O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
-ma’ruza SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
PSIXOLOGIYA
6-ma’ruza
SHAXSNING INDIVIDUAL-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI 1. Temperament va uning ko‘rinishi. 2. Xarakter haqida tushuncha. 3. Qobiliyat va iste’dod haqida tushuncha. 1. Temperament va uning ko‘rinishi Psixologiya fani insonning ruhiy olami, muomalasi, xulqi, xarak- teri, temperamenti, qobiliyati va insonlararo munosabatini o‘rganadi. Uning amaliy yo‘nalishi tadqiqot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib qolmasdan, balki insonning shaxs sifatida o‘sishiga yor- dam beruvchi bir qancha jabhalarni o‘ziga qamrab oladi va tekshiradi. Inson shaxsining eng muhim xususiyatlaridan biri uning indivi- dualligidir. Individuallik deganda, shaxsiy psixologik xususiyatlarning betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, tempe- rament, psixik jarayonlar, holatlarning xususiyatlari yig‘indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois, shaxs ruhiya- tida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish-istaklar, maq- sad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, emotsional kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam, uning sur’ati, mazmuni, shakli, ko‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi har bir insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisa- lariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki qiyinchilik bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar. Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida tempera- mentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risi- 81 dagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Tempera- ment lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan bo‘lib, bu- ning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (miloddan avvalgi 460–356 yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanib kelinmoqda. Temperamentga ta’rif beradigan bo‘lsak, u shunday ko‘rinishda bo‘ladi: psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shartlash- gan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling