O‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriat bosqichi 1-kurs talabalari uchun yakuniy nazorat imtihon varag’I


Download 16.42 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi16.42 Kb.
#1508751
Bog'liq
1-вариант


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI MUHOFAZA QILISH AKADEMIYASI
BAKALAVRIAT BOSQICHI 1-KURS TALABALARI UCHUN
YAKUNIY NAZORAT IMTIHON VARAG’I



1-VARIANT



Modul nomi:




Yuristning yozma va og’zaki muloqot ko’nikmasi

Sana




16.05.2023 yil

O’tkazilish vaqti




15:00-17:00

Imtihon davomiyligi




2 soat

Imtihon varag’I A va B bo’limdan iborat. Umumiy ball 50 ball bilan baholanadi.
Imtihondagi savollarning umumiy soni – 6
Javob berilishi lozim bo’lgan savollar soni – 3


TALABA UCHUN YO’RIQNOMA:
Talaba A bo’limdagi xohlagan IKKITA mantiqiy savollarga hamda,
B bo’limdagi xohlagan BITTA kazusga javob yozishi shart.



А BO’LIM
Talaba A bo’limdagi xohlagan IKKITA mantiqiy savollarga javob yozishi shart.



  1. Muloqotning maqsadi nima bo‘lishidan qat’i nazar, qanday qilib to‘g‘ri tinglash bo‘yicha tavsiyalar beriladi? Tavsiyalarni tahlil qiling.

  2. Uslubiy, so‘z qo‘llash va jumla tuzish bilan bog‘liq xatolar aytilayotgan fikrning mutlaqo boshqacha tushunilishiga, mazmunning o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Ushbu xatolarni misollar bilan tahlil qiling

  3. O‘zbek adabiy tilidagi nutq uslublarini tahlil qiling.

  4. Notiqlik san’ati tarixi barcha taniqli notiqlar o‘z ustidan ko‘p ishlaganini, o‘z chiqishlariga puxta tayyorlanganini ko‘rsatadi. Yurist o‘z nutqida nimaga e’tibor qaratishi kerak?



B BO’LIM
Talaba A bo’limdagi xohlagan BITTA kazusga javob yozishi shart.


  1. “Abror maishiy texnika do‘konidan changyutgich sotib oldi. Biroq uni ishlatishga ulgurmasidan nosozligi ma’lum bo‘ldi. Tovarni qaytarmoqchi bo‘lgan Abrorga do‘kon ma’muriyati bu haqda ishlab chiqaruvchiga elektron pochta orqali murojaat qilishi lozimligini tushuntirishdi.



Abror o‘z maqsadiga erishishi uchun elektron yozishmaning qaysi qoidalariga amal qilishi kerak deb o‘ylaysiz?
Vaziyatni muhokama qiling.

2. O‘qotar qurolni belgilangan vaqt me’yorida yig‘a olmagan IIO xodimi videosi ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy rezonans hosil qildi. Shundan so‘ng IIO tizimidagi matbuot xizmatlari tomonidan qurolni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha ijobiy natija ko‘rsatgan xodimlar haqida targ‘ibot materiallari joylana boshladi.


Ushbu holatni muloqot madaniyatiga ta’sir etuvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari nuqtayi nazaridan tahlil qiling.
Vaziyatni muhokama qiling.
Download 16.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling