O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam


TO‘SATDAN BOSHLANGAN TUG’ISH JARAYONIDA


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana21.05.2020
Hajmi0.67 Mb.
#108394
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
birinchi yordam


TO‘SATDAN BOSHLANGAN TUG’ISH JARAYONIDA 
YORDAM KO‘RSATISH 
Ayollar jinsiy a’zolarining tuzilishi haqida  
qisqacha tushuncha 
Tashqi va ichki jinsiy a’zolar farqlanadi. Tashqi jinsiy a’zolarga oraliq 
soha, junlar bilan qoplangan katta va kichik jinsiy lablar, ularning orasida 
qinoldi yorig‘i, uning yuqorisida dillig‘ (diloq, klitor), uning ostida tashqi 
siydik kanali, undan pastroqda qin teshigi joylashgan bo‘ladi. Ichki jinsiy 
a’zolarga qin, bachadon naylari va tuxumdon kiradi. Qin uzunligi 7–9 sm 
keladigan ichi bo‘sh naysimon muskulli organ bo‘lib, yuqori qismi 
bachadon bo‘g‘ziga, pastki qismi esa jinsiy yoriqqa ochiladi.  
Bachadon toq muskulli organ bo‘lib, siydik pufagi va to‘g‘ri ichak 
oralig‘ida joylashagan. Bachadonning tubi, tanasi, bo‘g‘zi va bo‘yin 
qismlari farqlanadi. Bachadon noksimon shaklga ega bo‘lib, devori 3 
qavatdan iborat: shilliq, muskulli va seroz. Homiladorlikda bachadonning 
o‘lchami va shakli o‘zgaradi. Bachadon shilliq qavati hayz ko‘rish sikliga 
bog‘liq ravishda muntazam o‘zgarib turadi. Bachadon naylari uning tanasi 
burchagidan boshlanib, erkin tomoni bilan qorin bo‘shlig‘iga ochiladi.  
Tuxumdonlar juft jinsiy bezlar bo‘lib, bachadonning ikki tomonida 
joylashgan. Ularda jinsiy hujayralar – tuxum hujayralar ishlab chiqariladi, 
bundan tashqari, jinsiy a’zolarni idora etuvchi gormonlar hosil bo‘ladi.  
Ayollar jinsiy a’zolarining funksiyasi 
Tashqi jinsiy a’zolar normada kichik va katta lablarning ichki 
tomonlari bir-biriga tegib turganligi tufayli qin teshigini tashqi muhitdan 
himoya qiladilar. Tashqi jinsiy a’zolar nerv oxirlari bilan ta’minlangan 
bo‘lib, jinsiy sezgini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda bezlar 
joylashagan bo‘lib, jinsiy aloqani yengillashtirish uchun shilimshiqsimon 
ajralma (sekret)lar ishlab chiqaradi.  
Jinsiy aloqa natijasida qinga tushgan urug‘ suyuqligidagi 
spermatozoidlar bachadon orqali nayga o‘tib, so‘ngra tuxum hujayraning 
urug‘lanishi yuz beradi. Bunda tuxum hujayra qayta bachadonga tushib 
rivojlanadi. Qin bachadon bo‘g‘zi bilan birgalikda, homila yo‘lini hosil 
qiladi. Yana boshqa asosiy vazifasi to‘siq (baryer), o‘zini o‘zi tozalash 
qobiliyatidir.  
Balog‘at yoshiga yetgan qizlarda (o‘rtacha 12 yosh) bachadonning 
shilliq pardalarida bir xilda qaytalanuvchi siklik o‘zgarishlar yuz beradi, 
bu esa homiladorlikning boshlanishi uchun yetarli sharoit hisoblanadi. 
Bachadonning asosiy vazifalariga homila tuxumining yopishishi uchun joy 
212

hosil qilish, homila va uning tashqi pardasini ta’minlash kiradi. Homila 
voyaga yetgach, u bachadon muskullari qisqarishi tufayli tug‘ish kanali 
orqali tashqariga itariladi va tug‘ish jarayoni yuz beradi. Bachadon 
naylarida tuxum hujayralarining urug‘lanishi yuz beradi va ularning bir 
maromda qisqarishi tufayli urug‘langan tuxum hujayra bachadon tomon 
harakatlanadi.  
Tuxumdonlarda tuxum hujayralar rivojlanadi, bundan tashqari, ayollar 
organizmiga xos bo‘lgan gormonlar ishlab chiqariladi. Bu gormonlar 
bachadonga, bachadon naylariga, qinga va butun ayol organizmiga ta’sir 
etib, ayollar tanasining tuzilishini, ularda modda almashinuvini, ko‘krak 
bezlarining rivojlanishini, sochlarning o‘sishini va boshqalarni belgilab 
beradi. Balog‘at yoshiga yetgan qizlarda homiladorlikka tayyorgarlik 
jarayonlari, ya’ni o‘rtacha 28 kunda 3–5 kun davom etadigan bachadondan 
oz-ozdan qon kelishi – hayz ko‘rish (menstruatsiya) kuzatiladi. Bu jarayon 
gipotalamo-gipofizar sistemasida, tuxumdonlarda, bachadon va butun ayol 
organizmida fiziologik o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ladi.  
Homilador ayollarning organizmida yuz beradigan fiziologik 
o‘zgarishlar
Homilador ayollarning organizmida homilaning to‘g‘ri rivojlanishi, 
bo‘shanishga tayyorlanish va yangi chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqish 
uchun turli xil fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi. Homiladorlikning oxirgi 
kunlaridayoq ayol vazni 10–12 kg  ga ortadi. Yurak birmuncha zo‘riqib 
ishlaydi, nafas tezlashgan bo‘ladi, homiladorlikning birinchi uch oyi 
davomida ishtahaning pasayishi, ko‘ngil aynishi, ta’mni buzilgan holda 
sezish va qusish kuzatiladi. Buyraklarning faoliyati kuchayadi, nerv 
faoliyatida ta’sirchanlik, yig‘loqilik, injiqlik, uyqusirash va ko‘pincha bosh 
aylanishi kuzatiladi. Terida jigarrang dog‘lar hosil bo‘ladi. 
Homiladorlikning ikkinchi yarmida ko‘krak bezlarida, qorin devorida 
va son sohalarida zangori-jigarrang chiziqlar hosil bo‘ladi, ular tug‘ishdan 
so‘ng oqaradi. Tashqi jinsiy a’zolarning kattalashib, bo‘shashib yumshashi 
yuz beradi. Bachadonning vazni 50–100 g  dan 1000–2000 g  gacha 
og‘irlashadi. Barcha ichki sekretsiya bezlarining faoliyati kuchayadi. Bu 
davrda ayol organizmida yangi bez – yo‘ldosh (platsenta) shakllanadi va 
turli xil gormonlar ishlab chiqarib o‘z faoliyatini boshlaydi.  
Homiladorlikni ertangi va kechki muddatlarda aniqlash 
Homiladorlikka tashxis qo‘yish taxminiy, ishonarli va ishonchli 
belgilarga asoslangan holda amalga oshiriladi.  
Taxminiy belgilariga: 
1) ishtahaning bo‘lmasligi; 
2) hid va ta’m bilishning o‘zgarishi; 
213

3) asab tizimining o‘zgarishi (ta’sirchanlik, uyqusizlik, injiqlik, 
kayfiyatning turg‘un bo‘lmasligi va h. k.); 
4) yuz terisida dog‘lar, ko‘krak so‘rg‘ichlari va qorin devorida oq 
chiziqlar hosil bo‘lishi kiradi.  
Ishonarli belgilariga: 
1) hayz ko‘rishning to‘xtashi; 
2) ko‘krak bezlarini ezganda og‘iz suti ajralishi; 
3) bachadon bo‘g‘zi va qin shilliq qavatlarining ko‘karishi; 
4) bachadon o‘lchami, shakli va qattiqligining o‘zgarishi kiradi.  
Yuqoridagi belgilar quyidagi usullar bilan aniqlanadi: 
a) savol-javob, surishtirish; 
b) ko‘krak bezini paypaslab ko‘rish; 
v) tashqi jinsiy a’zolarni ko‘zdan kechirish; 
g) ko‘zgu yordamida tekshirish; 
d) qinni ikki qo‘l bilan tekshirish.  
Homiladorlikning ikkinchi yarmida ishonchli belgilar paydo bo‘ladi, 
ya’ni bachadonda homila borligi aniqlanadi. Paypaslash yo‘li bilan 
homiladorlikning ikkkinchi yarmida uning bosh, bel va mayda qismlarini 
aniqlash mumkin, bundan tashqari, yuragining urishi minutiga 120–140 ta 
bo‘lishini sanab bilish mumkin. Bu davrda homilaning qimirlash 
harakatlarini homilador ayolning o‘zi aniq sezadi. Boshqa aniq belgilarini 
ultratovush yordamida aniqlash mumkin.  
Tug‘ish jarayoni haqida umumiy tushuncha 
Tug‘ish – fiziologik jarayon bo‘lib, bunda tug‘ish yo‘llari orqali 
bachadondan homila, yo‘ldosh, uning tashqi pardasi hamda homilaoldi 
suvi tashqariga itarib chiqariladi. Tug‘ish jarayonining sababi ko‘p 
omillidir. Fiziologik tug‘ish 280 kun yoki 40 haftadan so‘ng yuz beradi. U 
homilador ayolning nerv sisitemasi, endokrin, jinsiy a’zolari va boshqa 
sistemalaridagi fiziologik o‘zgarishlar hisobiga ro‘y beradi.  
Bachadon devorining muntazam ravishda qisqarishi, unda kaliy, 
kalsiy, magniy, natriy va boshqa ionlar miqdorining o‘zgarishi hisobiga 
sodir bo‘ladi. Bachadonning qo‘zg‘aluvchanligi va qisqaruvchanlik 
faoliyatining kuchayishi homiladorlikning oxirgi kunlarida uning 
muskullarida oqsillar, glikogen, kalsiy, glutation va boshqa moddalarning 
ko‘plab to‘planishi hisobiga ro‘y beradi. Bachadonning qo‘zg‘aluvchanligi 
va qitiqlanish kuchining darajasi ma’lum chegara darajasiga yetganda 
tug‘ish jarayoni boshlanadi.  
Tug‘ish jarayonining yaqinlashishi va boshlanishi 
Tug‘ish yaqinlashganini quyidagi belgilardan bilish mumkin: 
214

1) tug‘ishga 2–3 hafta qolganda bachadon tubi pastga tushadi, odatda, 
homilador ayol nafas olishning yengillashganini sezadi; 
2) homilaning quyi tomoni pastga tushadi
3) tug‘ishdan oldin ko‘pincha tashqi jinsiy a’zo orqali quyuq 
shilimshiqsimon ajralmalar chiqadi; 
4) homiladorlikning oxiriga kelib bachadon qisqarishini sezish 
boshlanadi, bunda dumg‘aza va qorinning pastki qismida og‘riq 
boshlanadi; 
5) homiladorning vazni tortib ko‘rilganda u ozroq kamaygan bo‘ladi.  
Tug‘ish boshlanganligi to‘g‘risida quyidagi belgilar darak beradi: 
a) dard tutishi – bachadon muskullarining muntazam qisqarishi. Bu 
jarayon boshida 10–15 s  da yuz bersa, keyinchalik tez va kuchliroq 
bo‘lishi bilan tavsiflanadi; 
b) bachadon bo‘g‘zining silliqlanishi va ochilishi kuzatiladi; 
v) qon bilan aralashgan shilimshiq ajraladi; 
g) homila pufagi hosil bo‘ladi.  
Tug‘ishda itaruvchi kuchlarga: 
1) dard tutishi (to‘lg‘oq) – bachadon muskullarining muntazam davriy 
qisqarishi.  
2) kuchanish – dard tutishi bilan bog‘liq holda qorin devori 
muskullarining qisqarishi kiradi.  
Dard tutishini homilador ayol boshqara olmaydi, u avtomatik ravishda 
yuz berib, bachadon bo‘g‘zining ochilishiga, homila va yo‘ldoshning 
tug‘ilishiga olib keladi. Kuchanish jarayonini homilador ayol boshqara 
oladi, shuning uchun undan dard tutishini kuchaytirish va tezroq 
boshlanishini ta’minlashda foydalanadi.  
Tug‘ish 3 bosqichdan iborat: 
1. Ochilish bosqichining mexanizmi.  
Ochilish bosqichi dard tutishining muntazam ravishda bo‘lishi bilan 
boshlanib, bachadon tashqi bo‘g‘zining to‘liq ochilishi bilan tugaydi. 
Bachadon bo‘ynining ochilish jarayoni bachadon tubining va tanasining 
muskullari qisqarishi tufayli bachadon bo‘g‘zining aylanma 
muskullarining cho‘zilishi hisobiga hamda homila pardasining bachadon 
bo‘g‘zini kengaytiruvchi, ya’ni gidravlik tiqin sifatidagi ta’siri tufayli yuz 
beradi. Natijada bachadon bo‘g‘zi silliqlanadi, tug‘ilayotgan chaqaloqning 
boshi va tanasi o‘tishi mumkin bo‘lgan cho‘zilgan nayga aylanadi.  
Ochilish bosqichi asta-sekin rivojlanadi. Boshlanishida bachadon 
bo‘g‘zi bir barmoqni o‘tkazadi, keyinchalik ikkita barmoqni va h. k. 
Bunda tomoq chetlari borgan sari yupqalashadi. Bachadon bo‘g‘zining 
kengligi 10–12 sm  ga yetganda to‘liq ochilgan hisoblanadi. Bu vaqtda 
homila pufagi yorilib, undan oldingi suv oqib chiqib ketadi. Homila pu-
fagining odatdagidan oldinroq yorilib ketishi tug‘ish jarayonining asoratli 
kechishiga olib kelishi mumkin.  
215

2. Homilaning tashqariga itarib chiqarilish bosqichining mexanizmi.  
Bu bosqichda homilaning tug‘ish yo‘llari orqali tashqariga itarib 
chiqarilishi yuz beradi. Homilaoldi suvi tashqariga oqib chiqib ketgandan 
so‘ng dard qisqa muddatga to‘xtaydi, bachadon devorlari qalinlashadi va 
homila badaniga hamma tomondan mahkam yopishadi. Bu davrda dard 
tutishi tezlashadi va ular orasidagi muddat qisqaradi. Tez orada dard 
tutishiga kuchanish qo‘shiladi, bu homilani tashqariga itarib chiqarilish 
bosqichi boshlanganidan dalolat beradi.  
Bachadon ichidagi bosim qorin devori bosimi bilan qo‘shilib, homila 
yo‘llari orqali homilani ilgarilanma harakatlantirib, uning tug‘ilishiga olib 
keladi. Homilaning ilgarilanma harakati tug‘ish kanalining o‘qi bo‘ylab 
amalga oshadi, bunda homilaning oldinda joylashgan qismi faqat 
ilgarilanma emas, balki o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat ham qiladi.  
3. Yo‘ldoshning tug‘ilish bosqichi.  
Bu bosqichda bachadon devoriga yopishgan yo‘ldosh undan ajralib 
homila yo‘llari orqali tug‘ilishi yuz beradi. Yo‘ldosh tug‘ilishi 
bosqichidagi dard tutishi bu jarayonning asosiy sharoiti hisoblanadi. 
Bundan tashqari, qorin devorining taranglashishi, ya’ni kuchanish ham 
katta ahamiyatga ega. Chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng bachadon qisqaradi.  
Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, bachadonning hamma qismi, 
yo‘ldosh birikkan qismi ham bir maromda qisqarishi kuzatiladi. Lekin 
yo‘ldosh qisqarish qobiliyatiga ega emas, shuning uchun u bachadon 
devoridan ko‘chadi. Yo‘ldosh ko‘chgan joyda qon tomirlar uzilishi yuz 
berib, qon ketishi kuzatiladi, bu ham yo‘ldoshning tezroq ko‘chishiga 
sharoit hisoblanadi. Bu bosqichda bachadon-yo‘ldosh tomirlaridan qon 
ketishi xos bo‘lib, normada 100–300 ml qon yo‘qotiladi.  
Tug‘ishning biomexanizmi 
Tug‘ish jarayonining ikkinchi bosqichida homila bachadon ichidan 
tug‘ish yo‘llari orqali tashqariga itarib chiqariladi. Kichik tos shakli turli 
xil tekisliklarda bir xil emas: tosga kirishda u ko‘ndalang cho‘ziq shaklga, 
undan keyin suyak kanali aylanma tekisligi keladi, chiqish joyida esa oval 
shaklga ega. Tug‘ish kanalining yumshoq to‘qimalariga: bachadonning 
pastki qismi, qin, tos va uning tubidagi muskullar kiradi. Tos tubining 
muskullari oxirgi bosqichga qadar tug‘ish jarayonida homila boshining 
harakatiga to‘sqinlik qiladi, shu tufayli homilaning gorizontal o‘qi atrofida 
aylanishini ta’minlaydi.  
Tos tubining muskullari uzun chiqish nayini hosil qiladi. U suyak 
kanalining davomi hisoblanib, orqa tomonga bir oz yoysimon egilgan 
bo‘ladi, shuning uchun gorizontal o‘q parabola ko‘rinishiga ega. U suyak 
kanalida to‘g‘ri pastga yo‘nalgan bo‘lib, tos tubiga yetgandan so‘ng 
oldingi tomonga yo‘naladi. Homilaning boshi ham turli o‘lchamlarga ega: 
uzunasiga, egri, ko‘ndalang va vertikal. Homila boshining ilgarilanma 
216

harakati gorizontal o‘qi atrofida aylanishi hisobiga kichik tos va tug‘ilish 
yo‘lining yumshoq to‘qimalari orqali tug‘ilishi tug‘ishning biomexanizmi 
deyiladi.  
Ochilish, tashqariga itarib chiqarish va yo‘ldosh tug‘ilish 
bosqichlarida tug‘ishning borishi
Birinchi bosqichda homila boshi ilgarilanma harakat qiladi. Bu 
bosqich ancha vaqtga cho‘ziladi, boshlanishida dard tutishi kamroq, 15–20 
minutda kuchsiz va qisqa davom etadi. Sekin-asta tezlashadi, kuchayadi 
va davomiyligi uzayadi. Bosqich oxiriga kelib dard tutishi har 2–3 minut 
ichida kuzatilib, davomiyligi 60–80 ga yetadi. Dard turli darajada og‘riq 
bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bachadon bo‘g‘zining tekislanib, ochilishi qin 
tekshirish usullari bilan aniqlanadi.  
Bachadon bo‘g‘zi to‘liq ochilgandan so‘ng, homilaning bachadon 
ichidan tashqariga itarib chiqarilishi boshlanadi. Itarib chiqaruvchi dard 
tutishiga tezda kuchanish – qorin devori muskullarining taranglashishi 
qo‘shiladi. Homilador ayol nafasini ushlab, qo‘l va oyoqlari bilan mahkam 
tiralib, qorin devori muskullari taranglanib kuchanadi. Bu bosqichda 
homilador ayol bor kuchini ishga soladi. Bunda yuzlari qizaradi, lablari 
ko‘karadi, terisi ter bilan qoplanib, bo‘yin venalari bo‘rtadi.  
Dard va kuchanish hisobiga homilaning boshi kichik tos tubiga 
tushadi. Homila boshi oraliq sohaga yetganda u bo‘rtadi, ilgarilanma 
harakat natijasida homila boshi jinsiy yoriq orqali chiqa boshlaydi, bu 
holat homila boshining yorib chiqishi deyiladi. Homila boshining 
dastlabki harakati tufayli kuchanish jarayoni to‘xtagan bo‘lishiga qaramay, 
homila boshi jinsiy yoriqdan ko‘rinib turishiga homila boshi yorib chiqdi, 
deyiladi.  
Birinchi navbatda ensa qismi, keyin esa boshning tepa qismi, so‘ngra 
peshona va yuz qismlari yorib chiqadi. Bosh qismi tug‘ilgandan so‘ng, yuz 
qismi bilan bosh va tana onaning son tomoniga buraladi. Yelkalar, tana va 
oyoqlar tug‘iladi.  
Uchinchi bosqich juda qisqa davom etadi. Bachadon tubi kindik 
sohasida bo‘ladi. Dard tutgan vaqtda bachadon zichlashadi, tor va ensiz 
bo‘lib qoladi, tubi esa pastga tushib o‘rta o‘q chizig‘idan chetlashadi. 
Yuqoridagi jarayonlar yo‘ldoshning bachadon devoridan ajralganligi 
haqida dalolat beradi. Yo‘ldosh qin sohasiga yaqinlashganda kuchanishga 
xohish tug‘iladi, dard tutishi hisobiga yo‘ldosh tug‘iladi.  
Tug‘ishni qabul qilish 
Homilani tashqariga itarish bosqichida ayol tug‘ish krovatida, o‘ziga 
qulay holatda chalqanchasiga yotadi. Qolgan hollarda esa boshi va yelkasi 
ostiga qo‘shimcha yostiqlar qo‘yiladi. Chaqaloq boshi yorib chiqish 
bosqichida doyalik qo‘llanmalarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bu 
217

qo‘llanmalar tug‘ish kanalining devorlarini, oraliq soha a’zolarini va 
chaqaloqni shikastlanishdan saqlaydi.  
Tug‘ishni qabul qilish quyidagi ketma-ketlikdan iborat. 
1. Chiqib kelayotgan chaqaloq boshini boshqarish, bunda o‘ng 
qo‘lning 3 ta barmog‘ini yumshoq tomoni bilan chaqaloq boshiga tekkizib 
turiladi, bu esa dard tutgan paytda bosh harakatini sekinlashtirish va uning 
tez to‘g‘rilanishining oldini oladi. Dardlar orasidagi muhlatda o‘ng qo‘l 
barmoqlari qin halqasining ichki yon devori to‘qimalarini cho‘zilishdan 
saqlaydi, bu holatga «to‘qimalar kelishuvi» nomi berilgan. Buning uchun 
dardlar orasidagi muddatda dillig‘ va kichik lablar sekin-asta tug‘ilayotgan 
boshning ensa qismidan sidiriladi, yangi dard boshlanganda «to‘qimalar 
kelishuvi» bartaraf bo‘lib, yana tez yorib chiqish va boshning barvaqt 
to‘g‘rilanishi kechiktirilishi ta’minlanadi, bu juda muhim hisoblanadi.  
2. Boshni chiqarib olish. Ensa qismi tug‘ilgandan so‘ng, uning 
chuqurchasi qov bitishmasiga tiraladi, shundan so‘ng kuchanish taqiq-
lanadi. Qin halqasining yon tomonlarini asta-sekin sidirish yo‘li bilan 
boshning tana qismi chiqariladi. Keyin esa chap qo‘l bilan boshni ushlab 
oraliq soha to‘qimalarini undan sidirib to‘g‘rilanadi. Sekinlik bilan boshni 
to‘g‘rilash natijasida boshlanishida peshona, so‘ngra yuz qismi va iyagi 
ko‘rinadi. Agar oraliq sohaning yirtilish xavfi tug‘ilsa, u holda qaychi 
yordamida kesish kerak.  
3. Yelka sohasining tug‘ilishi. Tug‘ilgan chaqaloq boshining yuz 
qismi onasining chap yoki o‘ng soniga buraladi. Agar bu jarayon kechiksa, 
u holda ikki qo‘lning kaft yuzalarini chaqaloq quloqlari ustiga qo‘yib, 
oldin pastga tortib oldingi yelkalar qov bitishmasi ostiga chiqarib 
keltirilgandan so‘ng, boshni yuqoriga tortib pastki yelkalar chiqarib 
olinadi.  
4. Tananing tug‘ilishi. Yelkalar tug‘ilgandan so‘ng ikki tomondan ikki 
qo‘llab chaqaloqning ko‘krak qafasidan ushlab yuqoriga tortiladi, bunda 
hech qanday qiyinchiliksiz tananing pastki qismi tug‘iladi.  
Chaqaloqlarni birinchi tibbiy parvarishlash 
Tug‘ilgan chaqaloq sterillangan paxta yoki doka bilan artiladi, 
sterillangan rezina moslama yoki elektrso‘rg‘ich yordamida og‘iz va 
burunlari shilimshiqdan tozalanadi. Sog‘lom va o‘z vaqtida tug‘ilgan 
chaqaloqlar nafas oladi, baland ovoz bilan qichqiradi va qo‘l-oyoqlari 
bilan faol harakatlar qiladi. Voyaga yetmay, erta tug‘ilgan chaqaloqlarda 
bu belgilar ancha sust rivojlangan bo‘ladi. Chaqaloqlarni birlamchi tibbiy 
parvarishlashdan oldin shifokorlar qo‘llarini tozalab yuvib, spirt bilan 
artib, sterillangan rezina qo‘lqoplar kiyishlari shart.  
218

Chaqaloq qovoqlari alohida sterillangan paxta sharchalar bilan tashqi 
qirg‘og‘idan ichki qirg‘og‘iga qarab artiladi. Ko‘zning o‘ziga esa oldin 
pastki, keyin yuqorigi qovoqlar ochilib bir tomchidan 30 % albutsid 
eritmasi tomiziladi.  
Kindik tizimchasiga ikki bosqichda 
ishlov beriladi. Unda tomir urishi 
to‘xtagandan so‘ng kindik halqasidan 10 sm 
yuqoridan birinchi va 2 sm qoldirib ikkinchi 
Koxer qisqichi bilan qisiladi. Qisqichlar 
orasidagi qismini 5 % yod eritmasi bilan 
ishlov bergach, qaychi bilan kesiladi (29-
rasm). 
Ikkinchi bosqichda qolgan kindik 
tizimchasini sterillangan doka bilan artib, 
ko‘rsatkich va katta barmoq bilan mahkam 
siqib ushlab, maxsus sterillangan tamg‘asi 
bor qisqich yordamida kindik halqasidan 0,5–0,7 sm  yuqoridan tamg‘a-
lanadi. Tamg‘a o‘rniga ipakdan foydalanilsa ham bo‘laveradi. Ortiqcha 
qismi kesib tashlanadi va yodning 5 % li eritmasi surtilib, sterillangan 
dokali bog‘lam qo‘yiladi.  
29-rasm. 
Chaqaloq terisini sterillangan vazelinli yog‘ shimdirilgan paxta 
sharchalar bilan surtib tozalanadi. So‘ngra vazni tortiladi, bo‘yi o‘l-
chanadi, bosh o‘lchamlari aniqlanadi. Chaqaloqni kiyintirib, yo‘rgaklab 
choyshabga o‘raladi.  
Yo‘ldoshning bachadon devoridan ko‘chganligidan  
dalolat beradigan belgilar 
Uchinchi bosqichda yo‘ldosh ko‘chishi va jinsiy yo‘llar orqali 
tashqariga itarilib chiqishi kuzatiladi. Bu bosqich ancha vaqtgacha 
cho‘ziladi, ya’ni asoratsiz kechganda 1–2 soatga boradi. 300 ml  qon 
yo‘qotganda va homiladorning ahvoli og‘irlashsa, asoratli kechish 
hisoblanadi. Shuning uchun yo‘ldosh ajraganligidan dalolat beradigan 
belgilarni aniq bilish katta ahamiyatga ega. Ular quyidagilardan iborat: 
1) bachadon tubining balandligi va shaklining o‘zgarishi (Shreder 
belgisi). Yo‘ldosh ajragandan so‘ng bachadon devori qalinlashadi, torayadi, 
tubi kindikdan yuqoriga ko‘tariladi va o‘rta o‘qdan o‘ngga og‘adi; 
2) kindik tizimchasi tashqi kesilgan qismining uzayishi (Alfeld belgisi). 
Kindik tizimchasiga bog‘langan ipak 10–12 sm ga pastga tushadi; 
3) qov bitishmasi yuqorisida qorin devorining tashqariga bo‘rtib qolishi, 
bachadonning pastki qismiga ajralgan yo‘ldosh tushganda hosil bo‘ladi; 
4) ajralgan yo‘ldosh qinga tushganda dard tutishi hosil bo‘ladi; 
5) kuchanish vaqtida kindik tizimining uzayishi kuzatiladi; 
219

6) qov bitishmasidan yuqoriga qo‘l panjasini ko‘ndalang qilib bosib 
ko‘rilganda, agar yo‘ldosh ajralmagan bo‘lsa, u holda kindik tizimchasi 
qisqaradi, aks holda uzunligi o‘zgarmaydi (Kustner-Chukalov belgisi).  
Uchinchi bosqichda yuz berishi mumkin bo‘lgan asoratlarga: 
 – ajralgan yo‘ldosh chiqishining kechikishi; 
 – bachadon devoridan yo‘ldosh ajralish jarayonining buzilishi kiradi. 
Ko‘pincha bachadonning qisqaruvchanlik qobiliyati susayganda, pardalarda 
patologik o‘zgarishlar paydo bo‘lganda va kamdan-kam hollarda yo‘ldosh 
bachadon devoriga chuqur o‘sib kirganida kuzatiladi. Bunda qon ketishi kabi 
asoratlar xavfi kuchayadi.  
Uning sabablariga: 
 – tug‘ish yo‘li yumshoq to‘qimalarining yirtilishi; 
 – yo‘ldosh bo‘laklarining bachadon devorida qolib ketishi; 
 – bachadonning gipo va atoniyasi kiradi.  
Tug‘ish yo‘li yumshoq to‘qimalarining yirtilishi tufayli qon ketganda 
jarohatlar tikiladi. Yo‘ldosh bo‘laklari qolib ketganda qon ketsa, u holda qo‘l 
yordamida bachadon devoridan o‘sha bo‘lak olib tashlanadi. Gipo va 
atoniyada tashqaridan va tashqi-ichki uqalash usullaridan foydalaniladi, 
bundan tashqari, bachadonni qisqartiruvchi vositalar yuboriladi, qorin 
aortasini qo‘l bilan bosish qo‘llaniladi. Yo‘ldoshning bachadon devoridan 
ajralishi buzilganda uni qo‘l bilan ajratib olish usuli qo‘llaniladi.  
Tug‘ilgan chaqaloq holatini baholashda Apgar shkalasidan 
foydalaniladi.  
APGAR SHKALASI 
BELGILAR 
B A L L A R 
 
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling