorlikni, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari hamda korxonlari tashkil etishni, shuningdek o‘zaro maqbullik asosida ilmiy-ishlab chiqarish obyektlaridan birgalikda foydalanishni rag‘batlantiradilar. Shu maqsadda ular: Fanlar akademiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va fan masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga barcha choralar bilan yordamlashadilar; birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalari ochishga ko‘maklashish, ilmiy hamkorlikning boshqa samarali shakllarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash; ilmiy tadqiqot ishlari va ularning natijalari haqidagi nashrlar va axborotlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarining yo‘nalishlarini tashkil etish va belgilashda qo‘llaniladigan metodlar haqidagi axborotlarni almashishga ko‘maklashish; ilmiy tadqiqotlar bilan o‘zaro tanishish uchun olimlar va mutaxassislar bilan almashinuvni rag‘batlantirish va jumladan, avvalo malakasini oshirish maqsadida yosh ilmiy xodimlar va mutaxassislar bilan almashinish; ilmiy xodimlarning ikkala davlatda o‘tkaziladigan kongresslar, simpozium va seminarlarda o‘zaro qatnashuviga ko‘maklashish; o‘z xalqlari tarixi va madaniyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish; Tomonlar, shuningdek: ikkala davlat idoralari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining ilmiy-texnikaviy hamkorligiga ko‘maklashadilar; fundamental tadqiqotlarga, shuningdek ekologiya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, energetika, yuqori texnologiya, transportning axborot tizimlari va kommunikatsiyalari, iqtisodiyotni strukturaviy qayta qurish va bozor munosabatlarini shakllantirishning ustuvor mintaqalararo muammolarning yechimini izlab topishga davlat yordami ko‘rsatadilar. 8-modda Ahdlashuvchi Tomonlar birgalikda olib borilgan ishlar natijasida olingan yoki Tomonlarning vakillari mazkur Bitim doirasida olgan ilmiy-texnikaviy axborotlar va hujjatlarni har qanday uchinchi tomonga ana shu ilmiy-texnikaviy axborotlar va hujjatlarni olishda qatnashgan yoki bergan Tomonning rasmiy roziligisiz bermaslik majburiyatini oladilar. 9-modda Tomonlar ta’lim muassasalarining ish tajribasi, ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot va hujjatlarni o‘zaro almashadilar, qadrlar tayyorlash ishida hamkorlik qiladilar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va maktablar, ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘risheriklik aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashadilar, shuningdek ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda bir-birlariga yordam beradilar. 10-modda Ahdlashuvchi Tomonlar ularning davlat muassasalari tomonidan 1992-yilning 1-yanvariga qadar berilgan ekvivalent malaka attestatlarini, malumot, ilmiy darajalar va unvonlar to‘g‘risidagi hujjatlarni e’tirof etadilar. Ular ko‘rsatilgan kundan berilgan va beriladigak shunday hujjatlarni va ularning zkvivalentligini etirof etish haqida bitim tayyorlaydilar va tuzadilar. 11-modda Ahdlashuvchi Tomonlar atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanlari sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiradilar va mustahkamlaydilar, uni insonparvarlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydilar. Ular ikkala mamlakatdagi ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish, dori-darmonlar va biopreparatlarni ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni joriy etish, tibbiyot va tibbiyot texnikasi sohasida birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, kasallarning hech bir moneliksiz tibbiy maslahatlar olishi va davolanishi uchun sharoit yaratish, o‘zaro foydali asosda studentlar va mutaxassislar bilan almashish, shuningdek investitsiya faoliyatida hamkorlik qilish, dori-darmonlar va tibbiyot apparaturalari chiqaradigan qo‘shma korxonalarni barpo qilish, davolash-profilaktika va farmatsevtika muassasalari qurish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda bir-birini axborot bilan taminlash maqsadida kuch-g‘ayratlarini birlashtirishga intiladilar. 12-modda Tomonlarning har biri boshqa Tomon tavsiya etgan fuqarolarni o‘z madaniy, ilmiy, texnikaviy, tibbiy muassasalarida va o‘quv yurtlarida o‘qishi, stajirovka o‘tkazishi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishi va malaka oshirishi uchun qabul qiladi. Bunday hamkorlikning aniq shartlari qabul qilinadigan shaxslarning miqdori haqidagi masala bilan birga Tomonlarning manfaatdor idoralari va tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan bitimlar bilan tartibga solinadi. 13-modda Tomonlar o‘z davlatlarining sport va turistik tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni barqaror rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashdilar. Shu maqsadda sport delegatsiyalari bilan almashish, birgalikda musobaqalar va uchrashuvlar, turli darajadagi xalqaro musobaqalarga va Olimpiada o‘yinlariga tayyorlanish uchun O‘zbekiston va Rossiya Milliy komandalarining o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazish, kontrakt asosida sportchilar va trenerlar bilan almashish, sport yo‘nalishidagi buyumlar chiqaradigan qo‘shma korxonalar barpo etish va sport inshootlari qurish rag‘batlantiriladi. Ahdlashuvchi Tomonlar sport harakatini moddiy-texnikaviy, fizkultura va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, o‘zaro manfaatlarni ko‘zlab o‘quv-mashq bazalaridan, o‘z hududlarida joylashgan olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik markazlaridan samarali foydalanish masalalarida o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantiradilar. 14-modda Ahdlashuvchi Tomonlar ommaviy turizmni o‘zaro foydali asosda rivojlantirishga, o‘z fuqarolarining kelishilgan marshrutlar bo‘yicha turistik sayohatlarini amalga oshirishga, turizmning, ayniqsa yoshlar turizmining infrastrukturasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishga, qo‘shma turistik guruhlarning uchinchi mamlakatlarga safar qilishlariga va uchinchi mamlakatlardan ikkala Tomon hududlaridagi turizm obyektlari bilan tanishish uchun turistlarni qabul qilishga ko‘maklashadilar. 15-modda Mazkur Bitimning qoidalarini samarali bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining tegishli vazirliklari, idoralari va tashkilotlari idoralararo bitimlarni, hamkorlikning almashuv dasturlarini va ishchi reja (bayon)larini ishlab chiqishlari va imzolashlari mumkin. Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan boshqa davlatlar qiziqish bildirgan hollarda mazkur Bitim doirasida o‘tkaziladigan hamda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi tashabbuskor bo‘lgan madaniy, ilmiy va boshqa tadbirlarda qatnashishlari mumkin. Ahdlashuvchi Tomonlar zarur hollarda mazkur Bitimning qoidalarini bajarishga ko‘maklashish va bundan keyin ham bir-biriga yordamlashishni takomillashtirish yuzasidan tavsiyanomalar tayyorlash uchun Tomonlarning har biridan vakillar soni teng bo‘lgan vaqtinchalik komissiyalar va ishchi guruhlari tuzadilar. 16-modda Ahdlashuvchi Tomonlar ikkinchi Tomonning manfaatlariga daxldor bo‘lsa uchinchi mamlakatlar bilan madaniy, ilmiy va boshqa sohalardagi aloqalarni amalga oshirayotganda, madaniyat, fan va texnika, ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport, turizm, yoshlar harakati sohasidagi xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan ko‘p tomonlama tadbirlarda va aloqalarda qatnashayotganda o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtiradilar. 17-modda Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi. Besh yil davomida amal qiladi hamda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri mazkur Bitimning amal qilishini to‘xtatish niyati haqida boshqa Tomonni mazkur Bitim muddati tugashidan 6 oy oldin yozma ravishda xabar qilmasa, keyingi besh yilliklarda o‘z-o‘zidan uzaytiriladi. Toshkent shahrida 1993-yilning 19-martida har biri o‘zbek va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, matnlarning barchasi bir xil kuchga egadir. (imzolar) Download 30.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling