O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a
Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi @informatika
Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar 1. Axborot xavfsizligi tushunchasi nimani anglatadi? 2. Axborot xavfsizligining qanday tashkil etuvchilari mavjud? 3. Axborot xavfsizligi milliy xavfsizlik tizimida qanday o‘rin tutadi? 4. Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi nima? 5. Axborot xavfsizligiga tahdid deganda nima tushuniladi? 6. Axborotni muhofaza qilishning qanday usullari va turlari mavjud? 7. Axborotni muhofaza qilish qanday obyektlarga ega? 8. Axborotni muhofaza qilish vositalariga nimalar kiradi? 9. Axborotni muhofaza qilish tizimlari qanday vazifani bajaradi? 10. Axborot xavfsizligi va ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha qanday me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud? 11. Axborotni muhofaza qilish sohasida qanday xalqaro standartlar mavjud? 31 II. AXBOROTLARNI TEXNIK HIMOYALASH 2.1. Texnik vositalar bilan himoyalanadigan axborotlarning turlari. 2.2. Axborot chiqib ketish texnik kanallarining tasnifi va tarkibi. 2.3. Obyektlarni kuzatish, signallarni eshitish va tutib olishning asosiy usul va tamoyillari. 2.4. Axborotlarni injener-texnik himoyalash. Hozirgi kunda ma’lumotlarni texnik himoyalash masalasi dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Ma’lumotlarni himoyalashning texnik vositalariga mexanik, elektro- mexanik, elektron-mexanik, optik, akustik, lazer, radio, radiolokatsion va boshqa qurilmalar hamda himoyalanadigan obyektga borish yo‘lini to‘sishga mo‘ljallangan tizim va binolar kiradi. Ma’lumotlar va obyektlarni himoyalash uchun murakkab va takomillashgan usullaridan foydalaniladi. Tashkilotlardagi ma’lumotlarni elektron qayta ishlash markazlari kuchli elektromagnit nur manbai bo‘lgan obyektlardan uzoqda joylashgan bo‘lishi va atrofi devor bilan o‘ralishi kerak. Nazorat zonasini kuzatish televizion, radiolokatsiyali, lazerli, optik, akustik va boshqa umumiy pultga ulangan tizim orqali amalga oshirilishi mumkin. Axborot xavfsizligi muammosi tashkiliy chora-tadbirlar va talablar, axborot tizimlaridan foydalanish va loyihalash bosqichlarida hal qilinadi. Ular orasida himoyalanayotgan axborot tizimi joylashgan obyektni qo‘riqlash muhim o‘rinni egallaydi. Bunda hisoblash texnika vositalaridagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashni oldini oladigan va qiyinlashtiradigan, axborot tashuvchilar, shuningdek aloqa liniyalaridan va axborot tizimidan ruxsat berilmagan foydalanishni man etadigan tegishli qo‘riqlash postlari, texnik vositalar o‘rnatiladi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling