46
Ma’lumotlarni
elektromagnit kanal orqali chiqishdan himoyalash –
bu konfedensial ma’lumotlarni yondosh
tasnifga ega elektromagnit
maydon va navodkalar hisobiga nazorat zonasidan chiqib ketishini
bartaraf etish yoki kamaytirish bo‘yicha kompleks tadbirlardir.
Ma’lumot chiqishining quyidagi elektromagnit kanallari mavjud:
– elektron sxemalar elementlarining mikrofon effekti;
– yuqori va past chastotali elektromagnit nurlanishlar;
– parazit kuchaytirgichlarning yuzaga kelishi;
– elektron sxemalarning manba zanjirlari va yerga ulanish zanjirlari;
– aloqa liniyasi va simlarning o‘zaro ta’siri;
– yuqori chastotali bog‘lanishlar;
– optik-tolali tizimlar.
Elektromagnit kanallardan ma’lumotlar
chiqib ketishini himoyalash
uchun umumiy himoyalash usullari va aynan shu turdagi kanalga
mo‘ljallangan maxsus himoyalash usullari qo‘lla niladi.
Bundan tashqari,
himoya choralarini konstruktor-texnologik yechimlar va ekspluatatsion
(foydalanish) sinflariga ajratish mumkin.
Konstruktor-texnologik
yechimlarda ma’lumotlarning chiqib ketishi ehtimoli mavjud bo‘lgan
kanallarning paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. Ekspluatatsion himoyada
ishlab chiqarish va mehnat faoliyati sharoitida turli
xil texnik vositalarni
qo‘lla sh orqali chiqib ketish kanallari to‘siladi.
Ma’lumotlarga ishlov beruvchi va uzatuvchi texnik vositalardagi
Do'stlaringiz bilan baham: