O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov


-ma’ruza  ASOSIY IJTIMOIY-PSIXOLOGIK


Download 325.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/58
Sana29.09.2023
Hajmi325.56 Kb.
#1689688
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Bog'liq
PSIXOLOGIYA

8-ma’ruza 
ASOSIY IJTIMOIY-PSIXOLOGIK 
KO‘RINISHLARGA TAVSIF
1. Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi. 
2. Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat. 
3. Ijtimoiy-psixologik ko‘rinishlar dinamikasi va statistikasi.
1. Psixologiyada «jamoa» va «guruh» tushunchasi 
Psixologiya bilimlar tizimida nisbatan navqiron, lekin juda tez ri-
vojlanib borayotgan istiqbolli fandir. Bu fanning rivojlanishiga, avva-
lo, ijtimoiy hayot va amaliyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, ya’ni 
jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy hodisalarning ijtimoiy-psixologik ji-
hatdan o‘rganib, tushuntirib berish zarurati turtki bo‘lyapti. Ijtimoiy 
jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘lgan insonning o‘zini atroflicha 
o‘rganishga bo‘lgan talabning ortib borayotganligi sabab bo‘lmoqda. 
Inson murakkab mavjudot, shuning uchun uni bir qancha fanlar 
o‘rganadi. 
Yuridik psixologiya fani turli guruhlar, jamoalar, har xil uyushgan 
va uyushmagan kishilar birligida odamlarning o‘zaro ijtimoiy munosa-
batlarga kirishishi natijasida ular ongida vujudga keladigan ruhiy hodi-
salarni, shuningdek shaxslararo munosabatlarning turli shakllari va 
uning qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. 
Odamlarning faqat individual-psixologik xatti-harakatlarinigina 
emas, balki ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida namoyon bo‘ladigan 
xulq-atvorlarini o‘rganish va uni bayon etish qadimgi dunyoning bu-
yuk olimlari Suqrot, Aflotun, Arastu, Epikur kabilarning asarlarida 
uchraydi. Chunonchi, Aflotunning «Respublika», Arastuning «Siyo-
sat» va «Etika» asarlarida, keyinchalik o‘rta asrlarda yashab ijod etgan 
mutafakkirlar – Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Beruniyning 
«Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar», Jaloliddin Rumiyning 
«Ichingdagi ichingdadir» kabi asarlarida shaxsning ruhiy va etnik 
(milliy) xususiyatlari, uning turli xil urf-odatlari, an’analari, udum va 
marosimlarini o‘rganish va tushuntirib berishga bo‘lgan intilish kuchli 
bo‘lganini ko‘ramiz. 
113


Hozirgi kunga kelib guruhlar muammosi ustida bir necha fanlar 
mustaqil izlanishlar olib bormoqda. Biroq psixologiya nuqtai nazari-
dan «guruh», «jamoa», va «lider» tushunchalari o‘ziga xos ahamiyatga 
egadir. Uning zamirida guruhlarning ijtimoiy-psixologik kelib chiqi-
shi, shakllanish jabhalari, strukturasi, shaxslararo munosabatlari 
yotadi. 
Ma’lumki, jamiyatimizda bir qancha tashkilotlar, jamoalar, uyush-
malar, guruhlar, partiyalar, turli xil siyosiy harakatlar va bir qancha 
turli xil ko‘rinishdagi jamoalar mavjud. Shu bilan birga, jinoiy olam-
ning guruh, tashkilot, uyushma va harakatlari ham mavjud bo‘lib, 
aksariyat hollarda bunday to‘dalar sovuq va o‘qotar qurollarga ega 
bo‘ladilar. 
Mustaqil O‘zbekistonimizda ham shunga o‘xshash terroristik, di-
niy-ekstremistik guruhlar mavjuddir. Bu guruhlar muqaddas islom di-
nini niqob qilib olgan holda yoshlarning ma’naviyati, mafkurasi va 
dunyoqarashini buzmoqda. Prezidentimiz I. A. Karimov ikkinchi cha-
qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasida 
qilgan ma’ruzasida ham jinoyatchilikka, ayniqsa o‘smirlar va ayollar-
ning jinoyat olamiga kirib kelayotganini ta’kidladi: «Bugungi kunda 
voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar umumiy 
jinoyatlar miqdorining 4 %, ayollar tomonidan sodir etilayotgan ji-
noyatlar esa qariyb 11 foizini tashkil etadi. Jazoni ijro etish muassasa-
larida jazo muddatini o‘tayotganlarning umumiy miqdorining 1 % i 
voyaga yetmaganlar, 2,3 % i esa ayollardir»
1
. Bu ko‘rsatkichlar in-
sonlarning turli xildagi oqimlar va jinoiy guruhlarga qo‘shilib ketishi-
dan dalolat beradi.
Shaxsni kamol toptiradigan va tarbiyalaydigan jamoa o‘zi bilan 
jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Mehnat jamoasi o‘zining 
yuksak ko‘rinishlarida kishi shaxsini har tomonlama kamol toptirish 
uchun shart-sharoit yaratadi. Psixologiyada jamoa muammosini guruh-
larni tahlil qilib bo‘lgandan so‘ng o‘rganish mumkin.

Download 325.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling