O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a
Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot xavfsizligi @informatika
Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar 1. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi nima? 2. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi ish yuritishi qanday qonun, normativ-me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi? 112 3. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsad nima? 4. Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishda qanday vazifalarni bajarish kerak? 5. «Litsenziya» va «litsenziyalash» tushunchalari nimani anglatadi va ularning ta’rifi qaysi qonunda berilgan? 6. Axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi faoliyat qanday litsenziyalanadi? 7. Sertifikatsiyalashning milliy tizimi nima? 8. Sertifikatsiyalash nima maqsadda amalga oshiriladi? 9. Axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatlashtirish qanday amalga oshiriladi? 10. Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda? 11. Axborot quroli qanday amallarni bajarishga yo‘naltirilgan? 12. Axborot qurolidan himoyalovchi amaliy tadbirlarga nimalar kiradi? 13. AQSh va Buyuk Britaniyadagi axborotni himoyalash tizimi haqida nimalarni bilasiz? 14. Germaniya, Fransiya va Rossiyada axborotni himoyalash qanday tashkil qilingan? 113 XULOSA Axborot xavfsizligi tizimi – davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga erishishining strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini anglatadi. Axborot xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilishning usul va vositalarini yaratish dolzarb masalalardan biridir. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, axborotni muhofaza qilishda yetarli darajadagi yutuqlarga erishish uchun huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni birgalikda amalga oshirish zarur. Bu himoyalanadigan axborotning konfedensialligi, tahdidning tasnifi va himoya vositalarining mavjudligi bilan belgilanadi. Umumiy holda xavfsizlikni ta’minlashning kompleks choralariga: – ruxsatsiz foydalanishdan kompleks himoya qilish vositalari; – apparat-dasturiy vositalar; – kriptografik muhofaza qilishning kompleks vositalari; – injener-texnik tadbirlar; – texnik kanallarni blokirovkalash kompleks vositalari; – obyektlarni jismoniy qo‘riqlashni kiritish mumkin. Bu choralarning har biri boshqasini to‘ldiradi, bironta usulning yo‘qligi yoki yetishmasligi yetarli darajadagi himoyaning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling