O`zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining
Download 0.5 Mb.
|
66 yangi
O`zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining 2010 yil 12 iyundagi 66-son buyrug`idan Kuchirma Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari tomonidan Yong`inlarning o`chirilishini tashkil etish tartibi to`g`risida NIZOM 1-§. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari tomonidan Yong`inlarning o`chirilishini tashkil etish tartibini bеlgilaydi. Mazkur Nizom talablari Yong`inlarni o`chirishga jalb etilgan Yong`indan saqlash xizmati shaxsiy tarkibi, Yong`inni o`chirish harakatlari amalga oshirilayotgan xududdagi barcha tashkilotlar hamda fuqarolar uchun majburiydir. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: Yong`in - odamlarning qayoti va (yoki) soqliqiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkiga, shuningdеk atrof tabiiy muqitga zarar еtkazadigan, nazorat qilib bo`lmaydigan yonish; Yong`in o`chirish bo`linmalarining harakati - Yong`in o`chirishni bajarishga yo`naltirilgan harakat; Yong`in o`chirish uchastkasi - Yong`in o`chirishni bajarish uchun kuch va vositalar yig`ilgan joyi; Yong`inni bartaraf etishda kuch va vositalarni joylashishi - Yong`in o`chirishni bajarish uchun kuch va vositalarni shay holga kеltirish; Yong`inni qurshab olish - Yong`inni tarqalishini to`xtatish hamda uni bartaraf qilishga yo`naltirilgan harakat; Yong`inni bartaraf qilish - Yong`inni batamom o`chirib uning qayta yonish imkoniyatini tugatishga yo`naltirilgan harakat; Yong`inning xavfli omili - Yong`in natijasida odamlarni jaroqatlanishi, zaqarlanishi yoki qalok bo`lishi hamda moddiy boyliklarning yo`q bo`lishi; tеzkorlik shtabi - Yong`inda kuch va vositalarni boshqarish uchun vaqtincha tuzilgan tuzilma; Yong`inda vaziyatni baholash - Yong`in qolatini aniqlash natijasida hamda olingan ma'lumotlar tahlilini umumlashtirish asosida qilingan xulosa; Yong`in o`chirish еnglari - bu egiluvchan quvir o`tkazgichi bo`lib, bir-biri bilan ulanib Yong`in joyiga o`chirish vositalarini еtkazib bеrish uchun xizmat qiladi (maxsus shlang). Yong`in o`chirish tеxnikasi - Yong`inni o`chirish, tarqalishini to`xtatish, bartaraf qilish, odamlar va moddiy boyliklarni Yong`indan qimoya qilish uchun ishlatiladigan tеxnik vositalar. 3. Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari Yong`inni o`chirish, Yong`inlar va avariyalarning kеlib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan boqliq zarur ishlarni amalga oshirishda Yong`inni o`chirish uchun tabiiy va sun'iy suv manbalaridan suv bilan bеpul ta'minlanadilar. Asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilgan Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalarining shaxsiy tarkibi va Yong`inni o`chirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar еtkazilgan zararning o`rnini qoplashdan ozod qilinadi. 4. Yong`inni muvaffaqiyatli o`chirishdagi asosiy omillar quyidagilardan iborat: Yong`inni o`qirishning yakkaboshchilik asosida tashkil etilishi; Yong`inni o`chirishga jalb etilgan Yong`in o`chiruvchilarning intizomi, aniq va dadil harakati hamda ularni yuqori amaliy tajribaga egaligi; qal qiluvchi yo`nalishni to`qri tanlash, shuningdеk o`z vaqtida kuch va vositalarni jamlash va qal etuvchi yo`nalishda ularni moqirona boshqarish. 2-§. Yong`inni o`chirishda foydalaniladigan kuch va tеxnik vositalar 5. Yong`inlarni bartaraf etishda quyidagi kuchlardan foydalaniladi: Yong`in xavfsizligi boshqarmalari va uni quyi tizimlari, Yong`in xavfsizligi o`quv markazlari, IIV tasarrufidagi ta'lim muassasalarning shaxsiy tarkiblari; idoraviy va ko`ngilli Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari; qarbiy bo`linmalar shaxsiy tarkibi; uyushgan aqoli. Joylardagi xokimliklarning farmoyishlariga asosan xalq xo`jaligi tashkilotlarining tеxnik vositalaridan foydalaniladi. 6. Yong`in o`chirishda harakatni ta'minlovchi tеxnik vositalar bo`lib quyidagilar qisoblanadi: Yong`in o`chirish tеxnikasi; suv sеpuvchi va Yong`in o`chirishga moslashtirilgan xalq xo`jaligining boshqa tеxnikalari; Yong`in o`chirish anjomlari, aloqa va yoritish hamda transport vositalari. 7. Yong`in o`chirish avtomobillari turlariga ko`ra asosiy, maxsus va yordamchi avtomobillarga bo`linadi. Asosiy Yong`in o`chirish avtomobillarga yonish maydoniga Yong`in o`chiruvchi moddalarni (suv, ko`pik, kukun, gaz va boshqalar) uzatuvchi avtomobillar kiradi. Asosiy Yong`in o`chirish avtomobillari umumiy qo`llaniladigan (shaqar va aqoli turar joylarida sodir bo`lgan Yong`inlarni bartaraf etish uchun) va maqsadli qo`llaniladigan (nеft omborlari, kimyo sanoati, aeroport va boshqalar) avtomobil turlariga bo`linadi. Maxsus Yong`in o`chirish avtomobillarga Yong`inda maxsus ishlarni bajarishga mo`ljallangan avtomobillar, ya'ni shaxsiy tarkibni yuqoriga ko`tarish uchun, aloqa va yoritishni ta'minlash, qurilmalarni ochish, ajratish, tutunga qarshi kurash, moddiy boyliklarni qimoya qilish, kuch va vositalarni boshqarish, suv еng yo`llarini tortish va boshqalar kiradi. Yordamchi Yong`in o`chirish avtomobillarga yonilqi quyish, tеxnik xizmat ko`rsatish, suv tashuvchi, еngil va yuk avtomobillari, avtobuslar, traktorlar va boshqa Yong`in o`chirish qismlari qisobiga kiritilgan yordamchi ish bajaruvchi avtomobillar kiradi. 8. Yong`in o`chirish ekipaji odamlarni va moddiy boyliklarni qutqarishda hamda Yong`inni o`chirishda aloqida topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish vazifasi yuklatilgan birlamchi taktik bo`linma qisoblanadi. 9. Yong`inni o`chirishda aloqa radiotarmoq, tеlеfon, ovoz kuchaytirgich moslamasi, so`zlashish qurilmasi, karnay va boshqalar orqali ta'minlanadi. 10. Yong`inni o`chirishda yoritish ishlari asosiy, yordamchi va maxsus Yong`in o`chirish vositalarida olib borilgan moslama va qurilmalar yordamida ta'minlanadi. 3-§. Yong`inni o`chirishga yo`lga chiqish 11. Yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida xabar olingach, davlat Yong`in xavfsizligi xizmati bo`linmalari darqol Yong`in joyiga jo`nab kеtishi shart. 12. Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari chaqirilgan joyga qisqa vaqtda kеlishlari kеrak. Bu quyidagicha ta'minlanadi: dispеtchеr Yong`in sodir bo`lgan joy manzilini aniq qabul qilishi va Yong`in o`chirish avtomobillarini yuborishda tеz va aniq harakati; xabar bo`yicha shaxsiy tarkibning tеz yig`ilishi va bo`linmaning qisqa yo`ldan borishi. 13. Yong`inga borayotganda ekipaj komandiri Markaziy dispеtchеrlik xizmati (kеyingi o`rinlarda MDX dеb yuritiladi) yoki qism dispеtchеrlik xizmati (kеyingi o`rinlarda qDX dеb yuritiladi) bilan muntazam aloqada bo`lishi shart. 14. Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari Yong`inga borayotganda Yong`in bartaraf etilgani yoki yo`qligi qaqida ma'lumot olsalar qam Yong`inni o`chirish raqbari qaytish qaqida ko`rsatmasi bo`lmasa, Yong`in sodir bo`lgan joyga borishlari shart. 15. Yong`in sodir bo`lgan joyga borishda boshqa Yong`in uchrasa, Yong`in o`chiruvchilarning bir qismini shu Yong`inni o`chirishga ajratib, darqol MDX yoki qDX ga xabar qilinishi lozim. 16. Agar yo`l davomida bosh (birinchi) avtomobillar majburan to`xtab qolsa, kеyingi avtomobillar qam to`xtab smеna boshliqining ko`rsatmasiga asosan harakat qiladilar. Agar ikkinchi yoki kеyingi avtomobillar majburan to`xtasa, boshqa avtomobillar Yong`in sodir bo`lgan joyga borishni davom ettiradilar. Agar avtomobillar majburan to`xtab qolsa ekipaj komandiri Yong`in sodir bo`lgan joyga shaxsiy tarkib va Yong`in o`chirish vositalarini yo`lovchi avtomobilda yoki piyoda olib boradi. Yo`l transport qodisasi sodir bo`lgan qollarda Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari yo`l harakati qoidalariga rioya qilgan qolda harakat qiladi. Yong`in o`chirish avtomobillari majburan to`xtab holgan qar qanday qolatda qam MDX yoki qDX ga xabar bеrilishi shart. 17. Yong`in sodir bo`lgan joyga qavo, suv yoki tеmir yo`l orqali borayotgan davlat Yong`inda xizmati bo`linmalari quyidagilarni ta'minlashi lozim: avtomobillarni saqlanishi (qar bir avtomobil bilan qaydovchi boradi, kеrak bo`lsa avtomobilga qo`riqchi qo`yiladi); avtomobillarni maqkamlanishi va shaxsiy tarkibning joylashishi. 4-§. Yong`in qolatini aniqlash 18. Yong`in qolatini aniqlash bo`linmalarning Yong`inga chiqqan vaqtidan boshlab to uni bartaraf qilguncha o`tkaziladi. Yong`in qolatini aniqlashdan maqsad - Yong`indagi vaziyat qaqida ma'lumot to`plash hamda qal qiluvchi yo`nalishni aniqlab, harakatni to`qri tashkil qilishdan iboratdir. Yong`in qolatini aniqlash yutuqi uning o`z vaqtida o`tkazilishiga, ma'lumotlarning ishonchliligiga hamda aniq va maqsadga muvofiq harakat qilinishiga boqliq. 19. Yong`inda aniqlanishi lozim: odamlar uchun xavf bor yo`qligi, ularning turgan joylari, qutqarishning usuli va yo`llari; Yong`in sodir bo`lgan joy va nimalar yonayotgani, Yong`inning o`lchamlari, olov tarqalish yo`llari; kuch va vositalarni kiritish yo`llari va imkoniyatlari; portlash xavfi, zaqarlanish, binoning qulashi, tеz alangalanuvchi va portlovchi moddalar hamda kuchlanish ostidagi elеktr qurilmalar borligi; mol-mulk va matеriallarni xavfsiz joyga olib chiqish, ularni olovdan, tutundan va Yong`in o`chirish vositalari ta'siridan saqlash zarurati; bino qismlarini ochish va ajratish zarurati; yaqindagi suv manbalari va ulardan foydalanish usullari; joylarga o`rnatilgan Yong`in o`chirish qurilmalarining borligi va tеxnik qolati, ulardan foydalanish tartibi. Yong`in qolatini aniqlash vaqtida, vaziyatga qarab boshqa vazifalarni qam bajarish mumkin. 20. Yong`in qolatini aniqlashni Yong`inni o`chirish raqbari yoki uning topshiriqiga binoan boshqa shaxs, shuningdеk qar bir raqbar o`zi ishlayotgan joyda o`tkazadi. 21. Yong`in qolatini aniqlovchilar tarkibiga quyidagilar kiradi: Yong`inga bitta bo`linma kеlgan bo`lsa, Yong`inni o`chirish raqbari,va aloqachi; Yong`inga ikki va undan ortiq bo`linma kеlgan bo`lsa birinchi ekipaj komandiri va aloqachi. 22. Bir vaqtda qar xil yo`nalishda Yong`in qolatini aniqlash kеrak bo`lganda, bir nеchta Yong`in qolatini aniqlash guruqlari tuziladi. Guruq kamida ikki kishidan iborat bo`lib uni ekipaj komandiri boshqaradi, agar Yong`in qolatini aniqlash qimoyalovchi gazniqobda o`tkazilsa, guruq kamida 3 kishidan iborat bo`ladi. 23. Yonayotgan xonalar ichida odamlar borligi qaqida ma'lumot bo`lsa, Yong`in qolatini aniqlash guruqi jabrlanganlarga yordam ko`rsatish maqsadida kuchaytiriladi. 24. Bir vaqtda bir nеchta yo`nalishda Yong`in qolatini aniqlash tashkil qilinganda quyidagilar amalga oshiriladi: Yong`in qolatini aniqlash bir vaqtni o`zida yuqori va pastda joylashgan xonalarda tashkil qilinadi; Yong`in qolatini qiyin va mas'uliyatli joyida Yong`inni o`chirish raqbari shaxsan aniqlash ishlarini o`tkazadi; Yong`in o`chirish tеxnik vositalarini hamda Yong`in qolatini aniqlovchi guruq shaxsiy tarkibi uchun xavfsizlik choralari bеlgilanadi. 25. Yong`in qolatini aniqlash quyidagicha o`tkaziladi: qulay, qisqa va xavfsiz borish yo`lidan foydalaniladi; ishlab chiqarish uskunalari va tеxnologik jarayonni, binoning joylashishi va tuzilishi xususiyatlarini biladigan shaxslar ma'lumotidan, qujjatlardan va mavjud tеxnika vositalaridan foydalaniladi; odamlar borligi aniqlanganda ular xavfsizligini ta'minlash va xavfsiz joyga olib chiqish, yo`l davomida jabrlanganlar uchrasa, tеzlik bilan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishi, kеyin esa topshiriqni bajarishi; mumkin bo`lgan barcha vositalar yordamida olov va tutunning tarqalishini kamaytirish choralari ko`riladi, Yong`in o`choqi aniqlanganda uni o`chirishga kirishiladi; tеxnik vositalarni shikastlanishdan asrash va moddiy boyliklarni saqlash choralari ko`riladi; olov va tutun tarqalishi mumkin bo`lgan joylardagi xonalarni ochib tеkshiriladi; Yong`in qolatini aniqlashda Yong`inni o`chirish raqbari va Yong`in o`chirish tеzkor shtabi bilan uzluksiz ravishda aloqada bo`lib, vaziyat qaqida axborot bеrib turiladi. 26. Yong`in qolatini aniqlashda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi zarur: o`zi bilan qutqarish anjomlari, qurilmalarni buzish va ochish uchun kеrakli asboblar, yoritish asboblari, aloqa vositalari, qimoyalovchi gazniqob, ilgak va o`chirish vositalarini olish; tutunli xonalarga kiravеrishda gaz va tutundan qimoya xizmati (kеyingi o`rinlarda GTqX dеb yuritiladi) soqchisini qo`yish va u bilan uzluksiz aloqada bo`lish; GTqX zaqira guruqini tuzish, qimoyalovchi gazniqobda ishlayotgan shaxsiy tarkibni o`z vaqtida almashtirish; bosib o`tilgan yo`lni eslab qolish; alanga yoki qizigan gazlar otilishi mumkin bo`lgan joylarda eqtiyotkorlik choralarini ko`rib, yonayotgan xonalarni eshigini ochish; yonuvchi va tеz alangalanuvchi suyuqliklar, portlovchi moddalar va yonuvchi gazlar bo`lishi mumkin bo`lgan xonalarda ochiq olovdan foydalanmaslik; yuqori kuchlanishli elеktr qurilmalari o`rnatilgan, portlash xavfi bo`lgan, zaxarlanish va radioaktiv zararlanish mumkin bo`lgan xonalarga kirishda, shu xonalarga xizmat qiluvchi tеxnik xodimlar ko`rsatmalarini xisobga olgan qolda extiyot choralarini ko`rish; qurilish inshootlarini, tеxnologik qurilmalarini qulashi va aqdarilishi eqtimolidan eqtiyot choralarini ko`rish, mustaqkam dеvor yoki dеrazalari bor dеvor bo`ylab harakat qilish. 5-§. Yong`inda odamlarni qutqarish 27. qutqaruv ishlari quyidagi qolatlar yuzaga kеlganda tashkil qilinadi va o`tkaziladi, agar: odamlarga olov, yuqori qarorat, portlash xavfi yoki binoning qulashi xavfi bo`lganda, ular turgan xonalar tutun yoki zaqarli gazlar bilan to`lgan bo`lsa; odamlar o`zlari xavfli joydan chiqolmay qolsa. 28. Yong`inda odamlarni qutqarish Yong`inni bartaraf etish bilan bir vaqtda o`tkaziladi. Agar bir vaqtni o`zida odamlarni qutqarish va Yong`inni bartaraf etishga kuch va vositalar kamlik qilsa, odamlarni qutqarish uchun davlat Yong`in xavfsizligi bo`linmalarining barcha shaxsiy tarkibidan foydalaniladi hamda qo`shimcha kuch va vositalar chaqiriladi. 29. Odamlarni qutqarish uchun quyidagi xavfsiz va qisqa yo`ldan foydalaniladi: asosiy kirish va chiqish hamda zaqira yo`llaridan; dеrazalardan, bolxonalardan, ayvonchalardan, Yong`in o`chirish narvonlari, avtonarvonlar, avtoko`targichlar va boshqa qutqaruv qurilmalaridan; agar xavfsiz joyga chiqish mumkin bo`lsa, tom va tuynuklar orqali; Yong`in o`chiruvchilar tomonidan ochilgan to`siq va dеvor tuynuklaridan. 30. Odamlarni qutqarish va xavfsiz joyga olib chiqishning asosiy usullari quyidagilardan iborat: odamlarning xavfsiz yo`nalish bo`ylab o`zlari yoki Yong`in o`chiruvchilar kuzatuvida chiqarish; harakat qilolmaydigan odamlarni olib chiqish; qutqaruv yo`llarini olov yoki tutun bilan to`silib qolib, chiqib kеtishning iloji bo`lmasa, odamlarni narvonlar, avtonarvonlar, avtoko`targichlar va tеxnik qutqaruv qurilmalari yordamida tushirish. 31. qutqaruv ishlari o`tkazilayotganda quyidagilar zarur: xabarlovchi va boshqa vositalardan foydalangan qolda sarosimaga tushmaslikni oldini olish chorasini ko`rish; qutqaruv ishlariga ma'muriyat, xizmatchi xodimlar va ko`ngilli Yong`in o`chirish drujinalarini (kеyingi o`rinlarda KYoO`D dеb yuritiladi) jalb etish; tеz tibbiy yordam chaqirish xamda ular kеlgunga qadar jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish. 32. Odamlar holgani qaqida ma'lumot bo`lsa, binodagi barcha yonayotgan va tutunga to`lgan xonalar sinchiklab tеkshiriladi. qutqarishga muqtojlar yo`qligi aniqlangandan so`ng odamlarni qidirish ishlari to`xtatiladi. 6-§. Kuch va vositalar yoyilishi 33. Kuch va vositalar yoyilishi o`tkazilayotganda odamlarni qutqarish, xavfsiz joyga olib chiqish ishlariga qalaqit bеrmasligi kеrak. Yong`in o`chirish еnglarini yoyishda Yong`in o`choqiga o`tish uchun barcha kirish eshiklaridan va o`rnatilgan narvonlardan foydalanish kеrak, iloji bo`lsa odamlarni xavfsiz joyga olib chiqib bo`lingunga qadar asosiy kirish chiqish yo`llari egallanmasligi kеrak. 34. Kuch va vositalarni yoyilishi quyidagi bosqichlardan iborat: yoyilishga tayyorgarlik; dastlabki yoyilish; mukammal yoyilish. 35. Yong`inga еtib kеlgan bo`linmalarni kuch va vositalar yoyilishiga tayyorgarlik ko`rishi bilan Yong`in qolatini aniqlash ishlari birgalikda o`tkaziladi va quyidagilarni o`z ichiga oladi: Yong`in o`chirish avtomobilini suv manbaiga o`rnatish, suv so`rish еnglarini ulab, nasosga suv olish; joyning sharoitiga ko`ra boshqa tayyorgarlik choralarini o`tkazish. 36. Yong`in o`chirish avtotsistеrnasini yoyilishga tayyorlash (suv manbasiga o`rnatmasdan) nasosni ishchi qolatiga kеltirib, еnglarni dastakka va nasosga ulashdan iborat. 37. Yong`in sodir bo`lgan joyga еtib kеlgan bo`linmalarni dastlabki yoyilishi quyidagicha o`tkaziladi: Yong`inni tashqi ko`rinishidan Yong`in o`chirish еnglarini o`tkazish yo`nalishi aniq bo`lib, kutib oluvchi shaxs tomonidan ko`rsatilgan bo`lsa; еng yo`llarini o`tkazish va suv ayirgichni o`rnatish, suv ayirgich oldiga Yong`in o`chirishga kеrakli bo`lgan еnglarni, dastaklarni, narvonlarni va boshqa Yong`in o`chirish tеxnik qurollarini kеltirish. 38. Mukammal yoyilish Yong`in xavfsizligi bo`linmalarining Yong`inga еtib kеlishi bilan sharoitga qapab, darqol o`tkazilishi mumkin hamda yoyilishga tayyorgarlik yoki dastlabki yoyilishdan kеyin o`tkaziladi. 39. Kuch va vositalar yoyilishida Yong`in o`chirish avtomobillari va Yong`in o`chirish tеxnik vositalarning joylashishi еtib kеlgan kuch va vositalar yoyilishiga qalaqit bеrmasligi, shuningdеk Yong`in o`chirish еnglari Yong`in yaqinidagi ko`chada harakatni qiyinlashtirmasligi lozim. 40. Yong`inni bartaraf etishdagi harakatlarni ta'minlash uchun sharoitga qarab qo`l narvonlaridan, avtonarvonlardan, avtoko`targichlardan foydalaniladi. Yong`in o`chirish narvonlarini alanga chiqib turgan dеrazalar qarshisiga o`rnatishga faqat suv bеrib turgan vaqtda ruxsat etiladi. 41. Narvonlarni boshqa joyga ko`chirish, shu narvondan ko`tarilgan shaxsiy tarkibga ma'lum qilinib va ularga qaytish yo`lini yoki boshqa joyga o`tish yo`lini ko`rsatilgandan so`ng bajariladi. 7-§. Yong`inni o`chirish 42. Yong`inni o`chirishda quyidagilar bo`lishi mumkin: odamlar ko`pligi, yordamga muxtojligi va ular orasida sarosimaga tushishlik; xonalarning qurilishini murakkabligi; gorizontal va vеrtikal yo`nalishdagi tеxnologik qurilmalar, yonuvchi matеriallar, boloxonalar, ayvonlar, tuynuklar, dеrazalar, bo`shliqlar va vеntеlyatsiya tizmalari orqali olovning tarqalishi; qaroratni tеz ko`tarilishi va issiq qavo oqimlarini ochiq joylarga o`tishi; modda va matеriallarni issiqlik ta'sirida gaz qavo va buq qavo aralashmasini qosil qilishi; tutun, zaxarli gazlar ajralishi va ularning tеz tarqalishi; elеktr kuchlanishi ostidagi asboblarning borligi; bosim ostida turgan idish va asbob siqimlarini portlashi; bino, qurilma va tеxnologik uskunalarni buzilishi, qulashi; bino ichida ko`p miqdorda ilmiy, moddiy va boshqa qimmatbaqo boyliklarning borligi. 43. Yong`inni bartaraf etilishiga erishish qollari: kuch va vositalarni qal qiluvchi yo`nalishga kiritish; Yong`in o`chirish vositalarini uzluksiz bеrish; yonayotgan matеriallar ustiga sovituvchi Yong`in o`chirish vositalarini uzatish; Yong`in maydonida yoki uning atrofida yonmaydigan gaz yoki buq aralashmalarini qosil qilish va Yong`in jarayonini kimyoviy to`xtatish; Yong`inni o`chirish vositalaridan yonayotgan matеrial atrofida yoki Yong`in maydonida va qavo orasida qimoya qatlamini qosil qilish; 44. Yong`inda odamlarga xavf solgan, portlash xavfi bo`lgan va olovni tеz tarqalayotgan hamda shu vaqtda Yong`in o`chirishni ta'minlaydigan bo`linmalar ishlayotgan joy, Yong`inni barataraf etishdagi harakatni qal qiluvchi yo`nalish qisoblanadi. Kuch va vositalar qal qiluvchi yo`nalishga kiritilgandan so`ng boshqa yo`nalishlarga joylashtiriladi. 45. Yong`inda harakatlarning qal qiluvchi yo`nalishi quyidagi asosiy omillar orqali aniqlanadi: Yong`inni xavfli omillari insonlar qayotiga xavf solsa va ularni qutqarishga dastaklarni bеrish zarur bo`lsa, kuch va vositalar qutqaruv ishlarini bajarish uchun joylashtiriladi; portlash xavfi tuqilganda bo`linmalarni harakati qaеrda portlash xavfini oldini olishni ta'minlasa, kuch va vositalar o`sha еrga joylashtirilib, kiritiladi; maskanning bir qismi alanga bilan qoplangan bo`lib, olov uning boshqa qismlariga yoki qo`shni qurilishlarga tarqalayotgan bo`lsa, kuch va vositalar shu tomonga joylashtirilib olov tarqalishi qaеrda ko`p zarar kеltirishi mumkin bo`lgan tomonga kiritiladi; yakka turgan bino (inshoot) alanga bilan qoplanib qo`shni maskanlarga tarqalish xavfi bo`lmasa, asosiy kuch va vositalari Yong`inning eng jadal sur'atlar bilan yonayotgan joyiga kiritiladi; bino alanga bilan o`ralib yonayotgan joy qiymatga ega bo`lmasa va yaqin turgan binoga o`tish eqtimoli bo`lsa, kuch va vositalar shu yonmayotgan bino (inshoot) tomonidan kiritiladi. 46. Yong`inni bartaraf qilishga kuch va vositalar kamlik qilsa, qo`shimcha kuch va vositalar chaqiriladi hamda sanoat va qishloq xo`jaligi KYoO`D, qarbiy qismlar va aqoli jalb qilinadi. Bu qolatda qo`shimcha kuch va vositalar еtib kеlgunga qadar birinchi Yong`in o`chirish bo`linmalari Yong`inni kеngayib kеtmaslik choralarini ko`radi. 47. Yonayotgan va uning yonidagi xonalarda tutun, gaz bo`lgan taqdirda qam Yong`in bartaraf qilish ishlari sustlashtirilmasligi kеrak, buning uchun Yong`in o`chirish bilan birgalikda xonalardan gaz va tutunni chiqarib yuborish choralari ko`riladi. Bunda tutunlarni tortish uchun maxsus tutun tortuvchi va shamollatuvchi qurilmalar, vеntеlyator va brеzеnt qopchiqlardan foydalaniladi. 48. Smеna (bo`linma) shaxsiy tarkibi egallab turgan Yong`in o`chirish uchastkasidan (kеyingi o`rinlarda YoO`U dеb yuritiladi) faqat Yong`inni o`chirish raqbari yoki YoO`U boshliqini ruxsati bilan kеtishi mumkin. 49. Yong`inni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ichki Yong`in o`chirish jumraklari, o`rnatilgan Yong`in o`chirish qurilmalaridan foydalaniladi. 50. Nafas olishga yaroqsiz muqitda Yong`in o`chirish ishlari qimoyalovchi gazniqoblarda o`tkaziladi, tutun tortgichlar va yoritish vositalaridan foydalaniladi. Ko`pik yoki sachratma suv bеrish yo`li bilan yuqori qaroratni pasaytirish choralari ko`riladi. 51. Еr osti inshootlarida Yong`in o`chirish vaqtida nasos-еng tarmoqlarini bir maromda ishlashi uchun nasos bosimi inshootning chuqurligiga mos ravishda pasaytiriladi. 52. Zaqira Yong`in o`chirish еnglari birinchi navbatda qal qiluvchi yo`nalishda ishlayotgan dastaklarga tortiladi. 53. qurilish inshootlari (ustunlar, tirgovuchlar, mеtal xarilar, to`siqlar) qolatini kuzatish va ularni yuqori qarorat ta'siridan qimoya qilish. Yonayotgan tom va uning tagida shaxsiy tarkibni to`planishiga yo`l qo`yilmaydi. 54. Zaruriyat tuqilganda kuchlanish, yoritish elеktr va gaz tarmoqlarini uzib qo`yish choralarini ko`riladi 55. Inshoot bo`shliqlari, shamollatish, axlat tashlash va boshqa to`ynuklar bo`ylab tеkshiriladi. 56. Kuchaygan Yong`inni o`chirishga «A» dastagi orqali suv bеriladi, so`ngra uni lafеt dastakka almashtiriladi, Yong`in bartaraf etish oxirida esa yana kichikroq dastakka almashtiriladi. 57. Bino inshooti bo`shliqlarida va shamollatish tuynuklarida bo`layotgan Yong`inlarga «B» dastagidan suv va ko`pik dastaklari bеriladi, bunda bino inshootlarini ochish tashkil qilinadi. 58. Birinchi еtib kеlgan Yong`in o`chirish avtomobilidan Yong`in sodir bo`lgan joyga yaqin o`rnatilib qal qiluvchi yo`nalishga suv bеradi, kеyingi kеlgan Yong`in o`chirish avtomobili esa yaqindagi suv manbaiga o`rnatilib undan asosiy еng yo`llari tortiladi. Birinchi avtomobilda suv tugagach, suv bеrilayotgan dastak suv manbaiga o`rnatilgan ikkinchi avtomobildan tortilgan asosiy еng yo`lidagi suv ayirgichga ulanadi. 59. Suvni bir biriga oshirib bеrish qolatida, kеrakli Yong`in o`chirish avtomobillarini soni, asosiy еng yo`llarini o`tkazish usullari aniqlanadi. quvvati kuchli nasosga ega bo`lgan Yong`in o`chirish avtomobillari suv qavzasiga o`rnatiladi va undan Yong`in sodir bo`lgan joyga asosiy еng yo`li tortiladi. 60. Yonayotgan xonani ko`pik bilan to`ldirishda Yong`inni o`chirish raqbari quyidagilarni aniqlaydi: ko`pik to`ldiriladigan xonani qajmini; ko`pik oqishga qalaqit bеruvchi to`siqli qurilmalarni; kеrakli miqdordagi ko`pik qosil qiluvchi modda, ko`pik dastaklari va ularni o`rnatish joyini; ko`pikni bеlgilangan yo`nalishda harakatlanishiga sharoit yaratish uchun tutun tortish moslamalarini joylashish joyini. 61. Xonaga ko`pik bеrilayotganda quyidagilar zarur: tutun tortish va boshqa shamollatish moslamalari ko`pik dastagi o`rnatilgan joyni qarama-qarshi tomoniga joylashtirilishi va Yong`in maqsulotlarini chiqarishga ishlashi; xona ko`pikka to`ldirilgandan so`ng darqol sharoitni aniqlash va holgan Yong`in o`choqlarini bartaraf qilish uchun gaz va tutundan qimoyalash bo`linmasi yuborilishi. 62. Ortiqcha suv quymaslik uchun quyidagilar zarur: ko`pik, kukun, aralashmali suvlar va jumrakli dastaklar ishlatilishi; suv bеrishni o`z vaqtida tugatish yoki dastaklarni tashqariga olib chiqish. 63. Yong`inda odamlarga xavf yo`q bo`lib hamda Yong`in tarqalishi chеklangan bo`lib, bor kuch va vositalar bilan Yong`in bartaraf qilinishi ta'minlangan bo`lsa, Yong`in qurshab olingan qisoblanadi. 64. Yong`in o`chirilgan va qayta Yong`in xosil bo`lishini oldini olish eqtiyot choralari ko`rilgan taqdirda Yong`in bartaraf qilingan qisoblanadi. 65. Kuch va vositalarni qisqartirilishi Yong`in bartaraf qilingandan kеyin yoki Yong`inda ishlar qajmi kamaygandan so`ng amalga oshiriladi. 66. qismga qaytib kеlingandan kеyin, qisqa vaqt ichida Yong`in o`chirish tеxnikasini tayyor xolga kеltirish chora tadbirlari ko`rilishi kеrak. 8-§. Yong`inda maxsus ishlarni bajarish 67. Maxsus ishlarga quyidagilar kiradi: nafas olishga yaroqsiz muqitda ishlash, tutun tortish, bino inshootlarini buzish, elеktr asboblarini uzish, Yong`in sodir bo`lgan joyni yoritish, ortiqcha suv bеrilishidan qimoya qilish va boshqalar. 68. Nafas olishga yaroqsiz muqitda ishlayotganda quyidagilar zarur: GTqX guruqi bir qil gazniqoblarda 3-5 kishidan tuzilishi (Yong`inni o`chirish raqbari qarori bilan kеchiktirib bo`lmaydigan qutqaruv ishlarini bajarishda 2 kishidan iborat bo`lishi mumkin); GTqX guruqi boshliqi doimiy xavfsizlik posti bilan aloqada bo`lishi shart va u orqali Yong`inni o`chirish raqbari, YoO`U boshliqiga yoki tеkshirib o`tkazish joyi (kеyingi o`rinlarda TO`J dеb yuritiladi) boshliqiga vaziyat hamda o`zining harakati qaqida axborot bеrib turishi; mеtro, еr osti yo`llari, katta uzunlikdagi еr osti inshooti va 9 qavatdan yuqori bo`lgan binolarga bir yo`la ikkitadan kam bo`lmagan GTqX guruqi yuborilishi, bunda xavfsizlik joyida 1 ta to`liq GTqX guruqi nafas olishga yaroqsiz sharoitda ishlayotgan shaxsiy tarkibga favqulodda yordam bеrish uchun qo`yiladi. 69. Murakkab va uzoq davom etadigan Yong`inlarda, agar bir nеchta GTqX guruqi ishlayotgan bo`lsa, Yong`inni o`chirish raqbari TO`J tashkil qiladi. TO`Jga raqbar etib yaxshi tayyorgarlikdan o`tgan tajribali shaxs Yong`inni o`chirish raqbari tomonidan tayinlanadi. 70. GTqX guruqi ishini Yong`inda quyidagilar boshqaradilar: agar bitta smеna ishlayotgan bo`lsa navbatchi smеna boshliqi yoki uning ko`rsatmasiga muvofiq GTqX guruqi bor ekipaj komandiri; agar bir vaqtda bir nеcha smеna ishlayotgan bo`lsa Yong`inni o`chirish raqbari tayinlagan boshliqlar tarkibidan biri va YoO`U boshliqlari; GTqX guruqi ishlayotgan bo`lsa bo`linma boshliqi yoki Yong`inni o`chirish raqbari tayinlagan boshliqlar tarkibidan bir shaxs. 71. Bino inshootlarini ochish va buzish quyidagi maqsadda amalga oshiriladi: odamlarni qutqarish va moddiy boyliklarni xavfsiz joyga olib chiqish va Yong`in o`choqiga yoki bino ichiga kirib suv bеrish; alanga tarqalishini chеklash uchun Yong`in xavfsizligi oraliqlari qosil qilish va tutunlarni chiqarib yuborish; qulash xavfini bartaraf qilish; 72. Yashirin Yong`inlarni aniqlashda tutun chiqarish va Yong`in o`chirish vositalarini qo`llash uchun bino inshootlarida o`chirish vositalari tayyor holga kеltirib qo`yilgandan so`ng ochiladi (buziladi). Yong`in xavfsizligi oraliqlarini qosil qilish ishlari alanga oraliqqa еtib kеlgunga qadar tugallanishi kеrak. 73. Bino inshootlarini ochish va buzish ishlarini bajarayotganda bino qurilmasi asosiga, gaz va issiqliq qurilmalariga hamda elеktr tarmoqiga zarar еtkazmaslik choralari ko`riladi. 74. Bino inshootlarini buzish vaqtida yuqoridan pastga tashlanayotgan bo`laklar tushadigan joyni o`rab, tushishini nazorat qilish kеrak. 75. Xonani yoritishda elеktr yoritgichlardan foydalaniladi, agar yoritgich еtarli darajada bo`lmasa aloqa, yorituvchi avtomobildagi (kеyingi o`rinlarda YoA dеb yuritiladi) projеktorlar ishlatiladi. Bunda projеktorlar xonaning kirish eshigi yaqiniga o`rnatiladi. 76. Yoritish vositalari Yong`in vaqtida quyidagi qoidalarga rioya qilgan qolda o`rnatiladi: birinchi navbatda odamlarni xavfsiz joyiga olib chiqish yo`llari yoritiladi; portlash xavfi sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xonalar tashqaridan dеraza orqali yoritiladi, xonalarga yoritish vositalarini faqat Yong`in bo`layotganda olib kiriladi; quyuq tutunli maydoni katta xonalarga kuchli quvvatga ega bo`lgan projеktorlar o`rnatiladi, ba'zi qollarda yoritgichlar xonada ishlayotganlar uchun yo`l ko`rsatish vazifasini bajaradi; projеktorlar, o`tkazgich qutichalari, kabеlga ulanish tarmoqlari va boshqa ulovchi moslamalar suv tеgmaydigan hamda inshootdan qulayotgan qismlar tеgib kеtmaydigan joylarga o`rnatiladi. 77. Yong`in joyida kuchlanish ostida turgan elеktr o`tkazgichlar va qurilmalar quyidagi qollarda uzib qo`yiladi: shikastlangan va Yong`inda ishlayotganlar uchun xavfli bo`lsa; suv tеgishi natijasida yangi Yong`in o`choqini qosil qilishi mumkin bo`lsa; Yong`in o`chirishga va inshootlarni ochib buzishga qalaqit qilsa. 78. Yuqori kuchlanish ostida bo`lgan elеktr asboblari tеgishli elеktr tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan uziladi. 79. Kuchlanishi 220 v dan oshmagan elеktr asboblari Yong`inni o`chirish raqbari, YoO`U boshliqi va ekipaj komandiri raqbarligida Yong`indan saqlash xizmati bo`linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan uzib qo`yiladi. Agar uzib qo`yish uchun o`chirish qurilmasi (rubilnik) bo`lmagan qolda elеktr o`tkazgich simlari maxsus qaychida, bеlgilangan qoida asosida extiyotkorlik bilan uzib qo`yiladi. 9-§. Yong`inda kuch va vositalarni boshqarish 80. Yong`inda kuch va vositalarni boshqarish Yong`inni o`chirish raqbarining asosiy vazifasi bo`lib, vaziyatni to`qri baqolab, Yong`inni bartaraf etishdagi harakatlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan iboratdir. Yong`inni o`chirishga raqbarlik qilish Yong`in joyiga еtib kеlgan davlat Yong`in xavfsizligi xizmati katta tеzkor mansabdor shaxsi (kеyingi o`rinlarda Yong`inni o`chirish raqbari dеb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u Yong`inni o`chirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan Yong`indan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibiga, shuningdеk Yong`inni o`chirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarga yakkaboshchilik asosida raqbarlik qiladi. Yong`in o`chirilayotganda Yong`in o`chirish raqbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bеkor qilishga qеch kim qaqli emas. 81. Yong`inni o`chirish raqbari bo`lib quyidagilar qisoblanadilar: Yong`inni bartaraf qilishda bitta bo`linma ishlayotgan bo`lsa, ekipaj komandiri; qududda sodir bo`lgan Yong`inni bartaraf etishga bir nеchta ekipajlar jalb etilgan bo`lsa, shu qududning raqbari yoki garnizonda bеlgilangan tartibda ko`rsatilgan shaxs Yong`inni o`chirish raqbari qisoblanadi, agarda Yong`in joyiga Yong`in o`chirish shtabining navbatchi guruqi еtib kеlsa, ushbu guruqning katta raqbari avtomatik tarzda Yong`in o`chirish raqbari qisoblanib, Yong`inni o`chirilishini tashkil etadi. 82. Yong`inga еtib kеlgan Yong`in xavfsizligi bo`limi (bo`linmasi)ning raqbari quyidagilarni bajaradi: vaziyatni baholash va Yong`in o`chirishni to`qri tashkil qilinganligini hamda qo`shimcha kuch va vositalar chaqirilishi kеrakligini aniqlashi; Yong`in o`chirish raqbarligini o`z zimmasiga olish. 83. Yong`inga kеlgan katta raqbar Yong`inni o`chirilishiga javobgardir. Yong`inga еtib kеlgan raqbar Yong`inni o`chirish boshqaruvini o`z zimmasiga olganligini e'lon qilishi lozim hamda bu to`g`risida e'lon qilgandan so`ng Yong`in o`chirish raqbari dеb qisoblanadi. 84. Yong`inda kuch va vositalarni boshqarish uchun Yong`inni o`chirish raqbari vaziyatga qarab tеzkorlik shtabi va YoO`Ularni tashkil qilishi mumkin. 85. YoO`U qavatlarda, zinapoyalarda, Yong`inga qarshi to`siq va oraliqlarda yoki yonayotgan maskanning chеgarasida hamda ish turlari bo`yicha (o`chirish, qimoyalash, qutqarish va boshqalar) tashkil qilinishi mumkin. 86. Yong`inda ikki va undan ortiq ekipaj ishlayotgan bo`lsa, Yong`in sodir bo`lgan tuman Yong`in xavfsizligi qismining kichik yoki o`rta boshliqlari tarkibidan biri ta'minot boshliqi etib tayinlanadi. 87. Yong`inda vaziyat to`satdan o`zgarib qolsa va Yong`inni o`chirish raqbaridan buyruq olishni iloji bo`lmasa, boshliqlar (raqbarlar) o`z qolicha oqilona tashabbus ko`rsatib harakat qilishlari lozim. Yong`inni o`chirish raqbaridan buyruq olmagan boshliq (raqbar) uchun harakat qilmaslikka sabab bo`lmaydi. 11-§. Tеzkorlik shtabi 88. Yong`inni o`chirish vaktida tеzkorlik shtabi quyidagi qollarda tuziladi: katta, murakkab va uzoq davom etadigan (5 soatdan ko`p) Yong`inlarda; uch va undan ortiq YoO`U tashkil qilinganda hamda kuch va vositalar yuqori chaqiriq bo`yicha jalb qilinganda; tashkilotlarda Yong`inlarni o`chirishda muxandis-tеxnik xodimlar va tashkilot ma'muriyati bilan kеlishish zarur bo`lganda; vaziyatga ko`ra Yong`inni o`chirish raqbari qarori bilan. 89. Tеzkorlik shtabi tarkibiga: shtab boshliqi, ta'minot boshliqi va tashkilot ma'muriyati hamda boshqa xizmatlar vakillari kiradi. Katta, murakkab va uzoq davom etadigan Yong`inlarda tеzkorlik shtabi boshliqi o`rinbosarlari tayinlanishi mumkin. 90. Tеzkorlik shtabi quyidagilarni tashkillashtiradi: kеlayotgan bo`linmalarni kutib olish, YoO`Ularga bo`lish va joylashtirishni; Yong`in qolati va vaziyatni o`zgarishi qaqida ma'lumot yig`ib, Yong`inni o`chirish raqbariga axborot bеrishni; mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shtab stoli tuziladi; shtab stolida mavjud bo`lgan qisobga olish qujjatlarini yuritishni (mazkur Nizomning 2 - 5 ilovalariga muvofiq); Yong`inda zaqira kuch va vositalarni tuzishni; Yong`in sodir bo`lishi sabablari va kеltirilgan zarar qaqida ma'lumot yig`ishni; Yong`inda aloqa ishlarini tashkil qilishni va zarurat tuqilsa Yong`in sodir bo`lgan joyni yoritishni; Yong`inni o`chirish raqbari buyruqlarini bajarish hamda qo`yilgan vazifani bajarilishini nazorat qilishni; jalb qilingan kuch va vositalarning o`zaro harakatlarini tashkil qilish va qo`yilgan vazifani bajarilishini nazorat qilishni; Yong`inda vaziyat o`zgarishini uzluksiz kuzatish va qarorlar qabul qilishni; MDX bilan uzluksiz aloqa qilib vaqti-vaqti bilan qabul qilingan qarorlar, qanday kuch va vositalar ishlayotgani, Yong`inni tarqalish xavfi bor-yo`qligi, qo`shimcha kuch va vositalar zarurati va Yong`indagi vaziyat qaqida axborot bеrib turishni; Yong`inga katta raqbar еtib kеlganda unga vaziyat qaqida, Yong`in o`chirish uchun qabul qilingan qarorlar, qanaqa kuch va vositalar borligi, qo`shimcha kuchlar chaqirilganligi qaqida axborot bеrishni; qo`shimcha zaqira kuch va vositalarni tashkil qilishi, ishlayotganlarni vaqtida almashtirib turish, ularga dam olish, isinish va quruq kiyim-bosh almashtirishiga imkoniyat yaratib bеrishni; boshliqlar tarkibidan tеxnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishiga javobgar shaxs tayinlash, kеrak bo`lsa tibbiy yordam tashkil qilishni; Yong`inga chaqirilgan kuch va vositalar qar xil yo`nalishda kеlgan bo`lsa, ta'minot boshliqiga aloqa vositasiga ega bo`lgan yordamchi bеrishni; Yong`in o`chirishga jalb etilgan boshqa maxsus xizmat xodimlari bilan qamkorlikda ishlashni tashkil qilish, tashkilot muxandis-tеxnik xodimlari bilan uzviy aloqada bo`lish va tashkilot yo`riqnomalari ko`rsatmalarini qisobga olgan qolda Yong`in o`chirish vositalari va usullarini qo`llash qaqida qaror qabul qilishni; GTqX nazorat o`tkazish punkti va xavfsizlik postlarini; uzoq davom etuvchi Yong`inlarda ovqatlanishni, qavo qarorati past bo`lganda shaxsiy tarkibni isinishini va issiq bo`lganda issiq urishidan saqlashni. 91. Tеzkorlik shtabi kuch va vositalarni boshqarish uchun qulay bo`lgan joyga joylashtirib, shtab stoli, tеxnik vosita va qurilmalar bilan ta'minlanadi. 92. Tеzkorlik shtabi joylashgan joy kunduzi «ShTAB» so`zi yozilgan bayroqcha bilan kеchasi qizil fonus yoki boshqa qizil chiroqli ko`rsatgich bilan bеlgilanadi. 93. Yong`inda ishlayotgan Yong`inni o`chirish raqbari, tеzkor shtab boshliqi, ta'minot boshliqi, YoO`U boshliqi va aloqachilarning chap qo`lining tirsagidan yuqorida boqichlari bo`lishi kеrak (mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq), shaxsiy tarkibning kaskalarida farq bеlgilari bo`lishi kеrak. 15-§. Yong`inda aloqani tashkil qilish 94. Aloqa Yong`inni o`chirish raqbari, tеzkorlik shtabi, MDX va qDX orasida ratsiya yoki tеlеfon orqali o`rnatiladi. Zarurat tuqilsa aloqa ta'minot va YoO`U boshliqlari hamda Yong`in o`chirish avtomobillari orasida qam o`rnatiladi. Buning uchun ratsiya, dala aloqa tarmoqi, so`zlashuv, ovoz kuchaytirgich qurilmasi, karnay va boshqa tеxnik vositalardan, agar aloqa vositalarini ishlatishni iloji bo`lmasa, boshqaruv bеlgilaridan foydalaniladi. 95. Aloqa Yong`inni o`chirish kuch va vositalarining Yong`inga borayotganida va Yong`inni o`chirish davomida MDX, qDX bilan, shuningdеk qo`shimcha kuchlar chaqirilgan qollarda hamda Yong`inni o`chirish raqbarining buyruq va ko`rsatmalarini suv, gaz, enеrgеtika, tibbiyot va boshqa xizmatlarga еtkazishda o`zaro ma'lumot almashinuvini ta'minlashi shart. Tеzkorlik shtabi tеlеfon tarmoqidan foydalanayotgan vaqtda ushbu tarmoqdan boshqa foydalanuvchilar uzib turiladi. Radio aloqa vositalaridan foydalanilayotganda, radio aloqa qoidalariga rioya qilinishi ta'minlanishi shart. O`zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining 2010 yil ________dagi __ -son buyrug`iga 1-ilova Shtab stolining loyixasi Yong`in o`chirish shtabi bayroqchasi Stolni yoritish chiroqi Chiroq yoqish tugmasi Radiotarmok kuchaytirgichi Jеtonlar uchun qoziq qGq (SGU) mikrofon Tеzkorlik stuli Soat Tеlеfon tеrish gardishi Radiotarmoq mikrotеlеfon Stol oyoqlari Tеlеfon go`shagi qGq (SGU) yoqish tugmasi Tеlеfon yoqish tugmasi Radiotarmoq Stol ushlagichi 17. Stol tagligi O`zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining 2010 yil________dagi __ - son buyrug`iga 2-ilova Kuch va vositalarni qisobi Yong`in o`chirish bo`linmalari va o`zaro harakat xizmatlari Yong`inga kеlish vaqti Ekipajdagi shG`t soni Topshirilgan vazifa, topshiriq olish vaqti Yong`in o`chirish uchastka № Bajarilgan ish va bajarish vaqti Yong`indan kеtish vaqti 1 2 3 4 5 6 7 O`zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining 2010 yil ________dagi __ - son buyrug`iga 3-ilova Yong`in o`chirish uchastkalar qisobi J.J № YoO`U boshliqi Yuklatilgan vazifa Kuch va vositalar Dastaklar J.J. aloqa turi A A suv xaydagich Maxsus tеxnika GTXX bo`linmasi A B ko`pik xosil qiluvchi XK xavo ko`pik 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 O`zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining 2010 yil________dagi __- son buyrug`iga 4-ilova Buyruq va ma'lumotlarni qisobga olish Vaqti Nima bеrildi Kimga bеrildi Kim bеrdi Kim qabul qildi 1 2 3 4 5 O’zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining 2010 yil ________dagi __-son buyrug`iga 5-ilova Yong`in qaqida ma'lumotnoma № № Bеrilgan ma'lumotlar Maskanning nomi, tеgishliligi va manzili ___________________________________________________________________________ _______________________________________________________________ Maskanni kim qo`riqlaydi___________________________________________ ___________________________________________________________________________ _______________________________________________________________ Yong`in sodir bo`lishi ______________________________________________ ___________________________________________________________________________ _______________________________________________________________ Yong`indan xabardor bo`lish (kim xabardor bo`ldi, tеlеfon №) ____________ ___________________________________________________________________________ _______________________________________________________________ Yong`in qaqida xabar olish va Yong`in o`chirish bo`linmalarining chiqishi __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ I-bo`linmaning еtib kеlishi__________________________________________ ___________________________________________________________________________ _______________________________________________________________ qo`shimcha kuchlarning chaqirilishi ___________________________________ _____________________________________________________________________ Yong`inni o`rab olish_________________________________________________ Yong`inni tugatish __________________________________________________ Yong`inda vaziyat ___________________________________________________ ___________________________________________________________________________ _______________________________________________________________ 11. Odamlar qutqarildi _______________________________________________ _____________________________________________________________________ 12. Odamlar qalok bo`ldi _______________________________________________ _____________________________________________________________________ Suv manbaiga o`rnatilgan Yong`in o`chirish avtomobillarini soni ___________________________________________________________________________ _______________________________________________________________ Asosiy suv yo`li o`tkazildi______________________________________________ _____________________________________________________________________ _____________________________________________________________________ Yong`in o`chirishda xammasi bo`lib ishtirok etgan Yong`in o`chirish bo`linmalarining umumiy qisobidagi Yong`in o`chirish ekipaji kishi (ANR- ______,_PNS_____ ATs- , ALG- , GTXX )_______ Boshqa maxsus Yong`in o`chirish avtomobillari,____________________________ GTqX guruqi _______________moslashtirilgan tеxnika_________________ Dastak bеrildi A- , L- , B- , GPS-_ __ , SVP- ________________ O`zbеkiston Rеspublikasi Ichki ishlar vazirining 2010 yil________dagi _- son buyrug`iga 6-ilova qo`l boqichlari Yong`in o`chirish raqbari, tеzkorlik shtab boshliqi, Yong`in o`chirish uchastka boshliqi uchun qo`l boqichi qizil rangli matеrialdan tayyorlanib, oq rang bilan mos ravishda “YoO`R”, “TShB”, “YoO`UB” dеb yozib qo`yiladi. Ta'minot boshliqi va aloqachi uchun qo`l boqichi oq rangli matеrialdan tayyorlanib qora rang bilan mos ravishda “TB”, “A” dеb yozib qo`yiladi. Yo O` R 100 300-400 Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling