O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov
Download 325.56 Kb. Pdf ko'rish
|
PSIXOLOGIYA
2. Iroda haqida tushuncha
Insoniyat ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning yirik namoyandalari ijodi va faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar, qarorga kelish namunalari ular- ning ijtimoiy psixologik qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda Amir Temurning «Kuch adolatdadir» degan hikmati, Alisher Navoiyning «Zanjirband sher-yengaman der» xitobi, Cho‘lponning «Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir» cha- qirig‘i shular jumlasidandir. Ular javobgarlikni yuksak his etgan holda, o‘z xalqining xohish- irodasini ifoda qilib, qat’iy irodaviy xatti-harakatlarni amalga oshir- ganlar. Shu bilan birga, ular o‘zlarining ma’naviy, ruhiy qiyofalarini chuqur va ko‘p yoqlama ochib berishga musharraf bo‘lganlar. Ijtimoiy tarixiy sahifalarimizda, yaqin o‘tmishimizda va istiqlol davrida ko‘p- lab vatandoshlarimiz irodaviy xatti-harakatlarning namunaviy ko‘ri- 73 nishlarini namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng ko‘lamda yoritilgan. Mamlakatimiz yoshlarini komil inson qilib kamol toptirish uchun ijtimoiy-ruhiy ehtiyojga asoslangan holda, ishni ularni o‘zini o‘zi uddalashga o‘rgatishdan boshlamoq zarur. Shaxsning o‘z faoliyatini va xulq-atvorini shaxsiy xohish-irodasiga bo‘ysundirishi mustaqil fikrlashni barqarorlashtiradi, ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishga puxta zamin hozirlaydi, har xil qiyinchiliklar oldida matonat, sabr- toqat tuyg‘ularini namoyish etishga chorlaydi. Buning natijasida mustahkam irodali, qat’iyatli, uzoqni ko‘zlovchi, teran fikrlovchi, aql- zakovatli, vatan tuyg‘usi bilan yonib yashovchi haqiqiy milliy vatanparvar yoshlar shakllanadi. Insonga tug‘ilishdan beriladigan tabiiy mayllardan, aqliy va axlo- qiy imkoniyatlardan unumli foydalanmasdan turib, yuksak ma’na- viyatli, farosatli, ijodiy izlanuvchan shaxslarni voyaga yetkazib bo‘lmaydi. Xuddi shu boisdan insonni bolaligidan tortib to ijtimoiyla- shuviga qadar davr oralig‘ida o‘zini o‘zi boshqarish usullari, vositalari bilan tanishtirish qat’iyatlilikni vujudga keltiradi. Odatda, iroda insonning o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarishi sifatida baholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakat va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi, ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tishi tariqasida ta’riflanadi. Yoshlarning irodasi, eng avvalo, shaxsning ijtimoiy faolligida, mehnat faoliyatida, ijtimoiy tajribasida va ta’lim jarayonida namoyon bo‘ladi. Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qi- lish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish hara- katlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) tufayli vujudga kela- digan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang-barang bo‘lgan sa’y-harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelma- ganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat qildirishga bo‘ysundiradi. Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar ne- gizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining 74 yuzaga kelishiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqadi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus – ixtiyorsiz qo‘zg‘alish ma’nosini anglatadi) xususiyatga ega bo‘lib, inson anglamaganligi uchun ma’lum obyektga qaratish yuzasi- dan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyor- siz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan. Boshqa kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda, ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama- qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlash- gan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy Download 325.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling